Xirurgik kasalliklar


Maxsus tekshiruv usullari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Maxsus tekshiruv usullari
O’pka kasalliklarining diagnostikasi eng avvalo bemorning shikoyatlarini, 
anamnezini va uni fizik usullar bilan tekshirish natijalarini o’rganishga 
asoslanadi. Odatda, o’pkasida xastaligi bor bo’lgan bemorlarning quyidagi 
shikoyatlariga e’tibor beriladi: yo’tal, qon tuflash, nafas qisishi, ko’krak 
qafasidagi og’riqlar. Bemor anamnezida kasallikning qanday boshlanganiga va 
rivojlanishiga katta ahamiyat beriladi. Kasallik boshlanishini sovqotishga 
aloqadorligi, yuqumli kasalligi bo’lgan bemorlar bilan yaqinligi aniqlanadi. 


40 
Mehnat sharoitlari surishtiriladi. Ba’zi hollarda, bemorning uy hayvonlarini 
boqishga aloqadorligi, zararli odatlari: chekish, spirtli ichimliklarni surunkali 
iste’mol qilishi bor-yo’qligi alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Kasallikning 
kechishida olib borilgan muolajaning qanchalik muvofiqligi sinchiklab 
o’rganiladi. 
Fizik tekshiruv usullaridan: ob’ektiv ko’rik, paypaslab ko’rish, perkussiya 
qilish va auskultatsiyalar qo’llaniladi. Ular patologik jarayon va funktsional 
o’zgarishlarni aniqlashda, kasallikning kechishi to’g’risida tasavvur hosil 
qilishga imkon beradi va ko’pincha bemorni davolash jarayonida uning holati 
dinamikasiga baho berish uchun asosiy dalillar hisoblanadi. 
Nafas olish sistemasi kasalliklarini aniqlashda ajralayotgan balg’amni 
tekshirish, uning miqdori va fizik xususiyatlarini mikroskop yordamida 
tekshirish, bakterioskopiya va bakteriologik ekma natijalarini o’rganish alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Rentgenologik usullarni qo’llash, o’pka patologiyasi bo’lgan bemorlarda 
diagnoz qo’yishda ko’pincha hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. 
Rentgenoskopiya ob’ektni turli holatda (pozitsiya), harakatda tekshirishga, 
plevral bo’shlig’ida suyuqlik va havoning miqdorini aniqlashga imkon beradi. 
Rentgenografiya – o’pkalar va ular ildizlaridagi ayrim o’zgarishlarni aniq 
ko’rish, dinamikada kuzatish va taqqoslashga yordam beradi. 
Tomografiya usuli – qatlam-qatlam tasvirlar olish orqali, yirik segmentar 
va subsegmentar bronxlar bo’shlig’ining batafsil tasvirini olish, limfatik 
tugunlar holati to’g’risida xulosa chiqarishga yordam beradi. O’pka 
to’qimasidagi kichik patologik jarayonlarni aniqlashga, bullalar, kistalar, 
“o’choq”li soyalarni topishga imkon beradi. 
Kompyuter tomografiya – bugungi kunda keng qo’llaniladigan noinvaziv 
usullardan biri bo’lib, o’pkadagi har xil tuzilmalarning katta-kichikligini, 
joylashgan qismi va chegarasini yanada aniqroq va ravshanroq aniqlab beradi, 
ularning zichligiga baho berish imkoniyatini yaratadi. 


41 
Bronxografiya asosan: bronxoektatik kasallikka shubha qilinganda – 
bronxlarning zararlanganlik darajasini aniqlash uchun, o’pkadagi yiringli 
jarayonlarda – bronxlar zararlanganligini aniq hajmini aniqlash uchun (ayniqsa 
jarrohlik amaliyoti mo’ljallanganda) yoki surunkali nospetsifik zotiljam va 
markaziy o’pka raki o’rtasida differentsial diagnostika o’tkazish uchun zarur 
tekshiruv usullaridan biri hisoblanadi. 
Bu tekshirish usuli, odatda mahalliy anesteziya ostida olib boriladi va uni 
och qoringa (bemor ovqatlanmasdan turib) o’tkaziladi. Bemorda balg’am ko’p 
miqdorda ajralayotgan davrda, avval sanatsion bronxoskopiya, keyin esa 
bronxografiya qilinadi. Tekshiruvdan 30 minut oldin teri ostiga 1 ml atropin 
sulfat yuboriladi. Anesteziya uchun 0,5% li dikain eritmasi, 10% lidokain 
eritmasi yoki 5-10%li novokain eritmasi ishlatiladi. Eng avvalo, yuqori nafas 
yo’llari anesteziya qilinib, rentgenkontrast kateter pastki burun yo’li orqali 
tovush yorig’iga kiritiladi va traxeyagacha surib kateter orqali 3-4 ml 10%li 
novokainni bosqichma-bosqich yuborish yo’li bilan traxeobronxial shox 
anesteziya qilinadi. Bronxografiya uchun quyidagi rentgenkontrast moddalar: 
sulfayodon, jeleyodon, propilyodon va b. qo’llaniladi. Odatda ulardan biri, 10-
15 ml miqdorda rentgen nazorati ostida yuboriladi va suratga tushiriladi. Bundan 
so’ng, rentgenkontrast modda aktiv aspiratsiya yo’li bilan so’rib olib tashlanadi. 
Ko’rsatmalar: markaziy joylashgan bronx o’smalari, o’pkadan qon ketishi, 
traxeya va bronxlardagi yot jismlar, o’pkaning yiringli kasalliklarida diagnostika 
va sanatsiya qilish. 
Angiopulmonografiya o’pka arteriyasi yoki uning tarmoqlariga kateter 
o’rnatib, u orqali rentgenkontrast modda yuborib, uning rentgentasvirini 
olishdan iborat. O’pka patologiyasi tug’ma deb shubhalanganda, o’pka tomirlari 
patologiyasida, o’pka arteriyasi tromboemboliyasida, surunkali o’pka 
kasalliklarida o’pka-kapillyar qon oqimi buzilish darajasini aniqlashda, xavfli 
o’pka tuzilmalarida – jarrohlik amaliyoti o’tkazishning maqsadga muvofiqligi 
masalasini hal qilishda bajariladi. 


42 
Bronxial arteriografiya – bronxial arteriyalarni kateterizatsiya qilish va 
yuqorida ko’rsatilgan usul bo’yicha uning rentgentasvirini olish, o’pkadan qon 
ketish manbaini va uning sababini aniqlashda, shuningdek davolash maqsadida 
o’tkaziladi. 
Diagnostik pnevmotoraks. Plevra bo’shlig’iga 300-600 ml havo 
yuborilgandan keyin rentgenografiya qilishdir. Bu usuldan, odatda o’pkaga 
aloqasi bo’lmagan tuzilmalar va o’pka ichidagi jarayonlarni differentsial 
diagnostika qilish uchun foydalaniladi. 
Diagnostik pnevmoperitoneum – qorin bo’shlig’iga 1000-2000 ml havo 
yuborib, so’ngra rentgenografiya qilishdan iborat. Jigar, diafragma, diafragma 
ostida joylashgan a’zolar, plevra bo’shlig’i va o’pkadagi tuzilmalar holatini 
aniqlash, diafragmal churralarni differentsial diagnostikasi uchun foydalaniladi. 
Radioizotoplar yordamida tekshirish usullari, jumladan izotop yordamida 
skanerlash, perfuzion stsintigrafiya, ingalyatsion stsintigrafiya – o’pkadagi qon 
oqimi va ventilyatsiya buzilishlarini aniqlashga imkon beradi. Bu usullardan 
foydalanish, bugungi kunda cheklangan bo’lib, ular o’rnini ko’krak qafasi va 
o’pkani ultaratovush yordamida tekshirish, komp’yuter tomografiya va boshqa 
noinvaziv usullar egallamoqda. 
Torakoskopiya – torakoskop yordamida plevra bo’shlig’ini vizual ko’zdan 
kechirishdir. Ayniqsa, bu usul pnevmotoraks sodir bo’lganda nafaqat 
diagnostika uchun tekshiruv usuli, balki davolash uchun – pnevmotoraks 
sababini bartaraf etish, ma’lum operatsiyalarni o’tkazish uchun ham imkoniyat 
beradi. 
Tashqi nafas olish funktsiyalarini tekshirish usullariga spirografiya, 
umumiy pletizmografiya, pnevmotaxografiyalar kirib, ular nafas a’zolari 
kasalliklarini ilk bosqichida aniqlash, diagnoz qo’yish, funktsiyalarining buzilish 
yoki kompensatsiya darajasini aniqlash, davolash-profilaktika tadbirlarining 
ta’sirchanligiga baho berishga yordam beradi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish