Piopnevmotoraks
58
Abstsess plevra bo’shlig’iga yorilganda yoki infektsiya plevraga subplevral
joylashgan yallig’langan o’choqdan yiring tarqalganda paydo bo’ladi. Ko’pincha
bronx-plevral oqma yaralar paydo bo’lishi bilan o’tadi, bu o’pkaning qisman
yoki to’liq kollapsiga va plevral bo’shliqning doimo infektsiyalanib turishiga
olib keladi. Ahvolning og’irligi intoksikatsiya, nafas etishmovchiligining keskin
oshib borishi kabi holatlarga bog’liq bo’ladi. Rentgenologik tekshiruvda plevra
bo’shlig’ida, aksariyat hollarda sathi va gaz pufaklari bo’lgan suyuqlik borligi
aniqlanadi.
Bemorlarda plevra bo’shlig’ini punktsiya qilib yiringni aspiratsiya qilish,
so’ngra drenajlash lozim bo’ladi. Plevra bo’shlig’ini aktiv aspiratsiya va floraga
sezuvchanlikni hisobga olgan holda fermentlar (tripsin, ximotripsin) va
antibiotiklar qo’shilgan antiseptik eritmalar (furatsilin, furagin) bilan lavaj
qilinadi. Punktsiyada plevra bo’shlig’ida germetik holatning yo’qligi, yo’tal
paydo bo’lishi, plevra bo’shlig’iga dori moddalari kiritilayotganda ta’m va hid
sezgisi bilan yuzaga chiqadigan bronxial oqma yarada germetiklik yaratishga va
o’pkaning yozilishiga imkon beradigan keltiruvchi bronxni vaqtinchalik
bronxoskopik okklyuziyalash tavsiya etiladi.
Jarayon surunkali turga o’tganda, xaltacha hosil qilgan plevra empiemasi
shakllanganda (bunga aksariyat bronxo-plevral oqma yara borligi imkon beradi),
jarrohlik yo’li bilan davolash – plevroektomiya bilan o’pka dekortikatsiyasi
o’tkaziladi. O’pkada patologik o’zgarishlar bo’lganda qo’shma jarrohlik
amaliyotlari – plevroektomiya bilan lobektomiya, plevropulmonektomiya qilish
kerak bo’ladi.
Plevra empiemasi
Plevra empiemasi (yiringli plevrit) – vistseral va parietal plevraning
chegaralangan yoki diffuz yallig’lanishi holda kechib, plevral bo’shliqda yiring
yig’ilishi va yiringli intoksikatsiya zamirida, aksariyat nafas etishmovchiligi
belgilari bilan o’tadi. Ko’pchilik hollarda plevra empiemasi o’pkadagi
59
yallig’lanish va yallig’li destruktiv jarayonlar, shuningdek ko’krak a’zolaridagi
jarohatlar va operativ aralashuvlarning asorati bo’lib hisoblanadi.
Plevra empiemasining ko’zg’atuvchilari turli xil mikroorganizmlar bo’lishi
mumkin. Etiologiyasiga ko’ra spetsifik, nospetsifik va aralash empiema farq
qilinadi. Klinik kechishi xarakteri bo’yicha o’tkir va surunkali bo’ladi.
Jarayonning tarqalganligiga ko’ra tarqalgan va chegaralangan bo’ladi. Tutashish
xarakteri bo’yicha bronxial oqma yarasiz, bronxial oqma yarali, plevral oqma
yarali bo’lishi mumkin. Plevra empiemasi hamisha o’tkir jarayon sifatida,
plevrada dag’al va barqaror morfologik o’zgarishlar paydo bo’lganda
boshlanadi, bunda qoldiq bo’shliq shakllanadi, u uzoq kechadi, vaqti-vaqti bilan
qo’zib turadi. Plevra empiemasi surunkali kasallik sanaladi.
Klinik manzarasi. Plevraning o’tkir empiemasi uchun umumiy
intoksikatsiya belgilari, gipertermiya, et junjikishi, ko’krakda og’riq, bronxial
oqma yara bo’lganda nafas qisishi, yiringli balg’am ajraladigan yo’tallar xos
bo’ladi. Bemor ko’zdan kechirilganda teri qatlamlarining rangparligi, ba’zan
tsianoz qayd qilinadi. Ko’krak qafasi tekshirilganda zararlangan tomonning
nafas olishda orqada qolishi qayd etiladi. Plevra bo’shlig’idagi ekssudat
yig’ilgan joy proektsiyasi ustida tovush titrashining sustlashgani yoki umuman
yo’qligi, perkutor tekshiruvda to’mtoqlashgani, auskultativ tekshiruvda nafas
olish shovqinining zaiflashgani yoki bo’lmasligi aniqlanadi. Qonda leykotsitoz,
qon formulasining chapga siljigani, EChT oshganligi qayd qilinadi.
Diagnostikada rentgenologik usullar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Aniq
diagnostika uchun rentgenografiya kamida 2 ta proektsiyada bajarilishi lozim.
Tarqalgan empiemada plevra bo’shlig’ida ekssudat borligi yuqori chegarasi
yoysimon (qiyshiq) qorong’ulik ko’rinishida aniqlanadi.
60
6-rasm. Plevra empiemasi. Rentgenografiya.
7-rasm. Plevra empiemasi va gaz pufakchalari aniqlanadi. KT.
Chegaralangan empiemalarda aniq konturli har xil shakldagi gomogen soya
aniqlanadi. Plevra bo’shlig’ida bronxial oqma yara bo’lganda suyuqlik sathi
bo’lgan havo aniqlanadi.
Plevra bo’shlig’ini punktsiya qilish natijalariga asoslanib aniqlanadi.
Tarqalgan empiemada punktsiya orqa-qo’ltiq chizig’i buylab VI-VII
qovurg’alar orasida o’tkaziladi. Chegaralangan turida – eng to’mtoqlangan
nuqtasida va rentgenologik aniqlanadigan qorong’u joyida olib boriladi. Plevra
empiemasi diagnozi punktsion usul bilan tasdiqlangandan, ya’ni yiring
olinganda plevra bo’shlig’i drenajlanadi. Drenajlash plevra bo’shlig’idan yiringli
suyuqlikni doimiy chiqarish yoki uni doimo antiseptiklar bilan yuvish,
antibiotiklar yuborish, vakuum moslamalar yordamida siyraklantirishga imkon
beradi. Drenajlash uchun ko’pincha Byulau troakari yordamida torakotsentez
qilishdan foydalaniladi. Mahalliy davolash bilan birga tamoyili jihatidan
o’pkaning o’tkir yallig’lanish kasalliklaridagi davolashga o’xshash intensiv
muolaja amalga oshiriladi.
Plevraning o’tkir empiemasi asta-sekin surunkali turga o’tadi. Bunday
o’tishning asosiy belgilari tana haroratining normal yoki subfebril haroratgacha
pasayishi, kayfiyatning yaxshilanishi, yiringli ajralmaning kamayishi va qoldiq
plevral bo’shliq hajmining barqarorlashuvi hisoblanadi. Biroq bu ahvol soxta
61
yaxshilanishdir, chunki yiringli jarayon davom etadi va avj olib boradi,
organizmning infektsiyaga chidami kamayadi va arzimagan noqulay sharoitlarda
(sovqotish, charchash, qo’shilib kelgan kasalliklar) u qo’ziydi.
Plevraning surunkali empiemasini diagnostika qilish qiyin emas.
Rentgenologik tekshiruv usullari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bo’shliqning
joylashuvini va o’lchamlarini aniqlash uchun tomografiya, fistulografiya
qilinishi kerak bo’ladi. Bronxografiya bronxial shox holatini aniqlash, bronxial
oqma yaralar tabiati va joylashgan joyini aniqlash imkoniyatini beradi.
Surunkali empiemani davolashda odatda jarrohlik usuli qo’llaniladi. Hozirgi
vaqtda bronxial oqma yara o’pka to’qimasi rezektsiyasi bilan uchraganda
plevrektomiya bilan o’pka dekortikatsiyasi eng ma’qul usul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |