biznes loyihani amalga oshirishni tashkiliy-huquqiy jihatdan ta’minlash, shu jumladan, yangi tashkil qilingan ob’ektlarning huquqiy maqomini chuqur tahlili asosida tanlash zarur;
biznes loyihani moliyaviy ta’minlash, ya’ni zarur investitsiya summalari, taxminiy ishlab chiqarish xarajatlari, shuningdek, investitsiya resurslarini olish imkoniyatlarini hamda ulardan foydalanishning samaradorligini baholash zarur.
Biznes rejani tuzish uchun chuqur marketing tadqiqoti olib borish, moliyaviy-iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish, raqobatchilarni o‘rganish, amaldagi shu biznesning normativ-huquqiy bazasini tahlil qilish kabi ishlarni amalga oshirish va tegishli xulosalardan kelib chiqib tuzish maqsadga muvofiq. Biznes rejaning birinchi sahifalari uning rezumesidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |