BOSH MIYANING YOPIQ SHIKASTLARI
Miyaning yopiq shikastlariga bosh miyaning chayqalishi, lat yeyishi va uning ezilishi kiradi. Bularni bir-biridan farqlash shart.
Ammo ular, ko’pincha, kombinatsiyalangan holda bosh miya shi-kastlanishida kuzatiladi.
Bosh miyaning yopiq shikastlanishiga, ko’pincha, to’g’ridan to’g’ri boshga og’ir buyum bilan urish, bosh bilan yiqilish yoki urilish sabab bo’ladi.
Klinikasi. Bosh miya chayqalganda bemorning es-hushi bir necha soatgacha yo’qoladi va retrograd amneziya (bemor qanday hodisa ro’y berganini eslay olmaydi) asosiy simptom hisoblanadi.
Bunda bemor, ko’pincha, qayt qiladi, yuz terisi rangsizlanadi, kamroq giperemiya kuzatiladi va bemor yuzaki nafas oladi. Bosh miya chayqalishining yengil darajasida tomir urishi tezlashadi (taxikardiya), og’ir darajasida esa aksincha, sekinlashadi (bradikardiya). Ko’z qorachiqlari bir tekisda torayishi yoki kengayishi, burun-lab burmasining ozgina silliq tortganligi kuzatilishi mumkin. Keyinchalik bosh og’riydi, bosh aylanadi, quloq shang’illaydi, bosh og’irlashadi, ko’z achishadi, bu sezgi ko’zni harakatlantiradi va yorug’likda kuchayadi.
Davosi. Davo asosini 1-2 hafta o’rinda yotish rejimi tashkil etadi. Lozim bo’lsa, neyroplegik, antigistamin va vitamin preparatlari keng qo’llaniladi. Bosh miya bosimi oshganda ko’rsatma asosida venaga 40-60 ml 40% li glukoza, 10-20 ml 10% li natriy xlorid eritmasi, 10 ml 40% li urotropin, mushakka 10 ml 20% li magneziy sulfat eritmasi va siydik haydovchi dorilar yuboriladi. Suyuqlik miqdori chegaralanadi va tuzsiz ovqatlar berish tavsiya etiladi.
BOSH MIYANING OCHIQ SHIKASTLARI
Bosh miyaning ochiq shikastlarida yumshoq to’qimalar, kalla suyagi, miyaning qattiq pardasi va qator hollarda yumshoq miya pardasi ham zararlanadi. Shikastlanishning bu turi boshga o’tkir qirrali qattiq narsa bilan urganda, o’q tegib yaralanishlarda kuzatiladi.
Kasallikni tashxislash unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Operatsiya stolida jarohat tekshirib ko’rilib, yumshoq to’qimalar, kalla suyaklari, qattiq miya pardasi va miya moddasining shikastlanish ko’lami hamda xususiyati aniqlanadi.
Davosi. Jarohatni birlamchi xirurgik tozalab, majaqlangan va o’lgan to’qimalar olib tashlanadi. Infeksiya sodir bo’lishining oldini olish maqsadida umumiy antibiotikoterapiya qilish tavsiya etiladi.
Bosh miyaning yopiq va ochiq shikastlanishlarida bemorga birinchi yordam ko’rsatish va transportirovka qilish. Hodisa ro’y bergan joyda ochiq shikastlanishlarda steril bog’lam qo’yiladi.
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
V. Uyga vazifa. Savollarga to’liq javob yozib kelish, mavzuni konspekt qilib, gapirib berishga tayyor holda darsga kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |