Sin imperiyasining inqirozi. XIX asrning boshiga kelib Xitoy
ilgarigidek an’anaviy jamiyat bo‘lib qolaverdi. Unda ma’lum darajada
mayda dehqon hunarmandchiligi va xonaki sanoat rivojlandi. Shu bilan
birga, mamlakatning ba’zi tumanlarida tovar-pul munosabatlari ancha
keng tarqala boshladi. Tovar xo‘jaligi o‘sib bordi. Tovar ayirboshlash
ko‘paydi, savdo-sotiq ishlari, shu jumladan qishloq xo‘jalik mahsulotlari
savdosi kuchaydi, shahar bilan qishloq o‘rtasida mehnat taqsimoti o‘sdi,
shaharning savdo va hunarmandchilik sifatidagi ahamiyati juda oshdi:
bozor uchun ishlovchi qishloq xonaki sanoati ancha keng rivojlandi va
manufakturalar paydo bo‘ldi. Yer egaliklarining ayrim feodallar qo‘lida
to‘planishi va dehqonlarning yersizlanishi, xonavayron bo‘lishi,
qashshoqlashuv jarayoni kuchaydi. Dehqonlar va shahar
kambag‘allarining feodallar, sudxo‘rlar va savdogarlar tomonidan qattiq
ekspluatatsiya qilinishi mulkiy zulm bilan birga amalga oshirildi.
Xitoyda XVII asrdan Manjurlar sulolasi hukmronlik qilishi
munosabati bilan manjurlar qurolli kuchlarda va fuqarolik ma’muriyatida
asosiy postlarni egalladilar. Kam sonli manjur qabilalari yuqori
doiralarining ko‘p millionli Xitoy xalqi ustidan hokimiyati
bosqinchilarning Xitoy feodallari bilan ittifoqida ushlab turildi. Manjurlar
Xitoy imperatorlarining toj-taxtini egallab olib, ilgarigi sulolalar davlat
organlari tizimida uncha katta o‘zgarishlar qilishmadi. Xitoy imperatori
cheklanmagan monarx hisoblangan. Uning taxti merosiy bo‘lib, katta
o‘g‘ilga o‘tardi. Lekin bu tartibga qat’iy amal qilinmasdi. Imperator
o‘limidan oldin o‘z o‘g‘illaridan xohlagan bittasini, agar o‘g‘illari
bo‘lmasa, qarindoshlardan bir kishini o‘ziga merosxo‘r etib tayinlashi
mumkin edi. Imperator oliy qonun chiqarish hokimiyatiga ega bo‘lgan va
oliy kohin hisoblangan. U o‘z fuqarolarini o‘limga mahkum etish va afv
etish huquqiga ham ega edi. Gubernatorlar noibga bo‘ysunardi. Noib harbiy va fuqarolik
hokimiyatiga ega edi. Viloyatlar, okruglar va uyezdlarga tegishlicha
boshliqlar, boshqaruvchilar boshchilik qilgan. Bunda amaldorlar va
yuzliklarning hamda o‘nliklarning oqsoqollari yordam berib turganlar. Sud
hokimiyati hamma yerda ma’muriy hokimiyatdan ajratilmagan edi. Biroq
sud ishlarini hal qilish uchun odatda maxsus amaldorlar ajratilardi. Davlat
xizmati rasman hamma shaxslar uchun ochiq edi. Bunda ulardan maxsus
imtihon orqali ilmiy daraja olish talab qilinardi. Sin sulolasining oxirlariga
qadar uchta daraja bo‘lgan. Uchinchi daraja oliy daraja hisoblanib, u
uyezdda, so‘ngra provinsiya va poytaxtda imtihon topshirilganidan keyin
berilardi. Amaldorlar, ilgarigi sulolada bo‘lgani singari, to‘qqizta sinfga
bo‘lingan. Hir bir sinfga ma’lum ajratib turuvchi belgi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |