Raqobatlashgan bozor muvozanati
Yuqorida ko`rgan edikki, raqobatlashgan bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarning ortiqchaliklari o`zining maksimal qiymatiga erishadi. Monopol raqobatlashgan bozorning samarali yoki samarasiz ekanligini tahlil qilish uchun raqobatlashgan va Monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlarini taqqoslaymiz. Raqobatlashgan va Monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari 3-rasmda keltirilgan.
б)
a)
3-rasm. Raqobatlashgan (a) va Monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari.
Bu ikki bozor o`rtasidagi farqlarni quyidagilarda ko`rish mumkin:
1. Raqobatlashgan bozorda bo`lsa, Monopol raqobatlashgan bozordagi narx chekli harajatdan yuqori , demak, iste’molchi qo`shimcha bir birlik mahsulot uchun to`laydigan narx, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish harajatidan yuqori. Agar ishlab chiqarish hajmi dan miqdorgacha oshirilganda ( chizig`i bilan talab chizig`i kesishgan nuqta) iste’molchi va ishlab chiqaruvchining umumiy ortiqchaligi shtrixlangan maydon miqdoriga teng miqdorda oshgan bo`lar edi (3-b -rasm). Buning sababi, yuqorida ko`rganimizdek, Monopol hokimiyatning sof yo`qotishlarga olib kelishidir, Monopol raqobatlashgan bozordagi korxonalar ham nisbatan Monopol hokimiyatga ega.
Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat nuqtada (3-a -rasm) erishilsa, Monopol raqobatlashgan bozorda nuqtada (3-b -rasm) erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizig`i gorizontal bo`lib, firmaning foydasini nolga teng bo`lish nuqtasi o`rtacha harajatning minimal qiymatiga to`g`ri keladi. Monopol raqobatlashgan bozorda talab chizig`i pastga tomon yotiq bo`ladi, shuning uchun ham firma foydasining nolga teng nuqtasi o`rtacha harajatning minimal nuqtasidan chaproq tomonga siljigan bo`ladi va firma miqdorga teng rezerv quvvatga ega bo`ladi. Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, o`rtacha harajatlarni ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining turmush darajasini pasaytiradi. Demak, Monopol raqobatlashgan bozor samarasiz hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga Monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari to`g`risida ham gapirish mumkin.
Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning Monopol hokimiyati katta emas. Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini o`rnini bosadi va shuning uchun ham alohida firma yuqori Monopol hokimiyatga ega bo`la olmaydi. Demak, aytish mumkinki, Monopol hokimiyatdan ko`radigan sof yo`qotishlar ham uncha katta bo`lmaydi. Talab chizig`ining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, Monopol raqobatlashgan bozor tovarlar assortimentini kengaytiradi. Bu o`z navbatida iste’molchilarga raqobatlashgan tovarlar bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |