Xitoy Xalq Respublikasi Reja



Download 0,82 Mb.
bet10/12
Sana08.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#758329
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xitoy Xalq Respublikasi

Yengil sanoat. Yengil sanoat Xitoy xo‘jaligini an’anaviy tarmog‘idir. Yengil sanoat uchun tovar aylanmasida aholi bandligida, qishloq xo‘jalik rivojida bir qator mashinasozlik va kimyo ishlab chiqarishda, uni jihozlar, xom ashyo va materiallarni asosiy turlari bilan ta’minlashda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu Xitoy xo‘jaligida eng iqtisodiy effektiv tarmoqlardan biri. Xitoyda tabiiy xom ashyolardan foydalanish kimyoviyga qaraganda ustun turadi. To‘qima­chilikda tabiiy tola xom ashyosini hissasi 60 % ni tashkil qiladi.
Muhim tarmoqlardan to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj, teri, poyafzal tezlik bilan rivojlanmoqda.
Xitoyda chinni – fayans, keramika buyumlari, gilamlar, gul bosish, suyak, daraxt, tosh o‘ymakorligi an’anaviy tayyorlanib keladi. Katta qismi eksport qilinadi.
Ip – gazlama sanoati – qadimiy tarmoqlardan biri, Xitoy dunyoda ip-gazlamani muhim eksportyori, ancha arzon Xitoy gazlamalari ip-gazlama sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan raqobatga bemalol bardosh bera oladi. Ishlab chiqarishni yetakchi rayonlari Shanxay iqtisodiy rayonida shakllangan.
Xitoy - ipak gazlama ishlab chiqarishning vatani. Faqat XIX asr oxiri- XX asr boshida Yaponiya Xitoyni ortda qoldirdi. So‘nggi yillarda tabiiy ipakdan gazlamalar ishlab chiqarish va eksportda Xitoy o‘zini yetakchi o‘rnini tiklab oldi.
Ipak sanoatini bosh markazlari – Shanxay, Xanchjou, Suchjou, Usi. Ular mamlakatning ipak gazlamasini taxminan yarmini beradi.
Jun sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishda Xitoy dunyoda yetakchi o‘rinni egallasada, ichki ehtiyojini qondira olmaydi, shuning uchun jun gazlamalarning katta qismi import qilinadi. Shu bilan birga yuqori sifatli jun gazlama eksporti oshmoqda. Markazlari: Shanxay, Pekin, Tyanszin, Sindao.
Xitoyda, shuningdek zig‘irdan gazlamalar ishlab chiqariladi. Arqon va tar tayyorlash uchun jut, kanopdan foydalaniladi.
Tikuvchilik sanoati ko‘p mehnat talab qiladi va rivojlanish uchun qulay sharoitga ega. Xitoy dunyoda tayyor kiyimlar eksportyoriga aylandi.
Tikuvchilikda 1 mln.dan ortiq ishchi band, 1000lab korxonalari mamlakat bo‘yicha tarqalgan.
Xitoyda trikotaj sanoati rivoji uchun qulay sharoit bor, lekin bu sanoatni yengil sanoatda hissasi kam.
Teri – poyafzal sanoatida oldin oddiy milliy oyoq kiyimlar ishlab chiqarilar edi. Hozirgi vaqtda xitoy dunyoda oyoq kiyimlarni yirik eksportyori, kundalik, ishchi, sport oyoq kiyimlari rezinkadan, plastikadan, to‘qilgan va charmdan ishlab chiqiladi. Shanxay, Pekin, Tyanszindagi korxonalar mahsulotni yarmini beradi.
Oziq ovqat sanoati. Sholi tozalovchi va uni tegirmonlari yetakchi tarmoq bo‘lib, mahsulot hajmi bo‘yicha dunyoda eng yirigidir. Sholi tozalash mamlakatni hamma qismida sholi yetishtiruvchi rayonlarda joylashgan.
Xayvon yog‘larini ishlab chiqarish va iste’mol qilish hozircha kam bo‘lib, o‘simlik yog‘larini asosan yeryong‘oq, soya, paxta, rapsdan yog‘ ishlab chiqarishni ahamiyati katta.
G‘osht ishlab chiqarish 1986-1999 yillarda tezlik bilan o‘sdi. (19 mln. tonnadan 59,5 mln. tonnagacha) Xitoy dunyoda go‘sht yetishtirish bo‘yicha yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi. Go‘sht ishlab chiqarish bo‘yicha AQSH ga tenglashdi va jon boshiga iste’mol bo‘yicha dunyoni o‘rtacha darajasiga yetdi. Katta shaharlarda zamonaviy go‘sht zavodlarini tashkil etish, konservalar va bir qator eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirdi. Baliq sanoati ham tezlik bilan o‘sdi. Bu yillarda baliq ovlash va dengiz mahsulotlari olish 8 dan 41 mln t. gacha oshdi. Bu tarmoq bo‘yicha ham Xitoy dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Xitoy – choy, tamaki, so‘nggi yillarda pivo ishlab chiqarishda dunyo yetakchilaridan biri. Mamlakatda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda, choy ishlab chiqarishda Hindistondan keyin ikkinchi o‘rinda, pivo bo‘yicha AQSHga yetib olgan. Faqat choy sanoati eksport ahamiyatiga ega.
Qishloq xo‘jaligi. Xitoy iqtisodida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni muhim tarmog‘i bo‘lib, dunyodagi ko‘p sonli aholini oziq-ovqat bilan ta’min­laydi. Undan tashqari tarmoqning ko‘p sonli mahsulotlari eksportga ketadi.
Xitoy qishloq xo‘jaligi yer resurslari cheklangan sharoitda rivojlanmoqda – haydaladigan yerlar maydoni 100 mln. ga, ya`ni aholi jon boshiga 0,1 ga dan kam yer to‘g‘ri keladi.
Xitoy qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos jixati tushadigan yog‘in miqdoriga bog‘liqligidir. Xitoy dunyoda sug‘oriladigan yerlar maydoni bo‘yicha 1-o‘rinda turadi.
Xitoy qadimiy dehqonchilik madaniyati markazi. Yetishtiriladigan ekin turlarini xilma-xilligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallaydi. 50 xil dala ekinlari, 80 xil tomorqa ekinlari, 60 xil bog‘ ekinlari.
XXP tashkil topgandan so‘ng tarmoqning material, texnik holati yaxshilandi. Mamlakatni sanoatlashishi, ya’ni birinchi 10 yilligida qishloq xo‘jaligi hisobiga o‘tkazilishi mamlakat uchun 2 ta asosiy muammoni hal etishni taqozo qildi: dehqonchilikni suv bilan ta’minlash va uni ko‘p miqdorda mineral o‘gitlar bilan ta’minlash. Xitoyda 10 minglab kichik va katta suv omborlari qurildi. Bu esa sug‘orladigan yerlar maydonini oshishini ta’minladi. Xitoyda yerlarni haydash uchun mollardan tortish kuchi sifatida foydalaniladi.
Dehqonchilik. Dehqonchilikda asosiy yo‘nalish - donchilikdir. Turli xil donlar hosili 1999 yil 508 mln. t. gacha yetdi. (1949 y -113 mln.t.) va Xitoy dunyo yetakchisi bo‘lib qoldi.
Sholi asosiy oziq-ovaqat ekini (1997 y-195 mln.t.); hosili bo‘yicha Xitoy dunyoda 1-o‘rinni egallaydi. Asosiy mintaqasi Sinlin tizmasidan janubga – Xuanxe daryo vodiysida, Yanszi, Chjuszyan daryolari va ularni irmoqlari vodiysida joylashgan. Ko‘p asrlar davomida Xitoyni janubiy va janubi-sharqiy rayonlarida 1 yilda 2 marta Leychjou yarim orolida va Xaynan orolida 3 marta hosil olish mumkin.
Bug‘doy ahamiyati bo‘yicha oziq-ovqat ekinlari ichida 2-o‘rinnda turadi. Uning hosili bo‘yicha ham yetakchi (1997 y. 102 mln. t.). Buyuk Xitoy devoridan janubda qishki bug‘doy, shimolda lalmi bug‘doy ekiladi. Bug‘doy yetishtiradigan asosiy rayonlar Sinlin tizmasidan shimolda - Xuanxe daryosi bo‘yida. Shimoliy Xitoyda bug‘doy muhim donli ekin hisoblanadi. Bug‘doy Sunlyalo tekisligida va mamlakatni g‘arbiy rayon­larida ham yetishtiriladi. Tibetda lalmi bug‘doy dengiz sathidan 4100 m. gacha bo‘lgan balandlikda ekiladi - bu dunyoda bug‘doy yetishtiriladigan eng yuqori tog‘li rayon hisoblanadi.
Xitoy dunyoda makkajo‘xori hosili bo‘yicha ajralib turadi. (Dunyoda 2-o‘rinda). Gaolyandan xitoyliklarning ozuqa ratsionida keng foydala­niladi. Gaolyanni kraxmal va spirt olish uchun xom ashyo sifatida ish­latishadi, poyasini uylarni tomini yopish uchun va qog‘oz sanoatida xom ashyo sifatida foydalaniladi. Boshqa donli ekinlardan – arpa, tariq, suli, chumiza, grechka, roj yetishtiriladi. Tibetda sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli arpa - sinke yetishtiriladi.
Xitoyda batat (shirin kartoshka), kartoshka, yams, taro, maniok, qadimiy ekinlardan dukkaklilar, soya (yetishtirishda dunyoda 3-o‘rinda 1995 y. 13 mln.t) yetishtiriladi.
Xitoy texnika ekinlari orasida asosiysi paxta – barcha ekin maydonlarning 2/5 qismini egallaydi. Uning hosili bo‘yicha Xitoy (3.8 mln.t –1999 y) dunyo yetakchisi.
Paxta Buyuk Xitoy tekisligida, Yanszining quyi va o‘rta oqimida, Ustki platoda yetishtiriladi. Yeryong‘oq asosiy moyli o‘simlik - Shimoliy Xitoyni allyuvial namli tuproqlarida va mamlakat janubidagi Shandun provinsiyasida yetishtiriladi. Shakarqamish va qand lavlagi yetishtiriladi. Xitoy azaldan dunyoda choyni turli navlarini yetishtirish bilan mashhur. Tamaki hosili bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakat.
Xitoy uchun sabzavotchilik va meva yetishtirish an’anaviy tarmoq hisoblanadi.
Chorvachilik. Xitoy chorvachiligi adir va yaylovlardagi tabiiy ozuqa bazasiga tayanadi. Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvachilik ustun turadi.
Chorvachilik mamlakatning g‘arbiy, shimoliy-g‘arbiy va qurg‘oqchil shimoliy, tog‘li qismlarida xo‘jalikni mustaqil tarmog‘i: Ichki Mo‘g‘iliston, Sinszyan, Tibetda mahalliy aholi shug‘ullanadi. Mamlakatni sharqiy qismida chorvachilik yordamchi xususiyatga ega.
Chorvachilikning asosiy tarmog‘i cho‘chqachilik hisoblanadi (1995 y - 442 mln. bosh – dunyoda 1-o‘rinda). Xitoyda chorvachilikning boshqa tarmoqlari ham rivojlangan. 158 mln. bosh yirik shoxli qoramollar va dunyoda eng ko‘p mayda shoxli mollar (277 mln bosh qo‘y va echki 1995-y.) bor. Har bir dehqon oilalarda parrandalar boqishadi.
Xitoyda ipakchilikni rivojlanish tarixi 4000 yil deb hisoblanadi. U mamlakatni janubiy va sharqiy rayonlarida asosan Yanszi havzasining quyi oqimida va Chjuszyan deltasida keng tarqalgan. Asosan tut ipak qurti boqiladi, shimoli-sharqiy Xitoyda eman ipak qurtlari boqiladi.
Suvdan ovlanadigan mahsulotlar bo‘yicha Xitoy dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi. Baliq ko‘paytirishida sholi dalalaridan, ayniqsa Sichuan va Chjusen provinsiyalarida keng foydalaniladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish