59.Mexanik antiseptika usullarini toping?
*Jarohatga birlamchi xirurgik tozalash
Jarohatga fizikaviy usullar yordamida ta’sir ko’rsatish
Jarohatdagi mikroblar florasini kimyoviy moddalar yordamida yo’q qilish
Organizm himoya kuchlarini kuchaytirish
60. Infeksiya nima?
*mikro va makro organizmlar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro patologik jarayon;
tashqaridan tushgan mikroblarning jarohatda ko’payishi;
mikro va makro organizmlar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro fiziologik jarayon;
operatsiyadan keyingi davrda jarohatga to’liq aseptik bog’lov bo’lmagani uchun tushgan mikrob.
61. Biksga material joylashuv usullari nechta va ular qaysilar?
*4 ta : maqsadga ko’ra, universal, alohida, xillab;
2 ta : universal, xillab;
3 ta : universal, xillab, maqsadga ko’ra;
3 ta : universal, alohida, xillab.
62. Biologik antiseptikaga kirmaydi:
*vodorod peroksid bilan jarohatni yuvish;
anatoksin yuborish;
zardoblarni yuborish;
vaksina yuborish.
63. Vodorod peroksid eritmasi bilan jarohatni yuvish antiseptikani qaysi turiga mansub?
*kimyoviy;
Mexanik;
Fizikaviy;
Biologik.
64. Oksidlovchi kimyoviy antiseptiklarga qaysi moddalar kiradi?
*vodorod peroksidi, kaliy permanganate;
Sulema , xloramin;
yod, brilliant ko’ki;
formaldegid, furadonin.
Do'stlaringiz bilan baham: |