Xirurgik kasalliklar


Surunkali o’pka abstsessi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Surunkali o’pka abstsessi 
O’pkada 2-3 oydan ko’proq vaqt mavjud bo’lgan nospetsifik yiringli 
bo’shliqning bo’lishi – o’pkaning surunkali abstsessi deyiladi. Surunkali 
abstsesslar paydo bo’lishiga o’pkasida o’tkir yiringli jarayonlari bo’lgan 
bemorlarni kasalxonaga kech yotqizish, muolaja jarayonining etarli bo’lmagani, 
uni statsionardan klinik jihatdan to’liq tuzalmasdan va rentgenologik 
tekshiruvsiz chiqarish sabab bo’ladi. 
Klinik manzarasi. Yiringli balg’am ajraladigan yo’tal, gipertermiya, 
o’rtacha ifodalangan intoksikatsiya simptomlari shular jumlasiga kiradi. 
Rentgenologik tekshiruvda ichki konturi aniq, nozikroq yallig’li gardishli va 
odatda ozroq suyuqlik sathi bo’lgan yumaloq bo’shliq ko’rinadi. 
Bronxografiyada bir yoki bir necha bronxlar bilan o’zaro bog’liq bo’lgan 


54 
yumaloq bo’shliq aniqlanadi. Bronxoskopiyada yiringli chegaralangan 
endobronxit aniqlanadi. 
Davolash. Radikal operativ davolash – segmentektomiya, lobektomiya, 
pulmonektomiya. Konservativ muolaja tamoyillari o’tkir jarayondagi davolash 
kabi, jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik sifatida yoki jarrohlik amaliyotiga 
monelik qiladigan ko’rsatmalar bo’lganda (jarayonning ikki tomonlamaligi, 
keksalik yoshi, qo’shilib kelgan patologiya borligi), mustaqil davolash vositasi 
sifatida foydalaniladi. 
Bronxoektatik kasallik 
Bronx-o’pka sistemasining surunkali yallig’lanish kasalligi bo’lib, bronxlar 
devori elastik va mushak komponentlarining destruktsiyasi munosabati bilan 
bronxlarning kengayib ketishidan (bronxoektazi) iborat bo’lgan kasallik 
hisoblanadi. Uning rivojlanish mexanizmini bronx-o’pka sistemasidagi tug’ma 
buzilishlar, boshdan kechirilgan yallig’lanish jarayonlari, yot jismlarning ta’siri 
oqibatlari va shu kabilar bilan bog’laydilar. 
Bronxoektazlar turiga ko’ra tsilindrsimon, qopsimon va aralash turlarga 
bo’linadi. Atelektatik bronxoektazlar alohida guruhga ajratiladi. Bronxoektazlar 
ayniqsa bolalik, o’smirlik yoshida va navqiron yoshda birmuncha ko’proq 
uchraydi. 
Ko’pchilik bemorlar uzoq vaqt xasta bo’lib yuradigan kishilardir. Anamnez 
to’g’ri yig’ilganda to’lqinsimon kechayotgan ko’p yillik kasallikni aniqlashga 
muvaffaq bo’linadi. Bunda qisqa muddatli avj olish davrlari davomli remissiya 
davrlari bilan almashinib turadi. Vaqt o’tishi bilan tez-tez avj olishi bo’lib 
turadi, remissiyalar esa qisqaradi. Kasallikning o’ziga xos simptomlari: o’pka-
bronx infektsiyasining tez-tez qo’zib turishi, yiringli badbo’y hidli (ko’pincha 
ertalab) balg’am ajralishi, nafas siqishi, qon tuflash, o’rtacha yuzaga chiqadigan 
intoksikatsiya belgilari hisoblanadi. Kasallikning so’nggi bosqichlarida bemor 
barmoqlari odatda nog’ora cho’plariga o’xshab ketadi, tirnoq falangalari esa soat 


55 
oynalari ko’rinishiga ega bo’ladi. Zararlangan o’pka qismi auskultatsiya qilib 
ko’rilganda, mayda pufakchali jarangdor xirillashlar qayd qilinadi. 
Rentgenologik usulda tasvir olinganda, o’pkaning kasallangan erlarida 
fibroz qismlar strukturasining ari iniga o’xshash ko’rinishda ekanligi, o’pka 
ildizi soyasi strukturasining buzilganligi aniqlanadi. Bronxoskopiyada diffuz 
yoki aniq chegaralangan bronxit ajralib turadi, bronxlarning distal kengayish 
simptomi kuzatiladi (Sul belgisi). Bronxografiya tekshiruvi bu kasallikda eng 
ko’p ma’lumotlar beradi – bronxlarning kengayganligi aniqlanadi: ular 
tsilindrsimon, xaltasimon, kistasimon va aralash turlari ko’rinadi. 
Lokal zararlanishda jarrohlik usulda davolaniladi – segmentektomiya, 
lobektomiya, bilobektomiya, pulmonektomiya qo’llaniladi (5-rasm). 
5-rasm. Pulmonektomiya operatsiyasining bosqichlari. 
Konservativ muolaja faqatgina jarayon tarqoq bo’lganida, shuningdek 
jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik maqsadida o’tkaziladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish