Sayfi Saroyining zamondosh shoirlariga she’riy javoblari. Sayfi Saroyi o‘z zamondoshlaridan Mavlono Qozi Muhsin, Mavlono Ishoq , Mavlono Imod Mavlaviy, Ahmad Xoja as-Saroyi, Abdul Majid, To‘g‘li Xoja, Hasan o‘g‘li, Xorazmiy kabi shoirlarning she’rlariga bir vaznda va bir xil qofiyada javob aytgan shoirdir.
Sayfi Saroyining bizgacha etib kelgan lirik she’rlari miqdor jihatidan oz bo‘lsa-da, mavzu qamrovi keng: goh odamiylik va inson qadr qimmati, goh samimiy ishq-muhabbat, goh oliyjanob insoniy tuyg‘ular shoir she’rlarining asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |