1978-yil oxirida Xitoyda XKP MQ sining 3-Plenumi 11-Chaqirig‘i bo‘lib o‘tadi.
Bunda islohotlar Xitoy qishloqlaridan boshlandi. Qishloqlarda oilaviy pudrat tizimi va xo‘jalik yuritishning yangi mexanizmi joriy qilina boshlandi.
Kichik va o‘rta korxonalarda ishchi kuchini yollashga ruxsat berila boshlandi.
Mamlakatdagi mavjud davlat qaramog‘idagi bekor yotgan yerlar dehqonlarga bo‘lib berildi.
Xitoydagi agrar isloxotlar Anxoy provinsiyasining Ru uezdidan eksperiment sifatida boshlandi.
1979-yili Den Syaopin islohotlar jarayonining uchta nazariy asosini va uning uchta tamoyillarini e’lon qildi:
Islohotlar avval alohida provinsiyalarda va uezdlarda, keyinchalik esa Xitoyning boshqa mintaqalarga ham
keng tarqala boshladi.
Dehqon oilalariga islohotlarning birinchi yillariyoq, pudrat asosida bitim bilan 1 yildan 3 yilgacha vaqt mobaynida yer uchastkalari bo‘lib berildi. Bitim muddati tugagach, oilalararo yerni taqsimlash tartibi qayta ko‘rib chiqilishi lozim deb topildi.