Xirurgik kasalliklar


Etiologiyasi va patogenezi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Etiologiyasi va patogenezi. 
O’tkir ichak tutlishini etiologik omillari ichida 
moyillik va olib keltiruvchi sabablarni ajratish mumkin. 
Moyillik xolatlar o’tkir ichak tutilishi paydo bo’lishiga asos bo’lib qoladi. 
Ular tug’ma va orttirilgan bo’lishlari mumkin. 
Tug’ma moyillik xolatlarga ichak tuzilishini anatomik anomaliyalari: 
ichakning ayrim qismlarini uzun yoki keng bo’lishi (megakolon – kengaygan 
ichak, dolixosigma – uzun ichak), ichak burilishini noto’liq bo’lishi, tug’ma 
stenozlar, okklyuziyalar hamda ichakning nerv-mushak apparatining tug’ma 
nuqsonlari (Girshprung kasalligi) kiradi. 
Orttirilagan xolatlarga qorin bo’shlig’ida bajarilgan jarohlik amaliyotdan 
keyin va yallig’lanishlardan keyingi paydo bo’lgan chandiqlar, orttirilgan 
churralar, o’smalar, o’t toshlari, fitobezoarlar, gijjalar, najas toshlari kiradi.
Moyillik xolatlariga balanssiz, noto’g’ri ovqatlanishlar kirishi tasdiqlangan. 
Bir necha moyillik xolatlar bo’lishiga qaramay o’tkir ichak tutilishi faqat 
olib keluvchi sabablar bo’lganida rivojlanadi. Ular ichiga qorin bo’shlig’ida 
birdan bosim oshib ketishi, og’ir jismoniy zo’riqish, ko’p miqdorda ovqatlanish 
kiradi. 
O’tkir ichak tutilib qolishi bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalari 
kasallikni o’z vaqtida aniqlashga bog’liq. 


421 
Klinikasi va diagnostikasi
. O’tkir ichak tutilishini diagnostika qilish 
kasallik anamnezi va bemor shikoyatlarini to’g’ri tahlil qilish, umumiy xolatga 
va patologik jarayonning lokal ko’rinishlariga, shuningdek turli hil qo’shimcha 
yoki maxsus tekshirish usullari natijalariga baho berishga asoslanishi kerak.
Ichak mexanik tutilib qolishining eng xarakterli simptomi – qorinning tutib-
tutib og’rishidir. 
Ichakdagi suyuqlikning so’rilishiga to’siq paydo bo’lganligiga organizm 
muhofaza reaktsiyasi bilan javob beradi, bu to’lg’oqsimon og’riq ko’rinishida 
yuzaga chiqadigan kuchli peristaltika bilan ifodalanadi.
To’siq hajmi og’riq xurujlarining kuchi, tezligi va davomliligi o’zgarib 
turishi mumkin. 
Obturatsion tutilib qolish uchun, masalan u yo’g’on ichakda bo’lsa, og’riq 
unchalik qattiq bo’lmaydi.
 
Bemordan so’rab-surishtirganda og’riq uni bir necha 
sutkadan buyon bezovta qilayotganini aniqlasa bo’ladi. Aksincha tutilib 
qolishning strangulyatsiya shakllari (buralib qolish va ayniksa tugun hosil qilish) 
deyarli to’satdan keskin og’riq paydo bo’lishi bilan kechadi, bunda nisbatan 
qisqa fursatlar ichida birin-ketin og’riq xurujlari bo’lib turadi. 
Og’riq asta-sekin orta boradi, parez rivojlangandan keyin to’siqdan 
yuqorida u doimiy bo’lib qoladi va bu xolat peristaltikaning susayib ketishi bilan 
bog’liq. Buralgan joy qanchalik yuqori joylashgan bo’lsa, og’riq xuruji 
davomliligi shunchalik kam va xurujning o’zi og’irroq bo’ladi. 
Ichakning paralitik funktsional tutilib qolishida og’riq doimiy tutash, 
tumtoq, simillagan bo’ladi. Qorinning tobora dam bo’lib borishi bilan o’tadi. 
Spastik funktsional tutilib qolishda ham og’riq simillagan, tutash xarakterda 
bo’lishi mumkin, biroq aksariyat u to’lg’oqsimon, hatto keskin bo’ladi. Bunda 
mexanik tutilishdan farqli ravishda qorin odatda dam bo’lmaydi, aksincha, u 
ichiga botgan bo’lishi mumkin.
Og’riq reaktsiyasini sinchiklab tahlil qilish qator hollarda mexanik tutilishni 
dinamik tutilishdan ajratibgina qolmay, balki uning strangulyatsion turini 
obturatsion turidan ajratish imkonini beradi. Obturatsion tutilib qolishda xurujlar 


422 
yo’q paytida bemorlar deyarli og’riq sezmaydilar. Strangulyatsion tutilib 
qolishda esa bemorlarda xuruj bo’lmagan vaqtida ham og’riq saqlanib qoladi, 
chunki ularda og’riq sindromi ikkita yo’l bilan kelib chiqadi: keskin 
to’lg’oqsimon og’riq peristaltik to’lqinlar natijasida bo’lsa, to’lg’oqsimon og’riq 
bo’lmay turgan vaqtlardagi simillagan doimiy og’riq – jarayonga tortilgan ichak 
tutqich segmenti tomirlari va nervlarining qisilishi oqibati hisoblanadi. 
Kasallikning boshida ayrim bemorlar og’riq paydo bo’lgan yoki yo’qolgan 
joyni etarli darajada ko’rsatib bera oladilar. Biroq ko’pincha og’riq butun qorin 
bo’ylab yoyiladi yoki kindik yoxud bel soxasida joylashadi. 
Og’riq sindromi xarakteri va xususiyatlarini bemorni birinchi marta 
ko’zdan kechirishning o’zidayok aniqlab olishga harakat qilish kerak. 
Bemorning vaqti-vaqti bilan bezovtalanib turishi, yuz qiyofasidan og’riqdan 
iztirob chekayotganini payqash, peristaltik shovqinlarning shundoqqina eshitilib 
turishi xurujsimon og’riq borligidan dalolat berishi mumkin. Haddan tashqari 
ozgan bemorlarda ba’zan qorin devori orqali ichak peristaltikasini ko’rish 
mumkin. 
Biroq peristaltika xolati to’g’risidagi batafsil axborotni olish uchun qorin 
bo’shlig’ini auskultatsiya qilish kerak bo’ladi. Bunda uning faqat kuchayishi 
yoki sekinlashishini emas, balki paydo bo’lgan joyi, shuningdek tarqalish 
zonasini ham kayd qilishga muvaffaq bo’ladi.
Qorinni vaqti-vaqtida eshitib turish kasallik dinamikasi to’g’risida ma’lum 
darajada xulosa chiqarishga imkon beradi. Qorin bo’shlig’ini auskultatsiya 
qilishda aniqlanadigan «tushayotgan tomchilar» simptomi (Spasokukotskiy 
simptomi) ichak o’tkir tutilib qolishining xarakterli patognomonik belgisi 
xisoblanadi. Bu singib ketgan nom simptomining kelib chiqishiga unchalik 
muvofiq kelmaydi: gap «tushayotgan tomchilar» ustida emas, balki o’zida 
suyuqlik yoki gaz saqlab turgan biror bo’shliqqa suyuqlik yoki havo 
pufakchalari quyilishi to’g’risida borayapti.
Bu simptom ichakning shishib chiqqan qovuzloqlarida suyuqlik va ozod 
gaz borligidan dalolat berib, ularda o’tkazuvchanlikning buzilganligini 


423 
ko’rsatadi. U to’liq sustlashib qolgan va tez orada yo’qoladigan peristaltika 
vaqtidagina aniqlanadi. Bu simptomning topilishi xirurgga ichakning o’tkir 
tutilib qolishi diagnozini kuyishga to’liq asos bo’la oladi. 
Ayrim xolatlarda qorinni auskultatsiya qilganda nafaqat ichak peristaltikasi 
yo’qolishi, balki yurak urishi va nafas olish eshitiladi (Loteissen simptomi).
«Og’riq» bosqichi tugagandan va peristaltika yo’qolgandan keyin ichakning 
mexanik tutilib qolishi emas, balki funktsional tutilib qolishi birinchi o’ringa 
chiqadi. Dam bo’lgan qorinda doimiy tutash og’riq bo’lgan, intoksikatsiya 
hodisalari ortib borayotgan bu davrda – kasallikning dastlabki tabiatini aniqlash 
g’oyat qiyin. 
Odatda, xirurg ichakning mexanik tutilib qolishining asorati – peritonit deb 
diagnoz qo’yadi. 
O’tkir ichak tutilishda ko’ngil aynishi va qusishning mustaqil diagnostik 
ahamiyati yo’q. Chunki qorin bo’shlig’i a’zolarining deyarli xar bir o’tkir 
kasalligida ko’ngil aynishi va qusish bo’ladi. Lekin qusish xarakteri ichak tutilib 
qolishining har hil turlarida bir hil bo’lmaydi. Odatda past strangulyatsion tutilib 
qolishning boshlanishi bir yoki ikki marta reflektor qusish bilan o’tadi. Yuqori 
tutilib qolishda bemor ko’p qusadi, qusish uni holdan toydiradi, ko’ngil bexuzur 
bo’ladi, ko’pincha xikichoq tutishi va kekirish bezovta qiladi.
Mexanik va funktsional tutilib qolishning kechikkan muddatlariga qusish 
birmuncha xarakterli, bunda peritonit belgilari paydo bo’lishi motorika buzilib, 
ichak bo’shlig’ida yig’ilib borayotgan suyuqlik yuqoriga otilib chiqadi. Shunga 
ko’ra qusish xech qachon ahvolni engillashtirmaydi. Kasallik zo’rayib ketgan 
hollarda ichakning to’siqdan yuqori qismidagi suyuqligi chirib parchalanishi 
natijasida axlat aralash qusish holati ro’y beradi. 
Ichak tutilib qolishining patognomonik simptomi ichning kechikib kelishi 
yoki kelmasligi va el chiqmasligi hisoblanadi. Ayrim mualliflar ma’lumotlariga 
ko’ra bemorlarning 60-70% ichning sira kelmasligi va el chiqmasligini, 16% – 
qisman ich kelmasligini qayd qilgan. 


424 
Ich kelmasligi va el chiqmasligining diagnostik axamiyatiga to’g’ri baho 
berish uchun kasallikning xar bir hodisasiga alohida yondoshish kerak. Bu 
simptom ikkita holda: chambar ichak terminal bo’limida mexanik to’siq 
bo’lganda (sigmasimon chambar ichak buralishi, chambar ichak chap yarmi 
bo’shlig’ining to’liq obturatsiyasi) va xazm trakti to’liq adinamiyasida (falaji) 
bo’ladi. Ichakda ajralmalar chiqmasligi aksariyat uning tutilib qolganidan darak 
beradi.
Biroq bemorda ich kelishi va el chiqishi bu patologiyani inkor etmaydi. Yil 
sayin ichakning bitishmalar sababli tutilib qolish hollari ko’payib borayapti, bu 
aksariyat ingichka ichak qovuzloqlaridagi jarayon bilan chegaralanib qoladi. 
Shuning uchun bitishma jarayoniga qo’shilmagan yo’g’on ichak bo’shalib 
turishi mumkin. Shu munosabat bilan bemordan so’rab-surishtirishda necha 
marta ich kelishi, uning o’zicha kelish-kelmasligini aniqlash muxim. Aksariyat 
qo’shimcha rag’batlantiruvchi tadbirlardan keyingina juda oz mikdorda ich 
kelishi va el chikishi kuzatilib turadi. 
Qorinni ko’zdan kechirish ko’p hollarda diagnoz qo’yishda xal qiluvchi 
omil bo’lishi mumkin. Qorinda xar qanday xarakterdagi og’riq bo’lgan 
bemorning qorin devoridagi jarrohlik amaliyotdan keyingi chandiqlar ichakning 
bitishmalardan tutilib qolganligini ko’rsatadi. Bir muncha mualliflar 
ma’lumotlariga ko’ra qorin bo’shlig’idagi bitishmalar 75-80% hollarda mexanik 
tutilib qolishga, 30-45% hollarda funktsional (dinamik) tutilib qolishga sababchi 
bo’ladi. 
Qorin dam bo’lishi ichak tutilib qolishining muxim simptomi hisoblanadi. 
Darxaqiqat, ich kelmasligi va el chiqmasligi tez orada qorin xajmining 
kattalashuviga olib keladi. Biroq ko’rsatib o’tilgan belgiga tanqidiy baho berish 
lozim. Aftidan, qorinning dam bo’lib shishib chiqishi ichak tutilib qolishining 
erta belgisi bo’lmasa kerak. 
Ichakning mexanik tutilib qolishining xarakterli belgisi Val simptomi 
hisoblanadi. Val simptomi shishib chiqqan ichak qovuzlog’i tufayli 
chegaralangan meteorizm paydo bo’lishidir. 


425 
Qorinni paypaslab ko’rish va perkussiya qilish qorin bo’shlig’idagi 
o’zgarishlar to’g’risida eng to’liq tasavvur beradi. Perkussiya yordamida 
sigmasimon chambar yoki ko’richak buralganda qisilgan qovuzloq chegarasini 
aniqlash – yuqori chegaralangan timpanit simptomi (Kivul simptomi), peritonit 
sababli funktsional tutilib qolishda qorin bo’shlig’ida ozod suyuqlik borligidan 
payqash mumkin. 
Ichak tutilib qolganligini aniqlashda qorinni palpatsiya qilish auskultatsiya 
singari katta ahamiyatga ega. Xirurg qorinni paypaslab ko’rishda qorin pardasi 
ta’sirlanish simptomlari bor-yo’qligini, «chaykalish shovqini» (Mate-Sklyarov 
simptomi) borligini aniqlashga xarakat qilib ko’rishi kerak. 
O’tkir ichak tutilishida qorin, odatda, yumshoq bo’ladi va ichak devori 
destruktsiyasida va peritonit rivojlangandan keyingina muskullar tarang tortadi. 
Biroq bu simptom aniq namoyon bo’lish davri odatda qisqa bo’ladi, chunki tez 
orada meteorizm paydo bo’ladi. 
Shishib chiqmagan qorinni paypaslab ko’rishda invaginatsiyada 
kolbasasimon shish, yallig’lanish infiltrati va boshqa tuzilmalar aniqdanishi 
mumkin. 
«Chayqalish shovqini» ichak o’tkir tutilib qolishining patognomonik 
simptomi hisoblanadi. Uni ichak qovuzloqlarida ma’lum miqdorda dimlangan 
suyuqlik paydo bo’lganda va kamroq hollarda bitta qovuzloq kisilib qolganda 
aniqlash mumkin. 
Erkaklarda to’g’ri ichakni ayollarda esa qinni barmok bilan tekshirish zarur. 
Bu tadbir qovuq bo’shatilgandan keyin bajarilishi kerak. Ichakning obturatsion 
tutilib qolishida o’sma yoki obturatsiya qiladigan boshqa tuzilma aniqlanishi 
mumkin. Biroq u yoki bu patologik tuzilmalar aksariyat kasallikning kechikkan 
bosqichlarida topiladi. Kichik chanoq bo’shlig’ida suyuqlik yig’ilishi qin 
gumbazi orqa qismining osilib qolishi yoki qalqib turishi, tekshirishda og’rishi 
bilan yuzaga chiqadi. 


426 
Sigmasimon chambar ichak uchun xarakterli belgi – to’g’ri ichak sfinkteri 
ochiq turgan xolatda uning ampulasi bo’sh xolatda (ballonsimon kengayish) 
bo’lib, unga “Obuxov kasalxonasi” simptomi deyiladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish