Xiii-xiv asrlar tarixiga oid manbalar Reja



Download 53 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi53 Kb.
#821309
  1   2
Bog'liq
1-S MANBASHUNOSLIK


1-SEMINAR. XIII-XIV asrlar tarixiga oid manbalar


Reja:
1. Asosiy ijtimoiy-siyosiy vokealar.
2. Xukukiy xujjatlar va yozishmalar.
3. Fors tilidagi tarixiy manbalar.

1219-1221 yillar ichida O`zbekiston mo`gullur tomonidan istilo etildi. 1227 yili Chingizxon ettisuv, Koshgar, Movarounnaxr va Xorazmning sharkiy kismini, shuningdek, xozirgi Afgonistonning shimoliy kismini ikkinchi o`gli Chigatoyga (1227-1241 y.) in`om kildi. Bu ulus tarixda Chigatoy ulusi nomi bilan mashxur. Chigatoy ulusining oliy xukmdorlari xam, koraxitoylar singari, ulusni maxsus ijaradorlar, ya`ni xoraщmlik mashxur savdogar Maxmud Yalavoch (1125-1238 yy.) va uning o`gli Ma`sudbek (1238-1289 yy.) yordamida idora kildilar.


Munko koon (1251-1260 yy.) taxtga o`ltirgandan keyin, Jo`ji ulusining oliy xukmdori Botuxon (1227-1255 yy.) bilan til biriktirib, Chigatoy avlodining ko`pchiligini katl ettirdi va Chigatoy ulusini o`rtada bo`lib olishdi.
Lekin, oradan ko`p vakt o`tmay, Olgu (1261-1266 yy.) ulus mustakilligini tiklashga muvaffak bo`ldi. Mubrakshox (1266 y.) va Barokxon (1266-1271 yy.) davrida mo`gud xukmdorlari maxalliy axoli bilan yakinlashish maksadida islom dinini kabul kildilar. Natijada, 1266 yili xon xamda ba`zi mo`gul uruglari (masalan, jaloiriylar) ettisuvdan Movarounnaxrga ko`chib o`tdilar. Bu xol o`z navbatida tarkoklik va parokandalikka olib keldi. X1U asrning 50-yillariga kelib, Chigatoy ulusi ikkiga ajralib ketdi – ettisuv va Koshgarda kolgan mo`gullar mustakillik e`lon kilib, o`z davlatlarini tuzib oldilar. Bu davlat tarixda Mo`guliston yoki Jete nomi bilan mashxurdir.
Mo`gullar xukmronligi yillarida Movarounnaxr xalki ikki tomonlama – mo`gul xukmdorlari dorugalar, boskoklar xamda maxalliy er egalari zulmi ostida koldi. Ular asosiy daromad soligi xirojdan tashkari talaygina boshka solik va jarimalar –dorugagi, sar shumor, ulufa, tamga, kupchur yasogi, tagor, bigor va boshkalarni to`lashga majbur etilgan edilar.
Ogir chorakorlik mexnati, mo`gul xukmdorlarining beboshligi mexnatkash xalkning sabr kosasini to`ldirdi. Buxoro viloyatining xalki kosib Maxmud Tarobiy va iloxiyot olimi Shamsuddin Maxbubiylarning atrofiga uyushib, 1238 yili ko`zgolon ko`tardi, lekin ko`zgolon boshka shaxar va viloyatlarga yoyilmadi. Natijada Buxorodagi ko`zgolon ettisuv va Xo`janddan Ildiz no`yon xamda Chukan kurchi boshchiligida yuborilgan mo`gul ko`shini tomonidan bostirildi.
XIV asr ikkinchi yarmiga kelib Chigatoy ulusining janubiy-garbiy kismini tashkil etgan Movarounnaxrda siyosiy tarkoklik yanada kuchaydi. Bu ayniksa amir ul-umaro Kazagon vafotidan (1358 yili) keyin kuchayib, mamlakat mayda kismlarga bo`linib ketdi. Masalan, Shaxrisabzda Xoji barlos mustakillik bayrogini ko`tardi. Xo`jandda Boyazid jaloir mustakillik e`lon kildi. Balxda Amir Xusayn xon ko`tarildi, Shibirgonni Muxammad Apardi egalladi. Xuttalonda Kayxusrav o`zini podshox deb e`lon kildi. Badaxshon maxalliy xukmdorlar – Badaxshon shoxlari ko`liga o`tdi.
Feodal tarkoklikdan barlos amirzodalaridan Amir Temur ustalik bilan foydalandi va 1370 yili oliy xokimiyatni ko`lga oddi. 1370-1378 yillari u mamlakatdagi tarkoklikni tugatib, Movarounnaxr va Xorazmni o`ziga bo`ysundirdi. 1381-1402 yillari Amir Temur ko`shni mamlakatlar ustiga xarbiy yurish kilib, Eron, Kavkaz orti, Irok, Kichik Osiyo va Shimoliy Xindistonni istilo kildi, Oltin O`rda xoni To`xtamishga (1376-1395- yy.) kakshatich zarba berib, uni poytaxti Saroy Berkani egalladi.
Amir Temur va Temuriylar davlati mayda uluslarga bo`lingan xolda idora kilindi. Masalan, Amir Temur saltanati to`rt kismga bo`lingan edi: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seiston (markazi Xirot shaxri) Shoxruxga; Garbiy Eron, Ozarbayjon, Irok va Armaniston (markazi Tabriz), Mironshoxga; Fors, ya`ni Eronning janubiy kismi (markazi Sheroz), Mironshoxga; Fors, ya`ni Eronning janubiy kismi (markazi Sheroz), Umarshayxga; Afgoniston va Shimoliy Xindiston (markazi Gazni, keyinchalik Balx), Pirmuxammadga suyurgol (shaxzoda amirlarga toju taxt oldidagi katta xizmatlari uchun shartli tarzda in`om kilingan er-suv va uni idora kilish xukuki berilgan edi.
Amir Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin 1409 yilgacha o`zaro kurash davom etdi. Shoxrux Mirzo (1409-1447- yy.), Mirzo Ulugbek (1409-1449- yy.), Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469 yy.), Sulton Xusayn Mirzo (1459-1506- yy.) davrida davlat nisbatan markazlashgan edi va xalkaro obro`ga xam ega edi.
XV asrning 80- yillaridan boshlab, o`zaro xamjixatlik juda susaydi. Movaronnaxrning bir o`zida deyarli uchta mustakil davlat bo`lib, ularda Sulton Abu Said Mirzoning o`gillari Sulton Axmad Mirzo Samarkandda, Umarshayx Mirzo Fargonada va Sulton Maxmud Mirzo Xisor, Xuttalon xamda Badaxshonda xokimi mutlak xisoblanar edilar.
Amir Temur va Temuriylar davrida xam er-suv xamda xuearmandchilik korxonalarining katta kismi podshox xonadoni va badavlat kishilar ko`lida bo`lib, mexnatkash xalk ularning erini ijaraga olib kun kechirar edi. Ular xiroj, dorugagi, mirobona, jon soligi, avorizot, boj, tamga, zakot, peshkash, sovari kabi solik va jarima to`lashga, xukumat va katta er egalarining turli-tuman yumushlarini bajarishar edilar.
Amir Temur davrida davlat tepasida rasman Chingiz avlodidan bo`lgan Suyurgatmish (1370-1380- yy.) va Sulton Maxmudxon (1380-1402- yy.) turdi, lekin amalda butun xokimiyat Amir Temur ko`lida edi. Keyincha xon ko`tarish tartibi bekor kilindi va oliy xukmdor o`zini podshox deb e`lon kildilar. Viloyat va tumanlarda xokimiyat markaziy xukumat tarafidan tayinlangan dorugalar ko`lida bo`ldi. Davlat ishlari asosan turli muassasa – devonlar, devoni oliy – markaziy ijroiya organi, devoni mol – moliya ishlari maxkamasi va devoni tavochi - xarbiy ishlar maxkamasi va boshkalar ko`lida bo`lgan. Din, shariat bilan boglik ishlar kozi va shayxulislom ko`lida edi.
Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnaxrdagi Samarkand, Shaxrisabz, Buxoro kabi shaxarlar iktisodiy va madaniy jixatdan o`sdi, xunarmandchilik va savdo sotik rivoj topti. Movarounnaxrining Xitoy, Xindiston, Arabiston mamlakatlari, Mo`guliston, Oltin O`rda va evropa mamlakatlari bilan iktisodiy va madaniy alokalar kengaydi. Bu davrda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. Bu davrda Nizomiddin Shomiy va Xofizi Abru, Sharafuddin Ali Yazdiy va Abdurazzok Samarkandiy, Muxammad Mirxond va Giyosiddin Xondamir kabi muarrix olimlarni, Alisher Navoiy va Abduraxmon Jomiy, Bisotiy Samarkandiy va Xoja Ismatulla Buxoriy, Shayx Axmad Suxayliy va Kamoluddin Binoiy kabi juda ko`p iste`dodli shoir va olimlarni etishtirdi.



Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish