engil turida
nevrologik belgilar unchalik ifodalanmagan
(arzimagan narsadan xafa bo’lish, injiqlik, yig’loqilik, tez charchash) bo’lib,
qalqonsimon bez kattalashgan, bemorning tomir urishi birmuncha tezlashgan –
taxikardiya (1 daqiqada 80-100 zarba), qo’l va barmoqlarda kuchsiz ifodalangan
tremor bo’ladi. Bemor vazni 10% gacha kamayishi mumkin. Odatda, kunning
ikkinchi yarmida bemorda mehnat qilish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Asosiy modda almashinuv 30% dan oshmaydi.
O’rtacha og’irlikdagi tireotoksikoz
– markaziy nerv sistemasi faoliyatining
ro’y-rost buzilishlari (asabiylashish, serjahllik, injiqlik, yig’loqilik), taxikardiya
(1 daqiqada 100-120 zarba), sistolik va diastolik qon bosimining ortishi, yurak
chegaralari kengayishi, yurak etishmovchiligining kelib chiqishi (Lang bo’yicha
I daraja) bilan namoyon bo’ladi. Bemor vazni ancha kamayadi, yaxshi
ovqatlanishiga qaramasdan ozib ketish hollari kuzatiladi, kun davomida
mehnatga layoqat pasayadi. Asosiy modda almashinuv jarayoni – 60% gacha
ortadi.
Tireotoksikozning og’ir turi
– markaziy nerv sistemasining o’rtacha
og’irlikdagi tireotoksikozga xos buzilishlari bilan bir qatorda, mushak
sistemasida keskin sustlik, yurak-qon tomirlar sistemasidagi og’ir buzilishlar,
parenximatoz a’zolarda distrofik o’zgarishlar rivojlanadi. Taxikardiya
chuqurlashadi (1 daqiqada 120 zarbadan ortiq), aksariyat tomir urishida
aritmiya, hamda yurak etishmovchiligi (Lang bo’yicha II-III darajasi) yuzaga
keladi. Asosiy modda almashinuv – 60% va undan ko’proqqa ortadi, bemor
nihoyatda ozib, tanasining vazni keskin kamayib ketadi. Mehnatga layoqat va
qobiliyat ko’pchilik bemorlarda batamom yo’qoladi.
Davolash.
Tireotoksikozli buqoqni davolash zamonaviy endokrinologiya
va jarrohlikning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi, chunki bu
kasallik Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o’lka patologiyasi hisoblanadi.
Aholiga endokrinologik xizmat ko’rsatish takomillashishiga, ixtisoslashgan
muassasalar sonining ortishiga, maktabgacha bo’lgan yoshdan boshlab buqoq
profilaktikasini joriy qilinishiga qaramay, tireotoksik buqoq bilan xastalangan
22
bemorlar sonining barqarorligi va bugungi kunda ularning ko’payishi qayd
qilinyapti. Bundan tashqari, so’nggi yillarda tireotoksik buqoqning, tuzalishi
qiyin bo’lgan, asoratlangan turlari kundan-kunga ortib bormoqda, ularni
davolash samarasiz o’tmoqda. Ko’pchilik olimlarning fikricha, bu holat
urbanizatsiya jarayonlari, ekologiyaning buzilishi, stress va emotsional-
psixologik sharoitlarga boy hozirgi zamon ijtimoiy-siyosiy hayotning
xususiyatlari bilan chambarchas bog’liq. Tireotoksik buqoq bo’yicha
operatsiyalar hozirgi vaqtda yurtimizning ko’pchilik shifoxonalarida, jumladan
viloyat shifoxonalarida ham bajarib kelinmoqda.
Bugungi kunda, diffuz toksik buqoqni davolashning uchta asosiy turi
mavjud: dori-darmonlar vositasida muolaja (konservativ davolash), tarkibini yod
moddasi tashkil etgan preparatlar bilan davolash va xirurgik operatsiya.
Tireotoksik buqoqni davolashda dori-darmonlar vositasida muolaja
operatsiyaga tayyorgarlik jarayoni yoki kasallikning boshlang’ich bosqichlarida
mustaqil davo sifatida qo’llaniladi. Uning asosiy tamoillari diffuz turdagi
tireotoksik buqoqda deyarli ko’p farqlanmaydi, lekin kasallikning og’ir-
engilligiga qarab davolash jarayoniga zaruriy tuzatishlar kiritiladi. Dori-
darmonlar vositasida qilinadigan muolajaning asosiy maqsadi – yuqorida
keltirilgan nerv sistemasi va asabdagi (albatta vegetativ nerv sistemasidagi
buzilishlarni inobatga olgan holda), yurak-qon tomir sistemasini izdan chiqishini
bartaraf etish, modda almashinuvi jarayonini va bemor organizmidagi yuzaga
chiqqan barcha buzilishlarni izga solish, hamda detoksikatsion muolajadan
iborat. Buning uchun asabni tinchlantiruvchi va neyroplegik preparatlar
(rezerpin, elenium, seduksen, amitriptilin va b.) qo’llaniladi. Taxikardiya kuchli
rivojlanganda, arterial qon bosimini pasaytirish hisobiga, miokard
giperfunktsiyasini pasaytiruvchi beta-blokatorlar qo’llash maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Albatta, dori-darmonlar vositasida qilinadigan
muolaja, tireotoksikozning
engil va o’rtacha og’irlikdagi turlari bilan kasallangan bemorlarda o’tkaziladi,
kasallikning og’ir kechadigan hollarida esa, qilinayotgan muolaja operatsiyani
23
asoratsiz o’tishiga zaruriy tadbir hisoblanadi. Chunki, bu kasallikda operatsiya
jarayoni davomida yoki undan keyin turli asoratlarning (tireotoksik kriz va b.)
kelib chiqishi, bemor ahvolini og’irlashtirishi va noxush natijaga olib kelishi
mumkin.
Tarkibini yod
moddasi tashkil qilgan preparatlar
bilan davolash:
1. Yod mikrodozalari, lyugol eritmasi, tarkibida yod
moddasi bor
preparatlar guruhi namoyondalari bo’lib, ularni lyuminal, valeryanka bilan
birga, barqapop taxikardiya va titroq aritmiyada esa digitalis bilan birga
tayinlanadi. Yod moddasi – bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda g’oyat
ta’sirchan vosita, biroq kasallik kechishida hamisha ham barqaror va uzoq
muddatga yaxshilanishni vujudga keltiravermaydi – ko’pchilik bemorlarda
davomli remissiya davridan keyin ahvol yana yomonlashib, hatto davolashdan
oldingi holatdan ham battar bo’lishi mumkin. Yod tugunli tireotoksik buqoqli
bemorlarga esa, deyarli ta’sir qilmaydi. Yodning terapevtik aktivligi, birga
qo’shilib kelgan kasallikni hisobga olgan holda, boshqa vositalarni mohirona
qo’shish yo’li bilan kuchaytirilishi mumkin.
2. Merkazolil – sintetik tireostatik preparat bo’lib, yod preparatlari bilan
birga sutkasiga 40-60 mg dozada tayinlanadi. Remissiya davri boshlangandan
keyin 1 kecha-kunduz davomida 5-10 mg quvvatlab turadigan dozasi buyuriladi.
3. Beta-adrenoblokatorlar – arterial qon bosim, qonning bir daqiqada otilib
chiqishining pasayishi hisobiga miokard giperfunktsiyasini kamaytiradi, sinus
tuguni ritmini sekinlashtiradi.
4. Yurak glikozidlari – strofantin, korglyukon.
5. Tiouratsil – ko’pchilik bemorlarda asosiy modda almashinuvni
pasaytiradi, tomir urishini siyraklashtiradi, asab va nerv simptomlarini
engillashtiradi, umumiy kayfiyatni yaxshilaydi, ekzoftalm kamayadi. Meyori 14
kungacha 0,2 dan kuniga 3 marta, bemor ahvoli yaxshilanganda 0,1-0,2 dan
kuniga 2 martagacha pasaytiriladi. Davolashni qonni muntazam nazorat qilib
turgan holda o’tkazish lozim, chunki preparat suyak ko’migi va jigarga toksik
ta’sir ko’rsatishi mumkin.
24
6. Detoksikatsion muolaja va diurezni kuchaytirish. Uning mohiyati
infuzion (venaga suyuqliklar quyish) muolajasi (oqsilli va oqsilsiz qon o’rnini
bosuvchilar va b.) zamirida siydik haydovchi preparatlar (laziks, furosemid,
veroshpiron) qo’llashdan iborat. Hozirgi davrda detoksikatsiyaning birmuncha
ta’sirchan ekstrakorporal usullaridan: gemosorbtsiya, plazmoferez, limfoferez,
limfosorbtsiya va boshqalardan foydalaniladi.
7. Organizm quvvatini oshiradigan muolajalar: gemotransfuziya, plazma va
oqsilli, oqsilsiz qon o’rnini bosuvchi preparatlar, kontsentratsiyasi yuqori
glyukoza eritmalarini quyish. Anabolik preparatlar, tarkibida temir moddasi
bo’lgan preparatlarni, vitaminlar bu muolajaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
8. Fizioterapevtik usullar – elektr moslama yordamida uyqu, galvanik yoqa
qo’yish, giperbarik oksigenatsiya (GBO) va b.
9. Har bir bemor uchun individual dozada radioaktiv yod (I
131
) ishlatish –
qalqonsimon bez follikulyar
epiteliy xujayralarini halokatga uchratadi va
ularning o’rnini
biriktiruvchi to’qima bilan to’ldiradi. Biroq, bu preparat katta
dozalarda qabul qilingandan so’ng o’lim bilan tugaydigan jadal tireotoksik
reaktsiya rivojlanishi, davo kor qilmaydigan doimiy og’ir miksedema paydo
bo’lishi mumkinligini e’tiborga olish lozim. Qalqonsimon bezning xavfli
o’smalari rivojlanishi, jinsiy bezlar faoliyatini o’zgarishi, ekzoftalmning
kuchayishi ehtimoli ham yo’q emas.
Tabiiyki, tireotoksikozni davolashning mavjud hamma usullarini sanab
chiqish qiyin, keyingi davrda ularning soni ko’payib yangidan-yangi dorilar
topilyapti, davo taktikasining ayrim jihatlari qayta ko’rib chiqilyapti.
Tireotoksikozni davolash vositalari orasida gormonal terapiyaga, karbonat
preparatlari, kardanum va boshqalarni qo’llanilishiga alohida ahamiyat
berilmoqda. SHunga qaramasdan, diffuz toksik buqoqni xirurgik davolash
hanuzgacha, radikal usul bo’lib qolayapti. Tireotoksikozning tugunli yoki
aralash turlarida esa, albatta operatsiya usulini qo’llash maqsadga muvofiq
bo’ladi, chunki mualliflar ko’rsatishicha tugunli va aralash buqoqlarning 25% ga
yaqinida malignizatsiya bo’lish ehtimoli bordir.
25
Tireotoksik buqoqda jarrohlik usullarini qo’llash texnikasi hozirgi vaqtda
birmuncha takomillashgan. Biroq, qalqonsimon bezda qilinadigan operatsiya
usullari bilan bog’liq hamma masalalar uzilkesil hal etilgan deb bo’lmaydi,
chunki operatsiya vaqtida ham, operatsiyadan keyingi davrda ham og’ir asoratlar
hanuzgacha yuz berib turadi.
Operatsiyaga ko’rsatmalar va monelik qiladigan hollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |