Xirurgik kasalliklar


Aortokoronar shuntlash amaliyoti texnikasi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Aortokoronar shuntlash amaliyoti texnikasi.
Yurak sohasiga odatda o’rta 
sternotomiya yo’li bilan kiriladi. Sternotomiyani bajarish bilan birga 
jarrohlarning ikkinchi brigadasi boldir yoki sondan katta teri osti venasini – 
autovenoz transplantatni oladi. So’ngra aortaning yuqoriga ko’tariladigan qismi 
va kovak venalarga naychalar qo’yilib, sun’iy qon aylanish apparatiga ulanadi. 
Aortaning yuqoriga ko’tariladigan qismini berkitiladi va sovutilgan kardioplegik 
eritma yordamida yurak harakatdan to’xtatiladi. Koronar arteriyalar bilan distal 
autovenoz transplantatlar qo’yiladi. So’ngra yuqoriga ko’tariladigan aortadan 
qisqich olib qo’yilgach va yurak faoliyati tiklangach yuqoriga ko’tariladigan 
aorta bilan autovenoz transplantat proksimal anastomozlar quyiladi. 
Amaliyotning oxirida, sun’iy qon aylanish apparati uzib qo’yiladi, aorta va 
kovak venalar dekanyulyatsiya qilinadi hamda sternotomik kesma perikard 
bo’shlig’iga drenaj naycha qo’yilgach, tikiladi. 
Oddiy chiziqli aortokoronar shuntlardan tashqari, bitta koronar arteriya 
ikkita sathida zararlanganda «sakrovchi» shuntdan foydalanish mumkin: venoz 
transplantat yordamida yuqori torayishni vena bilan arteriya o’rtasida 
yonboshidan yonboshiga anastomoz qo’yiladi, birmuncha distal torayishni esa 
o’sha transplantat bilan oxiridan yonboshiga anastomoz qo’yiladi. Bir necha 
koronar arteriyalar shikastlanganda «ilonsimon», «ko’priksimon» yoki 
sekventsial shuntlar qo’llanilishi mumkin: bitta venoz transplantat bilan koronar 
arteriyalar o’rtasida va bitta distal anastomozni oxiridan yonboshiga qo’yish 
yo’li bilan revaskulyarizatsiya qilinadi. 
Mammarokoronar anastomozning quyidagi turlari mavjud: 1) antegrad; 2) 
retrograd; 3) ichki ko’krak arteriyasidan «sakrovchi» shunt sifatida foydalanish.
Antegrad mammarokoronar anastomoz qo’yish uchun safarbar qilingan 
ichki ko’krak arteriyasini V-VI qovurg’alararo sathida kesib olinadi, uni koronar 
arteriya bilan “uchini yonboshiga” yoki “uchma-uch” usulda anastomoz 
qo’yiladi. Retrograd mammarokoronar anastomoz qo’yish uchun safarbar 
qilingan ichki ko’krak arteriyasini uning o’mrov arteriyasidan chiqqan joyida 
qirqiladi. So’nggi vaqtlarda ichki ko’krak arteriyasini ikkita koronar arteriya 


107 
uchun sekventsial shuntlar sifatida ishlatilmoqda. O’mrov osti arteriyasi 
boshlang’ich bo’limining shikastlanganligi, qo’lda arterial bosimning pastligi, 
ichki ko’krak arteriyasini ajratib olishni qiyinlashtiradigan o’pka emfizemasi 
mammarokoronar anastomoz qo’yishga monelik qiladigan hol hisoblanadi. 
Yurak ishemik kasalligini xirurgik davolashda operatsiyadan keyingi o’lim 
darajasi R. Faboloro fikricha 2% dan oshmasligi kerak. Biroq bemorlarning bu 
ko’rsatkich birmuncha yuqori bo’lgan guruhlari bor. Aortokoronar shuntlash 
bo’yicha o’tkazilgan birlamchi amaliyotlarning 90% da bemorlar stenokardiya 
simptomlaridan xalos bo’ladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish