Zamonaviy yoshlarga savol
Sizning fikringizcha, chinakam muvaffaqiyatsizlik nima?
Aslida omad uchun boshlangan kurashni bas qilish bu – haqiqiy muvaffaqiyatsizlik.
Sizningcha, o‘zgaruvchanlik yoki moslashuvchanlik deganda nimani tushunasiz?
Ayniqsa, omadsizlik tufayli umrning og‘ir vaziyatlarini boshdan o‘tkazayotganda va hayotdan norozilikni his qilganingizda o‘zgaruvchanlik nima ekanligini tushunasiz.
Bunday sharoitda sizning vazifangiz nimadan iborat?
Bu vaziyatda sizning majburiyatingiz orzu va rejalarga e’tiqod bilan ergashib, qunt bilan hafsala qilish, boshqalardan ko‘proq mehnat qilib, maqsad sari intilishdan iborat. Faqat ahmoqlargina gapirish uchun og‘izni ishlatadilar. Aqlli inson idroki bilan ham gapiradi, dono kishining esa qalbi so‘zlaydi.
Biz bu yerga – hayotga o‘zimizdagi kuchning bir qisminigina sarflash uchun kelgan emasmiz! Tug‘ildikmi – undan to‘liq foydalanish zarur.
Men har doim o‘zimga mehnat qilish uchun emas, hayotdan zavqlanish uchun dunyoga kelganimizni ta’kidlashdan charchamayman. Kunimizni faqatgina ishga bag‘ishlash xato.
Aslida boshqalarga ularning hayotini yaxshilash uchun ko‘maklashish ham hayotning eng ulkan maqsadi. Bordi-yu, vaqtni faqatgina ishga sarflasangiz ertami-kechmi bundan qattiq afsuslanasiz.
Raqib va raqobat haqida
Yolg‘iz nodonlargina raqiblariga tajovuzkor kayfiyat bilan munosabatda bo‘ladilar. Agar siz raqiblaringizga dushmanga qaraganday qarasangiz, unda ko‘p o‘tmasdan ular chindan ham sizning g‘animingizga aylanadilar.
Kim bilandir raqobatga kirishsangiz, unga bo‘lgan nafratingizga barham bering. Aks holda, bu jangda siz mag‘lubiyatga duchor bo‘lasiz.
Raqobat bu – shaxmat o‘yiniga o‘xshaydi: yutqazsangiz yana bir qur o‘ynash uchun imkon topiladi. Bu o‘yinda mushtlashishga ham hojat yo‘q. Haqiqiy tadbirkorning dushmani bo‘lmaydi. Modomiki mana shu haqiqatni anglar ekansiz, sizni omadingizni hech kim to‘sib qo‘ya olmaydi.
Hayotdan nolish va shikoyatlar haqida
Siz o‘zingizga muntazam dashnom bersangiz, buning qo‘rqinchli yeri yo‘q. Agar tushkunlikka tushish va hayotdan nolish doimiy odatingizga aylanib qolgan ekan, sizning ichkilik kasalligiga chalingan odamdan farqingiz qolmabdi – qancha ko‘p ichsangiz, ahvolingiz shu qadar ayanchli tus olib boraveradi.
Omad sari olib boradigan yo‘lda nolimoqlik va maydagaplik eng xavfli to‘siqlar ekanini yodda saqlang.
Dunyo uchun sizning so‘zlaringiz muhim emas, u amalga oshirgan ishlaringiz bilan hisoblashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |