Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Diagnostikasi.
Takayasu sindromi bo’lgan bemorlarda o’tkaziladigan 
diagnostik tadbirlar yig’indisini shartli ravishda uchta bosqichga bo’lish 
mumkin: 
I. Umumiy klinik tekshirishlar bosqichi: so’rab-surishtirish va kasallikning 
anamnezini yig’ish, bemorni ko’zdan kechirish, aorta ravog’i tarmoqlarining 


183 
holatini, shuningdek yuza joylashgan magistral arteriyalarni palpator va 
auskultativ aniqlash. Arterial bosim ikkala qo’l va ikkala oyoqda aniqlanadi. 
II. Tekshirishning ixtisoslashgan statsionar bosqichi: 
- laboratoriya tekshirish usullari; 
- funktsional tekshirish usullari; 
- nefrologik tekshirish; 
- oftalmologik tekshirish; 
- otonevrologik tekshirish; 
- rentgen kontrast tekshirish (aortografiya yoki selektiv angiografiya). 
III. Tekshirishning intraoperatsion bosqichi: aorta ravog’i braxiotsefal 
tarmoqlar taftishi, elektromagnit floumetriya, intraoperatsion angiografiya. 
Braxiotsefal arteriyalari zararlangan bemorlar uchun nevrologik, 
oftalmologik va otonevrologik xarakterdagi shikoyatlarning bir qanchasi xosdir. 
Ko’zdan kechirish to’g’ri diagnoz qo’yish uchun xech qanday yo’l-yo’riqlar 
ko’rsata olmaydi. Paypaslab ko’rish chakka, uyqu, elka va bilak arteriyalaridagi 
pulsatsiyaning o’zgarishlarini aniqlab beradi. Umumiy uyqu va nomsiz 
arteriyalar okklyuziyasida zararlangan tomondagi na uyqu, na chakka 
arteriyalarining pulsatsiyasi, tabiiyki, aniqlanmaydi. Biroq ichki uyqu arteriyasi 
okklyuziyasida va uning stenozida bifurkatsiya soxasida chakka arteriyasining 
pulsatsiyasi (urib turishi) xatto kuchaygan bo’lishi mumkin, chunki butun qon 
oqimi tashqi uyqu arteriyasiga yo’naladi. Arterial bosimni o’lchashni hamma 
qo’l va oyoqlarda olib borish kerak. O’mrov osti arteriyasi zararlanganda 
sistolik arterial bosim simob ustuni xisobida 80-90 mm gacha, puls bosimi 
simob ustuni xisobida 19-30 mm gacha pasayadi. Auskultatsiya braxiotsefal 
tomirlar kasalliklarining birlamchi diagnostikasida asosiy ahamiyat kasb etadi. 
Bifurkatsiya va ichki uyqu arteriyasi stenozida pastki jag’ burchagidagi sistolik 
shovqin bemorlarning 75 foizida eshitiladi. 
Qonni laboratoriyada tekshirish natijalari quyidagicha bo’lishi mumkin: 
- qon elementlari (o’rtacha gipoxrom kamqonlik, o’rtracha leykotsitoz, 
eritrotsitlarning cho’kish tezligi tezlashgan); 


184 
- plazma oksillari (gipoalbuminemiya, globulin fraktsiyalari, shuningdek 
fibrinogen oshishi); 
- immunologik reaktsiyalar (musbat aktinuklear omil, Vasserman soxta 
musbat reaktsiyasi). 
Funktsional tekshirish usullari. O’mrov osti arteriyasi okklyuziyasida 
reovazogrammalar balandligi asimmetriyasi va to’lqinlari xarakteri va qo’lning 
xajmiy sfigmogrammalari hamavaqt bor. Uyqu va nomsiz arteriyalar 
zararlanganini diagnostika qilishda uyqu va yuza chakka arteriyalarini 
sfigmografiya qilish katta yordam beradi. Okklyuziyada egri chizik to’lqinlari 
pasayadi va shakli o’zgaradi. 
Reoentsefalografiya katta yordam beradi, u uyqu arteriyasi bir tomonlama 
zararlanganda miya qon ta’minotining yarimsharlararo asimmetriyasi belgilarini 
aniqlaydi, hamma braxiotsefal tarmoqlar okklyuziyasida esa hamma usullarda 
reogramma to’lqinlarining keskin pasayishini qayd qiladi. Braxiotsefal 
tomirlarning birlamchi diagnostikasida infraqizil spektrdagi termografiya 
qo’llaniladi. 0,6°C dan yuqori termoasimmetriya patologik deb hisoblanadi. 
So’nggi yillarda qon oqimini ultratovush bilan tekshirish usullari keng 
tarqaldi. Ultratovushli datchik doppler effekti printsipida faqat arteriya 
pulsatsiyasini emas, balki undagi qon oqimi yo’nalishi va tezligini ham aniqlasa 
bo’ladi. 
Nevrologik tekshirishlar.
 
Bosh miya ishemiyasining nevrologik alomatlari 
qaysi tomir xavzasi zarar ko’rganiga, arteriyaning okklyuziya darajasi va 
rivojlanish sur’atiga, shuningdek, kollateral qon aylanishining qanchalik 
muvofiqligiga bog’liq. Shu munosabat bilan miya qon aylanishi 
etishmovchiligini karotid, vertebrobazillyar va birga uchraydigan karotid-
bazillyar tipi bo’yicha farq qilish zarur. Nevrologik simptomatikaning o’zi esa 
intermitirlaydigan yoki barqaror, doimiy xarakterda bo’lishi mumkin. 
Bosh og’rig’i – bosimning magistral arteriyalari okklyuziyasi bo’lgan 
bemorlarda qayd qilinadi. U taxminan bemorlarning 80 foizida bo’ladi. Og’riq 


185 
aksariyat chakka soxasida, ba’zan boshning u yoki bu yarmida yoki tutash 
bo’ladi. 
Bosh aylanishi uchrashi jixatidan ikkinchi nevrologik simptom, 
bemorlarning kam deganda 35 foizida uchraydi. Bu simptom vestibulyar apparat 
funktsiyasi buzilishi va uning uzunasiga ketgan orqa dastasi sistemasi bo’yicha 
quyida joylashgan bo’limlari bilan aloqasiga bog’liq. Qisqa muddatga xushdan 
ketish hodisasi kam deganda 5% hollarda uchraydi, ular, aftidan, bosh miya 
to’rsimon formatsiyasining ishemiyasi bilan bog’liq bo’lsa kerak. 
Giperkinetik va amniostatik sindrom miyacha va o’zak qobiq osti tugunlari 
og’ir va uzoq muddatga ishemiya bo’lgan bemorlarda uchraydi. 
Talvasalar va epilepsiyasimon tutqanoqlar ahyon-ahyonda kuzatiladi. Bu 
holatlarning tabiati aniqlanmagan. 
Po’stloqqa taalluqli ko’rish qobiliyati buzilishlari. Bu guruxga bosh miya 
yarimsharlarida, asosan ensa bo’laklarida qon aylanishi etishmasligi natijasida 
yuzaga keladigan ko’rishning turli-tuman buzilishlari kiradi. Ko’rishning 
bunday buzilishlari 17% ni tashkil etadi. 
Harakat buzilishlari – kasallikning eng ravshan va og’ir belgilaridan 
xisoblanadi. Nevrologik buzilishlar bu formasining umumiy protsenti 13,3% ni 
tashkil etadi (A.V. Pokrovskiy bo’yicha). Nutq buzilishlari bemorlarning deyarli 
11 foizida uchraydi. Ular ishemik uchoqda joylashuvi bo’yicha turli-tuman 
ko’rinishga ega bo’ladi. 
Nistagm – birmuncha ko’p uchraydigan nevrologik simptomlardan biri 
xisoblanadi. Vertebro-bazillyar sistemasida qon oqimi buzilgan bemorlardagina 
kuzatiladi. Ko’z harakatining buzilishlari nistagm singari uchraydi. Unda ko’z 
soqqalari harakati o’zgaradi, konvergentsiya va akkomodatsiya reaktsiyalari 
buziladi. 
Miyachadan bo’ladigan simptomlar – asinergiya, dizmetriya, mushaklar 
distoniyasi bemorlarning taxminan 8 foizida uchraydi (B.V. Petrovskiy 
muallifdoshlari bilan). Yutish va fonatsiyaning buzilishlari (disfagiya, 


186 
dizartriya) 6-7% xollarda kuzatiladi. Sezuvchanlikning buzilishlari parez 
bo’lgan tomonda bemorlarning 15 foizida kuzatiladi. 
Vegetativ buzilishlar – ko’ngil aynishi, qayt qilish, rangparlik, 
bradikardiya, ter ajralishining buzilishi kamroq uchraydi. 
Aorta ravog’i tarmoqlari okklyuziyasida oftalmologik simptomatika butun 
ko’ruv analizatorining ishemiyasidan vujudga keladi. Bunda kuyidagi usullardan 
foydalaniladi: 
Periferik ko’ruv retseptori holatini o’rganish – oftalmoskopiya – ko’ruv 
nervi o’tkirligini tekshirish quyidagi testlar bo’yicha o’tkaziladi: 
- ko’rish o’tkirligi; 
- perimetriya (ko’ruv maydonini aniqlash); 
- rangli perimetriya; 
- yorug’lik sezuvchanlikni aniqlash; 
- to’r parda markaziy arteriyasini bosish; 
- oftalmotonus va ko’z ichidagi suyukliq almashinuvi. 
Otonevrologik tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- LOR organlarini ko’zdan kechirish; 
- eshituv, vestibulyar, ta’m bilish, hid bilish funktsiyasini aniqlash; 
- maxsus usullar (audiometriya); 
- maxsus sinamalar (kalorik sinama, miyachaga taalluqli ayrim sinamalar). 
Otonevrologik simptomatika LOR organlari va ularning funktsiyalari ta’m, 
hid bilish, otokinetik retseptsiya) holatini aks ettirib, boshning xronik ishemiyasi 
sharoitlarida va aorta ravog’i tarmoqlari okklyuzion zararlanishining umumiy 
semiotikasida muhim o’rin egallaydi. 
Braxiotsefal tarmoqlari zararlangan bemorlarni tekshirish vaqtida boshqa 
tomir xavzalarining birgalikda zararlanish simptomlariga (toj arteriyalar, qorin 
aortasining vistseral tarmoqlari, oyoq, arteriyalari) ahamiyat berish zarur. 
Tekshirishning rentgen kontrast usullari. Hozirgi vaqtda braxiotsefal 
arteriyalarni rentgen kontrast tekshirishning quyidagi usullari qo’llanadi: 


187 
1. Kateterizatsion ko’krak aortografiyasi. Aortaning hamma bo’limlari, 
jumladan uning ravog’ini ham kateterlash 1953 yilda shved olimi Seldinger 
taklif qilgan metodika bo’yicha hozir hamma joyda amalga oshirilayapti. 
2. Selektiv aortoarteriografiya. Aorta ravog’ida kateter borligi uni aortaning 
tarmoqlaridan biri og’ziga kiritib, so’ngra uni kontrastlash, ya’ni selektiv 
arteriografiya qilishga imkon beradi. Shunday bo’lishiga qaramay, selektiv 
aortoarteriografiya uchun ko’rsatmalar chegaralangan va quyidagi hollardagina 
o’tkazilishi mumkin (41-rasm): 
41-rasm. Uyqu arteriyalari stenozi va o’mrov arteriyalari okklyuziyasi. 
- braxiotsefal arteriyalarning arterio-venoz anevrizmasida; 
- bosh magistral arteriyalari intrakranial bo’limlarining zararlanganiga 
shubxa qilinganda, bu uning oxirgi tarmoqlarini ham ko’zdan kechirishni talab 
etadi. 
Tekshirishning supraaortal usullari: 
- karotid arteriografiya odatda uyqu arteriyasida okklyuziya borligiga 
shubxa qilinganda qo’llaniladi, asosan uning kalla suyagi ichi tarmoqlarini 
aniqlash maksad kilib olinadi; 


188 
- o’mrov osti arteriografiyasi o’mrov osti va umurtqa arteriyasini, o’ng 
tomondan qo’llanilganda ko’shimcha ravishda uyqu arteriyasini kontrastlash 
imkonini beradi; 
- qo’ltik arteriografiyasi so’nggi vaqtlarda o’mrov osti arteriografiyasini 
siqib chiqara boshladi, chunki qo’ltik arteriyasini punktsiya qilish texnikasi 
oson, shuningdek arteriyaga Seldinger metodikasi bo’yicha kateter kiritish 
imkoniyati yaxshidir. 
Rentgen kontrast tekshirishdan keyingina braxiotsefal tomirlarning klinik 
zararlanishlarini aniqlash va xirurgik taktika to’g’risidagi masalani hal qilish 
mumkinligini qayd qilib o’tmok darkor. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish