Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

O’tkir perikarditlar. 
A’zolarning og’ir yallig’lanishi kasalliklarida yoki 
sepsisda paydo bo’ladigan ikkilamchi perikarditlar ko’proq uchratiladi. Ba’zida 
esa, o’tkir perikarditga jarohatlar, revmatizm, sil kasalliklari sababchi bo’ladi. 
Fibrinoz (quruq) perikardit
perikardning vistseral va parietal varaqlarida 
fibrin tolalarining yig’ilishi bilan ta’riflanadi.
Kasallikning asosiy belgilari – yurak sohasidagi sanchiydigan va keskin 
og’riqlar bo’lib, ular chuqur nafas olganda va yo’talda kuchayadi, taxikardiya, 
nafas olishning tezlashuvi, tana haroratining qisqa fursatga ko’tarilishi 
hisoblanadi. Auskultatsiyada dag’al xususiyatga ega bo’lgan perikard 
ishqalanishi shovqini aniqlanadi, u yurak qisqarishlari bilan sinxron ravishda 
eshitiladi, oldinga engashilganda kuchayib, nafasni tutib turilganda 
yo’qolmaydi.
EKGda miokard subendokardial qavatida qon aylanishi buzilganidan 
dalolat beradigan o’zgarishlar qayd qilinadi. 
Seroz perikardit. 
Perikard bo’shlig’ida yallig’lanish xarakteridagi seroz 
yoki seroz-fibrinoz suyuqlik yig’ilishidir. Asosiy simptomlari: to’sh orqasida 
kuchli og’riqlar, ular orqaga va elka ustiga o’tadi, nafas siqiladi. Atrofdagi 
a’zolarning perikardial ekssudatdan siqilishi sababli yutish qiyinlashadi, 
hiqichoq tutadi, ovoz bo’g’iladi. Tekshirib ko’rilganda cho’qqi turtkisi 
zaiflashgan, yurak chegaralari kengaygan, yurak tonlari bo’g’iq eshitiladi. 
Rentgenologik tekshirishda yurak soyasining kengayganligi, pulsatsiya 
pasayganligi qayd etiladi. EKGda asosiy tishchalarning pasayishi aniqlanadi. 
Perikard bo’shlig’ida ekssudat tez yig’ilganda yurak tamponadasi rivojlanishi 
mumkin, u oshib boradigan taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, tsianoz, 
o’pka shishi rivojlanishi bilan namoyon bo’ladi. 
Yiringli perikardit. 
Perikardda yiringli suyuqlik yig’ilishi bilan 
ta’riflanadi. Klinik manzarasi seroz perikarditdagi singari, biroq kasallik 
birmuncha og’irroq kechadi. Intoksikatsiya simptomlari – gektik harorat, et 


96 
uvishishi, ko’plab terlash ustunlik qiladi. Perikard punktsiya qilinganda yiringli 
suyuqlik olinadi. 
Davolash. Konservativ davo – antibiotiklar, analgetiklar, dezintoksikatsion 
davo, vitaminlar, immunitetni ko’taruvchi dorilar ishlatishni ko’zda tutadi. 
Perikardda suyuqlik bo’lganda bir marotaba yoki takroriy punktsiyalar 
qilish tavsiya etiladi. Yiringli suyuqlik bo’lganda perikardga mikrodrenaj 
o’rnatilib, uning bo’shlig’i antiseptik eritmalar, fermentativ preparatlar bilan 
yuviladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish