Valyuta tizimi — valyuta harakati bilan bogʻliq iqtisodiy va huquqiy munosabatlar majmui. Valyuta tizimi valyutalar, ulardan foydalanish va oʻzaro almashinuv, toʻlov vositasi sifatida qoʻllanilishi, shuningdek valyutalarni ishlatish bilan bogʻliq pul-kredit munosabatlarining qoida va tadbirlari majmuidani boratdir.Shuningdek,valyutalarni chiqarish va ularning muomalada boʻlishini tartibga soladigan organlar ham Valyuta tizimiga kiradi. Milliy, mintaqaviy (masalan,Yevropa), jahon Valyuta tizimlari mavjud. Valyuta tizimining asosiy vazifasi mamlakat ichida va mamlakatlararo pul hisob-kitoblarini taʼminlash uchun sharoit yaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |