Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Patogenez. 
Buyrak arteriyasining torayishi yoki yopilib qolishi 
(okklyuziya) buyrakda qon oqimining kamayishiga va perfuzion bosim 
pasayishiga olib keladi. Buyrak to’qimasining ishemiyasi hosil bo’lish natijasida 
yukstaglomerulyar apparat (YuGA) ho’jayralari giperplaziyasi rivojlanadi va 
buning oqibatida renin (gormon) gipersekretsiyasi kuzatiladi. Renin jigarda hosil 
bo’lgan nofaol angiotenzinogenni angiotenzin I ga aylantiradi. Angiotenzin I esa 
angiotenzinni konvertatsiya qiladigan ferment ta’siri ostida angiotenzin II ga 
aylanadi. Angiotenzin II – eng kuchli vazokonstriktorlardan biri bo’lib, 
arteriolalarga bevosita ta’sir ko’rsatadi va ularni torayishiga olib keladi, 
tomirlarning periferik qarshiligini keskin ravishda ko’paytiradi. 
Bundan tashqari, angiotenzin II buyrak usti bezlari po’stloq qavati 
tomononidan aldosteron ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi, bu esa o’z 
navbatida organizmda natriy ionlari va suvning tutilishi bilan kechadigan 
ikkilamchi giperaldosteronizm rivojlanishiga olib keladi. Periferik angiospazm, 
gipernatriemiya va gipervoliemiya, arterial gipertenziyani yanada 
chuqurlashishiga sabab bo’ladi. Kasallikning boshlang’ich davrlarida buyrak 
usti bezining po’stloq qismidagi o’zgarishlar funktsional xarakterga ega bo’lib, 
morfologik o’zgarishlar minimal holatda bo’ladi. Keyinchalik esa, o’zgarishlar 
organik tusga o’tadi: bez xujayralari gipertrofiyaga uchraydi va oqibatda buyrak 


115 
usti bezining diffuz yoki tugunchali giperplaziyasi rivojlanadi. Aldosteronni 
doimiy ravishda ko’p miqdorda ishlab chiqarilishi, renin sekretsiyasini 
kamaytiradi, shuning uchun ikkilamchi giperaldosteronizm rivojlanishi bilan 
kam reninli VRG shakllanadi. 
Klinik manzarasi. 
Simptomatik gipertenziyalarning ayrim turlariga (Konn 
sindromi, Kushing sindromi, feoxromotsitoma) xos patognomik simptomlar 
VRG da yo’q. 
Bemorlarning shikoyatlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 
1.
Tserebral gipertenziyaga xos belgilar: bosh og’rig’i, boshda og’irlik 
hissiyoti, quloqlarda shovqin, ko’z soqqalarida og’riqlar, xotiraning pasayishi, 
qoniqib uxlamaslik va b. 
2.
Yurak chap bo’limlariga ortiqcha og’irlik tushishi va koronar 
etishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan shikoyatlar: yurak sohasida og’riq, 
taxikardiya, to’sh ortidagi og’irlik hissi va b. 
3.
Bel sohasidagi og’irlik sezgisi, kuchli bo’lmagan og’riqlar, buyrak 
infarkti bo’lgan taqdirda – gematuriya. 
4.
Boshqa a’zolar ishemiyasi belgilari (buyrak arteriyalari bilan birga 
boshqa a’zolar magistral arteriyalari shikastlanganda). 
5.
Nospetsifik aorto-arteriitda umumiy yallig’lanish sindromi uchun xos 
shikoyatlar. 
6.
Ikkilamchi giperaldosteronizm uchun xos shikoyatlari: jinsiy zaiflik, 
paresteziyalar, tetaniya xurujlari, poliuriya, nikturiya, polidipsiya.
VRG taxminan 25% bemorlarda belgisiz kechadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish