Xirurgik kasalliklar


Klinikasi va diagnostikasi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klinikasi va diagnostikasi.
Kasallikning dastlabki alomatlari bola 
tug’ilgandan keyingi dastlabki soatlarda uning qichqirishi va emishi vaqtida 
engil tsianoz ko’rinishida yuzaga chiqadi. Keyinchalik, tsianoz va nafas qisishi 
birmuncha yaqqol namoyon bo’ladi va 1-2 yoshga kelib doimiy tusga kirib, 
hatto bola tinch turganida ham yo’qolmaydi. Katta yoshdagi bemorlar nafas 
qisishi, tez charchash, bosh og’rig’i, jismoniy ishga layoqatsizlikdan noliydilar. 
Aksariyat bemorlar o’rindan turolmay yotadilar. Ahvol tobora yomonlashadi. 
Bemorlarning teri qoplamlari ko’kimtir tusga kiradi, barmoq bilan
 
bosib 
ko’rilganda, shu joyda asta-sekin yo’qoladigan oqimtir dog’ qoladi. Ko’pincha 
bemor badanida, o’rta darajada kengaygan venalar ko’rinib turadi, ular ko’krak 
qafasi sohasida va bosh suyagi ustida ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Tirnoq 
falangalari nog’ora tayoqchalari ko’rinishiga kiradi. Mushak sistemasi sust 
rivojlanadi. Ko’zdan kechirilganda aksari «yurak bukrisi» ko’rinadi.
Auskultatsiyada yurak cho’qqisida I tonning qisqarganligi va o’pka 
arteriyasi II ton sustlashganligi aniqlanadi. II-III qovurg’alar orasida to’sh 
suyagining chap chekkasida sistolik shovqin eshitiladi. 
Qon analizlarida eritrotsitlar miqdori 6-10 12/l gacha va gemoglobin 
miqdori 130-150 g/l gacha ko’paygan. 


82 
Fonokardiogrammada o’pka arteriyasi ustida shovqin, nuqson sohasi ustida 
va qorinchalararo to’siqda shovqin qayd etiladi. 
Rentgenologik tekshiruvda quyidagilar aniqlanadi: yurak bir me’yorda 
kengaygan, yurak beli yaxshi bilinadi, cho’qqisi yuqoriga siljigan. O’pka 
arteriyasi sathidagi kontur yassi va ichiga botgan; aortaning yuqoriga 
ko’tariladigan qismi va ravog’i kengaygan; o’pkaning tasviri xiralashgan, 
ildizlari soyasi kamaygan bo’ladi. 
Yurakni zondlashda kateter bevosita o’ng qorinchadan aortaning yuqoriga 
ko’tariladigan qismiga o’tadi. O’ng qorinchaga kontrast yuborilganda ayni 
vaqtda o’pka arteriyasi va yuqoriga ko’tariladigan aorta to’ladi, o’pka arteriyasi 
stenozi aniqlanadi (18-rasm). 
18-rasm. Fallo tetradasi (kontrast modda o’ng qorinchaga yuborilgan). 
Davolash:
faqat jarrohlik usuli qo’llaniladi. Fallo tetradasida jarrohlik 
amaliyotlari palliativ va radikal bo’lishi mumkin. 
Palliativ jarrohlik amaliyotlari aorta bilan o’pka arteriyasi o’rtasida 
tutashma (yo’l) xosil qilinib, kuchsiz arterilizatsiyalangan qonning aortadan 
o’pka arteriyasiga, toraygan qismini chetlab o’tib, tushishi ta’minlanadi. Radikal 
jarrohlik amaliyotlari o’pka arteriyasi stenozini bartaraf etish, qorinchalararo 
to’siq nuqsoniga yamoq solishdan iborat bo’ladi. Shunday yamoq chiqish 


83 
bo’limining ehtimol tutilgan torayishini bartaraf qilish maqsadida o’ng qorincha 
devori kesmasiga tikiladi. Eng ko’p tarqalgan amaliyotlarga Blelok-Tausig 
jarrohlik amaliyoti kiradi (19-rasm).
19-rasm. O’mrov osti va o’pka arteriyasi anastomozi. 
Bunda o’ng o’mrov osti arteriyasi va o’pka arteriyasini o’ng tarmog’i 
orasida anastomoz qo’yiladi. Odatda, radikal operatsiyadan oldin birinchi 
bosqichda palliativ usul qo’llaniladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish