Xitoy Xalq Respublikasi Reja


Xitoy Xalq Respublikasi tabiiy sharoiti va resurslari



Download 0,82 Mb.
bet2/12
Sana08.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#758329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xitoy Xalq Respublikasi

Xitoy Xalq Respublikasi tabiiy sharoiti va resurslari.
Relyefi va foydali qazilmalari. Uning shimoldan janubga va qarbdan sharqqa katta masofaga cho‘zilganligi Xi­toyda tabiiy sharoit va resurslarni xilma-xil bo‘lishiga sharoit yaratgan. Uning relyefi murakkab. Mamlakat hududining ¾ qismi tog‘liklar, yas­sitog‘liklar va keng tog‘ oralig‘i botiqlari bilan band. Qishloq xo‘jaligida muhim rol o‘ynovchi tekisliklar hududining faqatgina 12%ini tashkil etadi va ular sharqda joylashgan.
Hududi jihatidan eng katta tekislik Buyuk Xitoy tekisligining shimoliy qismi Xuanxe daryosi keltirgan allyuviydan, markaziy va janubiy qismi Yanszi va uning irmoqlari keltirgan yotqiziqlardan tashkil topgan. Shimoli-sharqiy Xitoyda Sunlyao tekisligi joylashib, Sungari va Lyaoxe daryolarini havzasini o‘z ichiga oladi. Mamlakat janubi-sharqining relyefi murakkab, ko‘p sonli qirlar daryo vodiylari bilan almashinib keladi. Dehqonchilikda Chjutszyan deltasidan unumli foydalaniladi.
Buyuk Xitoy tekisligidan g‘arbda chala cho‘l Ordos va juda qalin lyos qatlami bilan qoplangan. Lyosli plato joylashgan. Plato jarliklar, Xuanxe daryosi va uning irmoqlari vodiylari bilan bo‘lingan. Bu - dunyoda eng kuchli eroziyali rayondir. Sinlin tizmasi uni Sichuan botig‘idan ajratib turadi. Janubda Yunnan - Guychjou platosi unumsiz yerlari bilan joylashgan. Bu yerda dunyodagi yirik karst rayonlaridan biri joylashgan.
Mamlakatning butun janubi-g‘arbiy qismini Tibet tog‘ligi egallagan bo‘lib, katta qismi 4000 m balandda joylashgan. Shimolda tog‘lik Kunlun, janub va g‘arbda - Himolay va Qoraqurum tog‘ tizmalari bilan tutashadi.

Xitoyning tabiiy xaritasi.
Xitoy shimoli-g‘arbida Jung‘or va Qashqar (Tarim) botiqlari hamda Taklamakon cho‘li bilan Tyan-Shan tog‘ligi joylashgan. Kunlun, Oltin­tan­ga va Nanshan tog‘ tizmalari orasida Saydam baland tog‘lik botig‘i joy­lashgan. Mamlakat shimolida katta Xingan tog‘ligidan to Sinszyangacha Gobi cho‘li bilan Mongoliya yassi tog‘ligi cho‘zilgan.
Xitoy hududining murakkab geologik tuzilishi yirik yoqilg‘i, ruda va noruda foydali qazilmalarni mavjudligiga sharoit yaratgan. XXR mineral xom ashyolar bilan yaxshi ta`minlangan mamlakat, dunyoda toshko‘mir, temir va marganes rudalari, boksit va rux, qalay, surma, volfram (dunyo­ning 3/5 qismi) va molibden, simob, yerda kam uchraydigan metallar, titan rudasi, osh tuzi va boshqa tuzlar zahirasi bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rin­lardan birini egallaydi. Shuningdek, uran, berilliy va oltin zahiralari ham katta. Mamla­kat­ning g‘arbiy qismi geologik jihatdan hali yahshi o‘rganilmagan.
Toshko‘mirning umumiy zahirasi bo‘yicha Xitoy faqat AQSHdan ke­yingi o‘rinda (1,5 trl.t.), aniqlangan zahirasi bo‘yicha esa (783 mlrd.t.) dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Ko‘mirga eng boy sanoatlashgan Shi­moliy va Shimoli-Sharqiy Xitoy. Asosiy ko‘mir havzalari: Shansiy, Shen­siy, Kaylun, Fushun, Fusin.
Aniqlangan neft va gaz zahiralari bo‘yicha Xitoy neftga boy mamla­katlardan ancha orqada (neft 3mlrd.t. va gaz 200 mlrd. m3dan ortiq), biroq ularni qidirish ishlari davom etmoqda. Neftning asosiy konlari Shimoliy Xitoyda (Boxay ko‘rfazi sohili bo‘yida), Shimoli-Sharqiy Xitoyda (Datsin), shuningdek, anchadan beri qazish ishlari olib borilayotgan Jung‘or va Saydam botiqlarida gaz Sichuan botig‘ida joylashgan.
Neft-gaz yoqilg‘i zahirasi dengiz shelfida ham ochilgan, asosan Sariq va Janubiy Xitoy dengiz shelfida juda katta zahirasi bor. Xitoy dunyoda yonuvchi slanets qazib chiqaruvchi davlatlardan biri (Shimoli-sharqiy va Janubiy Xitoy).
Qora va rangli metall rudalari juda turli-tuman va keng tarqalgan. Temir rudasiga (sanoat zahirasi 5 mld.t., dunyoda 3-o‘rinda) asosan kambag‘al. Yirik zahirasi Shimoli-Sharqiy Xitoyning ko‘mirga boy An-Shan havzasida, boshqa konlari - Bayan-Obo (Ichki Mo‘qiliston), Daye, Manshan (Sharqiy Xitoy) va boshqalar. Rangli metall ruda konlari mamlakatning Janubiy va Markaziy provinsiyalarida bor.
Saydam botig‘ida osh tuzining yirik qatlamlari bor, oltingugurt tarkibli xom ashyo, fosfat, kaliy tuzi, sulfat, yod, bor, brom konlari ochilgan.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish