1992-yilda, Xitoy hukumatining sotsialistik bozor iqtisodiyotiga o‘tish shiori tan olinib, mamlakatda iqtisodiy o‘sishning intensiv turiga bosqichma-bosqich o‘tildi. 1996-yilda, Umum Xitoy Xalq Vakillari Kengashining (UXXVK) 4-sessiyasi 8- chaqirig’ida, XXRning 9- besh yillik (1996-2000 yillarga mo‘ljallangan) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasi va 2010-yilga qadar istiqbolli rivojlanish dasturi ishlab chiqilib, qabul qilindi. Hozirgi kunda, Xitoyda, 2020-yillarga mo‘ljallangan, uning istiqbolli rejasi ustida faol ish olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |