Dehqon oilasi bitimga binoan, ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirish uchun o‘ziga yuklatilgan vazifalarini zimmalariga oladi. Bu esa, davlatga muayyan aniq bir muddat va miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini muayyan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yetqazib berishni ko‘zlaydi. Bundan tashqari, oila yana qishloq tashkilotlari boshqarmasiga, jamoa fondiga va qishloq xo‘jaligiga soliqlar to’laydi. Bu soliq miqdori bir necha yillardagi ishlab chiqarish darajasi bilan aniqlanadi. O‘z navbatida, qishloq tashkilotlari dehqonlarga yordamlashadi. Ular bitimga binoan, urug‘, ekin ko‘chatlari, o‘g‘itlar bilan dehqonlarni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |