69
Komp’yuter tomografiya – zamonaviy, batafsil ma’lumot
beruvchi
tekshiruv usuli hisoblanib, ko’krak qafasidan kerakli har qanday darajada
ko’ndalang kesma olishga va unda joylashgan barcha a’zolar
haqida batafsil
ma’lumot olishga imkon beradi.
Bundan tashqari, ko’ks oralig’ining aniq diagnostikasi uchun quyidagi
usullar qo’llanilishi mumkin.
Pnevmomediastikografiya – ko’ks oralig’iga gaz kiritilgandan keyin amalga
oshiriladigan rentgenologik tekshiruv. Ko’ks oralig’i o’smalarining
chegaralarini aniqlashga yordam beradi.
Sun’iy pnevmotoraks – plevral bo’shliqqa gaz yuborish bilan bog’liq
tekshirish usuli bo’lib, o’pkaning o’smasini ko’ks oralig’idagi o’smalar va
kistalardan tafovut qilish imkonini beradi.
Angiografiya – yurak va yirik qon tomirlarga
kateter yordamida
rentgenkontrast moddalar yuborib rentgen tasvirlarni olib tahlil qiluvchi
tekshirishdan iborat.
Biopsiya olish va diagnozni uzil-kesil aniqlash uchun: bronxlar orqali
punktsiya, torakoskopiya, transtorakal
aspiratsion biopsiya, mediastinoskopiya
yoki periarterial mediastinotomiya qilinib material olinadi va undan preparat
tayyorlanib, mikroskop yoki elektron mikroskop yordamida tekshiriladi.
Ko’ks oralig’i jarohatlari
Ko’ks oralig’ining ochiq va yopiq jarohatlari farq qilinadi.
Ularni yana
a’zolar jarohatlanmagan yaralanishlar, oldingi ko’ks oralig’i jarohatlangan
yaralanishlarga bo’lish mumkin. Klinik manzarasi qaysi a’zoning qay darajada
jarohatlanganiga, hamda qon oqish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Yopiq jarohatlar ko’pincha ko’ks oralig’i
yirik qon tomirlarining
jarohatlanishi oqibatida ichga qon ketish, gematoma shakllanishi kabi patologik
jarayonlar bilan o’tadi. O’pka va bronxlar jarohatlanganda ko’ks oralig’i
emfizemasi rivojlanadi. Ko’ks oralig’i gematomasi va emfizemasi nafas qisishi,
tsianoz, venalarning bo’rtib chiqishi bilan namoyon bo’ladi. Odatda bu holda,
70
rentgenogrammada ko’ks oralig’ining kengayganligini,
gematoma paydo
bo’lganida rentgentasvirda qorong’ilashgan soya chegaralarini va emfizemada
esa aksariyat yorug’ tortganligi aniqlanadi.
Davolash:
yallig’lanishga qarshi muolaja o’tkazish, xayotiy muhim a’zolar
ishini bir meyorga solishga qaratilgan bo’ladi. Operatsiya qilish uchun
ko’rsatma bo’lib, a’zolar, yirik qon tomirlarning
yorilib ulardan profuz qon
ketishi, ko’ks oralig’i a’zolarining ezilishi, ular faoliyatining keskin pasayib
ketishi kabi holatlar hisoblanadi.
Ochiq jarohatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: