Hokimiyat — bu boshqalaming xatti-harakatiga ta’sir etish imkoniyati. Rahbarga rasmiy vakolatdan tashqari hokimiyat ham kerak, chunki asosan odamlar bilan ishlaydi.
Ko‘pchilikning fikricha hokimiyat — boshqalarni majburlash hisoblanadi. Ammo, hozirgi kunda shu narsa tan olinganki, ta’sir va hokimiyat bir me’yorda ta’sir ko‘rsatiladigan shaxsga, vaziyatga va rahbar imkoniyatiga bog‘liq. Absolyut haqiqiy hokimiyat mavjud emas, chunki hech kim hammaga va har qanday vaziyatda ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Tashkilot sharoitlarida hokimiyat nisbatan iyerarxiyani aniqlaydi. U yoki bu xodimning qancha hokimiyatga ega ekanligini uning rasmiy vakolatining darajasi belgilamaydi. Boshqa kishidan qancha bog‘liqlik darajasi yuqori bo‘lsa, shuncha hokimiyatga ega. Buni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
A shaxsning hokimiyatga mahkum ho 'Igan В shaxsga ta siri darajasi = В shaxsning A shaxsdan hog'liqligi darajasi.
Rahbar shuni bilishi kerakki, uni qo‘l ostidagi xodimlar ham hokimiyatga ega, agar rahbar o‘z hokimiyatini faqat bir tomonlama qo‘llasa, xodimlar shunday reaksiya ko‘rsatishi mumkinki, unda ular o‘zining hokimiyatini ko‘rsatadi. Bu esa maqsadga erishish darajasini pasaytiradi. Shuning uchun samarali rahbar oqilona hokimiyat balansini saqlashga harakat qiladi, ya’ni maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun yetarli bo‘lsin, ammo xodimlarda bo‘ysunmaslik hissini uyg‘otmasin.
Hokimiyat turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Hokimiyat va liderlik (rahbarlik) sohasida tadqiqotchilar hisoblangan French va Reyven hokimiyat asosining qulay klassifikatsiyasini ishlab chiqdilar. Hokimiyatning asosiy 5 ta ko‘rinish mavjud:
Majburlashga asoslangan hokimiyat.
Mukofotlashga asoslangan hokimiyat.
Ekspertli hokimiyat.
Etalonli hokimiyat (namunaviy hokimiyat). Ta’sir etuvchining xarakteristikasi va xususiyatlari bajaruvchi uchun shu darajada ta’sirchanki, u ham ta’sir etuvchi kabi bo‘lishni xohlaydi.
Xarizma — bu mantiqqa va uzoq an’analarga asoslanmagan, balki yetakchining shaxsiy sifati va imkoniyatiga asoslangan hokimiyatdir. Xarizmatik ta’sirda bajaruvchining fikricha, uning lider bilan umumiyligi ko‘p. Xarizmatik shaxslaming xususiyatlari: energiya almashinuvi; ta’sirchan tashqi ko‘rinish; xarakterining mustaqilligi; yaxshi nutq so‘zlash qobiliyatlari; o‘z shaxsi bilan boshqalarni qoyil qoldirish idroki; o‘zini tuta bilishning munosib va ishonchli odati; qonuniy hokimiyat.
Ta’sir e/zsAning eng yaxshi usullaridan biri bu ishontirishdir, ya’ni o‘z fikrini samarali yetkazishdir. Aqliy ishonish kabi, ishontirish ham ekspertli hokimiyatga asoslangan. Orasidagi farq shundaki, bajaruvchi nimani va nima uchun qilayotganini aniq tushunadi. Ishontirish yo‘li bilan ta’sir etuvchi rahbar xodimga nima qilishi kerakligini aytmaydi, balki nima qilish kerakligini, bajaruvchiga «sotadi».
Ishontirish orqali ta’sir etish bir qancha omillarga bog‘liq. Rahbar to‘la ishontirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Uning dalillari tinglovchilarning intelektual darajasini hisobga olishi lozim: u juda ham qiyin yoki juda ham oddiy bo‘lmasligi kerak. Rahbaming qo‘ygan maqsadi xodimlarning qadriyatlar tizimiga teskari bo'lmasligi kerak.
Agar rahbaming xarakteri va xatti-harakati xodimlarga ma’qul bo‘lsa, bu undan ham yaxshi bo‘lardi. Biron nimani «sotishwga bo‘lgan dalillar va urinishlar bekor bo‘lishi, faqatgina shu uchunki, potensial xaridorga sotuvchining aynan tovar yoki xizmati emas, balki shaxsi yoqmaydi.
Ishontirish orqali ta’sir etish bir marta ishlashi mumkin. Ishontirish usulini yoqtiradigan rahbar biror xodimga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, u hammasini boshidan boshlashi kerak. Bu esa ishontirish jarayonida ketadigan vaqtni ko‘paytiradi. Ishontirish orqali ta’sir ko‘rsatishning ustunligi shundan iboratki, xodimni nazorat qilish shart emas, balki u belgilangan minimumdan ortig'ini bajarishga harakat qiladi, chunki u shu orqali o‘z ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Agar xodim buyruq orqali majburiy ishlatilsa, u kerakli minimumni bajaradi, xolos. Ishlirok orqali ta’sir ko‘rsatish ishontirishdan ham samaraii hisoblanadi. Rahbar bajaruvchiga maqsadni tushuntirishga ko‘p kuch sarflamaydi, bunda rahbar shunchaki bajaruvchining intilishlarini yo‘naltiradi va bu bilan erkin axborot almashuviga ko‘maklashadi. Boshqaruvda ishtirok har qanday vaziyatda ham to‘g‘ri kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |