Qisqacha xulosalar
Monopolistik raqobat bu o`zidan nomidan kelib chiqqanda to`g`ri tushuncha: Bu Monopoliya va raqobatni birlashuvi. Monopoliyaga o`hshab xar bir Monopolistik raqobatchi firma pasayuvchi talab chizig`iga ega bo`ladi va narx chekli harajatdan baland. Mukammal raqobatlashgan bozor singari firmalar soni ko`p, bozorga kirish va chiqishning erkinligi har bir Monopolistik raqobatchi foydalarini nolga yo`naltiradi. 1-jadvalda shbu darslar jamlangan.
Chunki, Monopolistik raqobatchi firmalar turli hildagi maxsulotlar ishlab chiqaradi, hamda firma o`zini mahsulotlariga iste’molchini jalb qilish uchun reklama beradi. Ma’lum miqiyosda, reklama iste’molchilar didiga ta’sir qiladi,tovarning ma’lum turiga moyillik tug`diradi va raqobatni saqlaydi.Birgina reklamaning o`zi iste’molchilarga tovar to`g`risida ma’lumot beradi, markalarini sifatiga kafolat bergan savdofirmalarini aniqlab beradi va raqobatni kuchaytiradi.
Monopolistik raqobat nazariyasi iqtisodiyotda ko`plab bozorlarini tasvirlab beradi. Buning achinarli tomoni, nazariya davlat siyosati ucun oddiy va muxim bo`lgan maslahatni bera olmaydi. Iqtisodchi- nazariyachi ilmi nuqtai nazaridan Monopolistik raqobatlashgan bozordagi resurslar taqsimoti mukammal emas. Lekin iqtisodchi- amaliyotchi ilmi nuqtai nazaridan uni yaxshilash uchun ozmuncha ishlar qilib yuborish mumkin.
Monopolistik raqobatlashgan bozor uch xususiyati bo`yicha tafsiflanadi:
Firmalarning ko`pligi, turli hildagi maxsulotlar ishlab chiqaradi va bozorga erkin kiriadi.
Monopolistik raqobatlashgan bozordagi muvozanat mukammall raqobatlashgan bozornikidan ikki o`zaro bog`liq holatlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, monopolistik raqobatlashgan bozorning har bir firmasida ortiqcha ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Bu esa o`rtacha umumiy harajat egri chizig`ini kamayayotgan qismida bo`ladi. Ikkinchidan har bir firma narxni chekli harajatdan baland qo`yadi.
Monopolistik raqobat mukammall raqobatning barcha xususiyatlariga ega emas.
Monopoliyaning standart qaytarilmas yo`qotishlari mavjud bo`lib,bunda narx chekli harajatdan baland bo`lishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari firmalar soni (va shu o`rindai maxsulotlarning xilma xilligining) o`ta ko`p yoki o`ta kam bo`lishi mumkin.
Monopolistik raqobat bozoriga maxsulotlarning xilma-xilligi xos, reklama qilish va firma nomlaridan foydalanishga olib keladi. Tanqid qiluvchilar reklama va savdo markalarini firmalar iste’molchilar didlarini o`zgartirish va raqobatni pasaytirish uchun ishlatishadi deb uqtiradilar. Reklamani va savdo belgilarini yoqlovchilar firmalar ularni iste’molchilarga ma’lumot berish, narx va sifat bilan raqobatlashish uchun foydalanishadi deyishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |