Xiv bob. Investitsiya loyihalarida noaniqlik va qaltislikni


- rasm. Korxonaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi tamoyillar tasnifi21



Download 0,6 Mb.
bet45/116
Sana29.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#418295
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116
Bog'liq
maruza (2)

6.2- rasm. Korxonaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi tamoyillar tasnifi21


Korxonaning tuzilishi, strategiyasi va boshqaruv tizimi-bu bo‘linmalar korxonaning ―qattiq tamoyillar‖ning uch qismini o‘z ichiga oladi va bu tamoyillar mos ravishda korxonani boshqarishni osonlashtirish va istiqbolini baholashda qulayliklar tug‘diradi. Modelning barcha boshqa qismlarini o‘z ichiga olgan "yumshoq tamoyillar" esa boshqarish va baholashni murakkablashtiradi, biroq ko‘p hollarda korxonaning asosiy tarkibiy qismlarini shakllantiradi va ular uzoq muddatli raqobatbardoshlik tamoyillarini yaratishi mumkin.



  • Korxona strategiyasi. Korxona strategiyasi uzoq muddatli rivojlanish rejasini belgilaydi, bu biznesning raqobatbardoshligini oshirishga va barqaror raqobatbardosh ustunliklarni yaratishga yordam beradi. To‘g‘ri tanlangan strategiyaning mezonlari quyidagilardir, ya‘ni: maqsadlarning aniq shakllantirilishi, uzoq muddatli maqsadlarga ega bo‘lishi, raqobatbardosh ustunlikka erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, korxonaning umumiy faoliyatining bilan o‘zaro bog‘liqligi.

  • Korxonaning tuzilishi. Modeldagi tuzilmaga ko‘ra, har bir bo‘limning bog‘liqlik tamoyillari, ustuvorligi va javobgarlik sohasi ko‘rsatilgan korxona






21 Н.Ю.Ковалевская. Анализ инвестиционных проектов. Учебное пособие. – Иркутск: Издательство БГУ. 2018. Стр.113
tarkibidagi turli bo‘limlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etish usullari tushuniladi. Modelning bu tamoyili mos ravishda va oson o‘zgarishi mumkin.

  • Boshqaruv tizimi. Boshqaruv tizimi korxonaning muntazam operatsion (amaliy) tartiblarini ta‘riflaydi. ―McKinsey 7S‖ modelining ushbu tamoyili boshqaruv qarorlari qanday qabul qilinganligi, korxonada kundalik ishlar qanday amalga oshirilayotgani, biznesning qanday usullari rivojlanayotganligi uchun javob beradi.

  • Qadriyatlar tizimi. Qadriyatlar tizimi korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy qobiliyati va vakolatlar doirasi miqyosini ifodalaydi.

  • Xodimlar tarkibi. Xodimlarni ishga qabul qilish, ularni mutahasisliklarga ajratish, ularga ko‘rsatma va tavsiyalar berish va rag‘batlantirish. Bu tamoyil korxonada qo‘llanilayotgan modelning ―yumshoq‖elementlarni tashkil etib, xodimlarning amalda qay darajada faoliyat yuritayotganini taxlil etadi.

  • Korxona tasarrufidagi munosabatlar uslubi. Bu tamoyil korxona tomonidan qabul qilingan boshqaruv uslubini ifodalaydi. Korxonada rahbarlar faoliyati natijasi va biznesni rivojlantirish uchun muhim qarorlar qabul qilishda ularning rolini ifodalaydi.

  • Xodimlarning malakasi. Bu tamoyil korxona hodimlarni qayta tayorlash va malakasini oshirish, ularning etuk darajada faoliyat yuritishi uchun etarli darjada malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydi.

Ayrim loyihalarda maqsadlar aniq ravshan bo‘lsada, ular shunchalik ko‘pki ularning hammasiga bir tekis erishishni ta‘minlab bo‘lmaydi. Masalan: qishloq tumanlarini rivojlantirish loyihalari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni ko‘tarish, infrastrukturani rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish, madaniy an‘analarni o‘zgartirish kabi maqsadlarga duch keldi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar ko‘p sonli aholi bilan ish ko‘radiki, loyiha agentligi ularga doim ham bevosita ta‘sir ko‘rsata olmaydi (elektrostantsiya direktori o‘z xodimlariga ta‘sir ko‘rsatishiga o‘xshab).
Loyihani o‘rab turgan muhitga nisbatan uni boshqarishning uch jihatiga
alohida to‘xtalib o‘tish zarur:

  • standart va eksperimental loyihalardan foydalanish;

  • ishlarni muvofiqlashtirish uslublari;

  • boshqaruv nazoratini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar.

Infrastrukturalar, kommunal inshootlar va yirik sanoat korxonalari qurish loyihalari tashkiliy jihatdan birmuncha afzallikka egalar. Ya‘ni ular uchun zarur tashkiliy tadbirlar va texnologiyalar, standart echimlar mavjud. Ko‘pchilik loyihalar uchun esa standart echimlar, texnologiyalarni qo‘llab bo‘lmaydi. Bunday sharoitda moslashtirish qobiliyati tashkiliy strukturaning muvaffaqiyat garovi bo‘lishi mumkin. Moslashtiruv ishi byurokratik muassasalar uchun ayniqsa qiyin kechadi. Bunga ularning rejali xarajatlar haqida doimiy hisobot berishga majburliklari va har qanday xavfdan qochishlari sababki, bu hol ularni konservativ qilib qo‘yadi. Ayrim hollarda loyihani amalga oshiruvchi tashkilotga murakkab institutsional va moddiy-texnik talablar qo‘yiladigan bitta yirik loyihadan ko‘ra o‘rnatilgan grafik bo‘yicha bir nechta eksperimental loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
Eksperimental loyihalarga muqobil variant - kichik dasturlarni – subpudratchi tashkilotlarga topshirishdir. Bunda bosh pudratchi bunday dasturlarni moliyalashtirish, texnik yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
Yirik loyihalarga xos bo‘lgan tashkiliy muammolarni hal etishning yana bir yo‘li loyihaning bosh maqsadiga erishish uchun qaysi faoliyat turlari asosiy ekanligini aniqlab cheklangan tashkiliy resurslarni shu faoliyatga jamlash hamda ikkinchi darajali vazifalarni keyinroqqa qoldirishdir. Shunday yondashuvning loyiha bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishga nisbatan ham qo‘llash mumkin, chunki ko‘p sonli ijrochilar faoliyatining muvofiqlashtirish ko‘p vaqt talab etadi va kerakli natija bermasligi mumkin. Muvofiqlashtirishning inkor etib bo‘lmaydigan sharoitlarda turli ijrochilar vazifalari aniq ravshan belgilanishi kerak. Ikkinchi darajali resurslarni nazorat etuvchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi komitet tuzgandan ko‘ra ularni kichik ishchi guruhlarga birlashtirish muvofiqlashtirishning samaraliroq mexanizmi bo‘lishi mumkin.
Loyiha natijalarini baholashdagi qiyinchiliklarni loyiha faoliyatining mumkin qadar kichikroq nazorat va boshqaruv oson bo‘lgan funktsiyalarga bo‘lish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Ta‘lim va ijtimoiy masalalar bo‘yicha loyihalarda moliya faoliyatining boshqarishga katta e‘tibor beriladi. Moliyaviy oqimlarni hisobga olish va nazorat qilish esa bu loyihalardagi noaniqliklarni kamaytirar va ularni boshqarishni yaxshilar, moliyaviy tartibni mustahkamlagan bular edi. Shuningdek zamonaviy boshqaruv axborot tizimini yaratish imkoniyatini beradiki, bu o‘z navbatida loyihani samarali boshqaruvning asosiy unsuridir. Patent berish yoki kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xususiy korxonalar bilan kontrakt tuzish uslublari boshqaruv nazoratini takomillashtirish usuli sifatida keyingi yillarda alohida e‘tibor jalb etayapti. Turli sabablarga ko‘ra hukumat idoralari bilan kontrakt asosida ishlovchi xususiy korxonalar tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish transport, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda xizmat sifatini oshirishga, xarajatlarni qisqartirilishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalarini institutsional tahlildan maqsad loyiha amalga oshirilayotgan makondagi tashkiliy, huquqiy, siyosiy va ma‘muriy vaziyat (muhit)ga baho berish hamda loyihaga jalb etilgan tashkilotlarning imkoniyatlarini mustahkamlash chora-tadbirlari borasida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Menejment, tashkiliy struktura, rejalashtirish, xodimlarni boshqarish, moliya, moddiy texnik ta‘minot kabi sohalarni qamrab oladi va bu tavsiyalar loyiha muvaffaqiyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi hukumat va tarmoq strukturalariga, ya‘ni vazirliklar, idoralar, banklar, tadqiqot muassasalariga ham taalluqlidir.
Iqtisodiyotni qayta qurish jarayonida ikki muhim institutsional muammo kuzatiladi. Birinchidan, bu mavjud hukumat muassasalarini isloh qilish zarurati bo‘lsa, ikkinchidan, eski tuzumda mavjud bo‘lgan yangi institutlarni tashkil etishdir.
Loyiha ishtirokchilari faoliyatida menejer malakasi, uning vakolatlarining etishmasligi, axborot etishmasligi yoki axborot tizimining murakkabligi,
xodimlarni rag‘batlantirish tizimida aniqlik etishmasligi chuqur sabablarga ega institutsional muammolarga duch kelinadi.
Loyihani amalga oshirish uchun zaruriy institutlar tashkil etishga uch guruh omillar aks ta‘sir ko‘rsatadi. Bular: noqulay siyosiy shart-sharoitlar (siyosiy omillar); loyiha oldiga qo‘ygan maqsadlarining murakkabligi; loyihaning investitsiyadan keyingi bosqichiga e‘tiborsizlik
Davlatning noto‘g‘ri baho va byudjet siyosati, iqtisodiy faoliyatini qat‘iy tartibga solish, byurokratik to‘sqinlarning mavjud bo‘lishi oqibatida bozor signallari buzib ko‘rsatiladi, iqtisodiy faoliyat cheklanadi va loyiha muvaffaqiyati shubha ostida qoladi.
Maqsadlar aniq ravshan, kam sonli, real, mavjud resurslar doirasida erishsa bo‘ladigan bo‘lishi lozim.
Loyiha ishga tushirilgandan so‘ng, uni kim ekspluatatsiya qilishi, xarajatlar va daromadlar qanday bo‘lishi kabilar ham loyiha muvaffaqiyati shartlaridan biridir.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish