Xii jadval qonunlari



Download 24,45 Kb.
bet8/11
Sana27.01.2022
Hajmi24,45 Kb.
#413813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XII jadval qonunlari

VIII jadval
(jinoyat va jazo haqida)
1. a) Kimki ahmoqona qo‘shiq kuylasa. b) (Sitseron. Davlat to‘g‘risida, IV. 10. 12: XII jadval jinoiy ishlarning bir nechtasiga o‘lim jazosini o‘rnatdi, shu jumladan, kimdir boshqa odamni sharmanda va tuhmat qiluvchi qo‘shiq yaratsa (aytib yursa) unga nisbatan ham ushbu jazoni qo‘llash zarur hisoblangan).
2. Agar zarar keltirsa va jabrlanuvchi bilan yarashib olmasa, o‘ziga ham xuddi shunday zarar yetkazilsin.
3. Agar qo‘l yoki tayoq bilan ozod odamning suyagini sindirsa 300 ass, qul bo‘lsa 150 ass jarima to‘lasin.
4. Agar ozor yetkazsa jarima 25 ass.
5. Sindirsa, o‘rnini tiklasin.
6. (Ulpian. I. pr. D. IX. 1: Agar kimdir uy hayvoniga zarar keltirgani haqida arz qilsa, unda XII jadval qonuni jabrlanuvchiga bu hayvonni berishni yoki zararni qoplashni buyuradi).
7. (Ulpian. I. 14. 3. D. XIX. 5: Agar yong‘oqlar sening daraxtingdan mening uchastkamga tushsa, va men mollarimni ular bilan boqsam, unda XII jadval qonunlari bo‘yicha sen na hosilni yeb qo‘ydi deb, na hayvon keltirgan zarar haqida, na noqonuniy harakatlar keltirgan zararlar haqida da’vo qila olasan, chunki mol sening uchastkangda boqilmadi).
8. a) Kimki ekilgan ekinlarni buzsa unga nisbatan jazo qo‘llansin. b) O‘zganing xosilini o‘zining uchastkasiga o‘tkazib olmasin.
9. (Pliniy. Tabiiy tarix, 18.3.12: XII jadval bo‘yicha omoch bilan ishlov berilgan maydonda kechki payt hosilni yig‘ib olish yoki uni yem qilish qabih gunoh hisoblangan. XII jadval Serfe xudosiga yo‘liqqanlarga o‘lim jazosini tayinlagan. Bunday jinoyatda aybdor voyaga yetmagan bo‘lsa, pretorning qarori bilan kaltaklanar yoki keltirilgan zararni ikki barobar qoplashga buyurilar edi).
10. (Gay. I. 9. D. XLVIIG‘ 9: XII jadval qonunlari imoratlarni yoki uy yaqiniga joylashtirilgan non skirdalarini yondirib yuborganni, agar u buni qasddan qilgan bo‘lsa kishanlashni, kaltaklaganidan so‘ng o‘limga mahkum etishni buyurar edi. Agar yong‘in bexosdan, ya’ni ehtiyotsizlikdan sodir bo‘lgan bo‘lsa, u holda qonun aybdor zararni qoplashi, agar bunga qodir bo‘lmasa yengilroq jazo tayin-lashga buyurgan).
11. (Pliniy. Tabiiy tarix, 17. 1. 7: XII jadval qonunlarida begonaning qasddan kesilgan har bir daraxti uchun 25 assdan to‘lashi ko‘rsatilgan).
12. Agar kimki o‘g‘rilik qilgan joyida o‘ldirilsa, u holda uning o‘limi qonuniy deb hisoblanadi.
13. Agar kunduzi qo‘lida quroli bilan qarshilik ko‘rsatsa, xalqni chaqir.
14. (Avl Geliy. Antik kechalar, XI. 18.8: Detsemvirlar o‘g‘rilikda ashyoviy dalillar bilan ushlangan ozod insonlarga tan jarohati berishni va jabrlanuvchiga boshi bilan javob berilishini, qul bo‘lsa qamchi bilan jazolashni va qoyadan tashlab yuborishni. Lekin voyaga yetmaganlarga nisbatan quyidagilar o‘rnatilgan: pretorning irodasi bilan tan jazosi berish yoki zarar undirish).
15. a) (Gay. Institutsiyalar, III. 191: XII jadval qonunini bo‘yicha agar yo‘qolgan narsa kimningdir uyidan fortal tintuv paytida topilsa, shu narsa qiymatining uch barobarida jarima tayinlangan).
b) (Gay. Institutsiyalar, III. 192: XII jadval qonuni tintuv olib boruvchi tintuv paytida sochiqli bog‘ichdan boshqa hech qanday kiyimda bo‘lmasligini va qo‘lida tova ushlab turishni belgilagan.
16. Agar o‘g‘rilik haqida da’vo keltirilsa, va bunda o‘g‘ri joyida dalillar bilan ushlangan bo‘lmasa, sud tortishuvini narsaning ikki hissa narxini belgilash bilan hal qilsin.
17. (Gay. Institutsiyalar, II. 45: XII jadval qonuni o‘g‘irlangan narsaning qadimiyligini hisobga olib sotib olishni taqiqlaydi).
18. a) (Tatsit. Annalar, VI. 16: XII jadval qonuni bilan birinchi marotaba qaror qilindi: bungacha boylar xohishi bo‘yicha olingan bo‘lsa-da, endi hech kim oyiga 1 foizdan ortiq olishi mumkin emas). b) (Katon. Dehqonchilik haqida, kirish 1: Ajdodlarimizning xususiyatlaridan biri o‘g‘rilarni o‘g‘irlagan narsasini ikki barobar qoplashga, sudxo‘rni esa olgan foizlarning to‘rt barobari miqdorida undirishni qonunlarga kiritishdi).
19. (Pavel. Libri V Sentiarum, II. 12. 11: XII jadval qonuni bo‘yicha saqlash uchun topshirilgan narsa uchun uning qiymatining ikki hissasi miqdorida da’vo beriladi). 20. (Tribonian. I. 1. 55. D. XXVI. 7: Homiylar tomonidan homiyligi ostidagining mulki talon-taroj qilinganda, bu homiylarning har biri uchun XII jadvallarda homiylarga qarshi o‘rnatilgan ikki karra hajmdan da’voni ilgari sursa bo‘ladimi, aniqlash kerak).
21. O‘z mijoziga zarar keltirgan patron yer osti xudolariga topshirilsin (ya’ni, badnom qilinsin).
22. Agarda kimdir guvoh yoki tarozibon sifatida bitimda ishtirok etsa va keyinchalik guvohlik berishdan bosh tortsa, u lafzsiz deb tan olinadi va guvoh bo‘lish huquqidan mahrum bo‘ladi.
23. (Avl Geliy. Antik kechalar, XX. 1. 53: XII jadval qonuni bo‘yicha yolg‘on guvohlikda ushlangan Parpey qoyasidan tashlangan).
24. a) Agarda qo‘l bilan otilgan nayza belgilangan joydan uzoqqa borib tushsa (qo‘yni) qurbonlik qilish lozim. b) (Pliniy. Tabiiy tarix, XVIII. 3. 12. 8—9: XII jadval qonuni bo‘yicha hosilni yashirin nobud qilganlik uchun odam o‘ldirgandan ko‘ra og‘irroq o‘lim jazosi tayinlanar edi).
25. (Gay. 1. 236 pr. D. L. 16: Agarda kimdir zahar to‘g‘risida gapirayotgan bo‘lsa, insonning sog‘lig‘i uchun uning foydali va zararli xususiyatlarini ochib bersin. Axir dori ham zahar hisoblanadi).
26. (Porsiy. Lampo. Decl. 1m Catil., 19: XII jadval qonunida hech kim shaharda kechki yig‘ilishlarni o‘tkazmasligi ko‘rsatilgan).
27. (Gay. I. 4. D. XLVII, 22: XII jadval qonuni jamoalar, hamjamiyatlar a’zolariga o‘zaro istalgan kelishuvlar tuzish huquqini berar edi. Bunda ular jamoat tartibiga tegishli biror bir qaror buzishmasa, bu qonun ko‘rinishi Salon qonunchiligidan o‘zlashtirilgan).

Download 24,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish