Xidirov xojakbar ravshanivich abtotransportlardan ajralib chiqadigan tashlanmalarning atrof muhitga ta



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana30.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#88583
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
avtotransportlardan ajralib chiqadigan tashlanmalarning atrof-muhitga tasirini baholash.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.1.1- rasm. Samarqand shaxrida  aftomabillar xarakati. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

37 


A)  -  avtomobil  tezligiga  bog‗liq  atrof  muhitga  ajratmalar  miqdori;  B)  - 

avtomobilning  yo‗l  qoplamasi  tekisligi  darajasi  bilan  bog‗liq  mumkin  bo‗lgan 

tezligi;  V)  —  yo‗l  qoplamasi  tekisligiga  bog‗lik  atrof  muhitga  ajratmalar 

miqdori[28]. 

Yo‗l  qoplamasining  mumkin  bo‗lgan  tekisligining  turli  darajalarida  aykdan 

foydalanish  paytidagi  kechadigan  jarayonlarda  chiqadigan  gazning  raqamli 

qiymatlarini  olish  uchun  variatsion  masalalar  tuzildi.  Inventarizatsiya  va 

monitoring  tarkibi  va  strategiyasini  ishlab  chiqish  uchun  maqsadli  tamoyildan 

foydalanildi. Mazkur tamoyil bosh maqsad funksionalini ifodalash va uni keyingi 

maqsadli  kichik  funksionallarga  differensiatsiyalash  va  aniq  vazifa  bo‗yicha 

detallashtirishdan iborat. 

Asosiy  maqsadli  funksional  mazmunan  inventarizatsiya  va  monitoring  tizimi 

(imt)ning  bosh  maqsadini  ifodalashdan  iborat.  imtning  bosh  maqsadi  zararli 

moddalarni  inventarizatsiya  va  monitoring  qilish  bo‗yicha  hamda  yo‗llarning 

yomon  holati  tufayli  ajratmalarning  ortishini  oldini  olishning  yuqori  yakuniy 

natijalarga  erishishning  eng  samarali  yo‗llarining  ratsional  strategiyasini  ishlab 

chiqish va amalga oshirish imkoniyatini beradigan ta‘sirchan mexanizmini tashkil 

etishdan iborat. Imtning yiriklashtirilgan strukturasi  

funksional  yopiq 

doyra  ko‗rinishida  2-

rasmda berilgan.  

NT 


(normativ 

ta‘minot) 

kichik 

tizimining 

asosiy 

maqsad 


1-nazorat  qilinayotgan  parametrlar  bo‗yicha  inventarizatsiya  va  monitoring 

tizimini normativ ta‘minoti. 

AYT  (avtoyo‗llarni  tekshirish)  kichik  tizimining  asosiy  maqsadi  –

avtoyo‗llarning  atrof  muxitga  ta‘siri  zonasidagi  ekologik  vaziyat  xaqida  o‗z 

vaqtida axborot berishni ta‘minlash[40]. 



 

38 


AU  (axborot  uzatish)  kichik  tizimining  asosiy  maqsadi  -  qayd  etuvchi 

tashkilotlarga issiqhona va boshqa gazlarning miqdori xaqidagi axborotni uzatish, 

shuningdek,  avtoyo‗llarni  boshqaruvchi  tashkilotlarga  yo‗l  qoplamasining 

qoniqarsiz  holati  tufayli  zararli  ajratmalar  miqdorining  oshganligi  xaqidagi 

axborotni uzatish hamda ulardan buzilishlarni bartaraf etish muddatlari va usullari 

haqidagi axborotni olish. 

Issiqhona  gazlarining  monitoringi  va  inventarizatsiyalashning  normativ 

bazasini  ishlab  chiqish  masalani  batafsilroq  ko‗rib  chiqamiz.  Monitoring  utkazish 

uchun  normativ  baza  -  bu  O‗zbekistan  Respublikasida  qabul  qilingan  yo‗l 

tekisligini  baholash  tizimidir.  Agar  mazkur  xujjat  bo‗yicha  koplama  tekisligi 

qoniqarli  deb  baholansa,  unda  gaz  ajratmalari  miqdori  xam  qoniqarli  deb  tan 

olinishi kerak. Inventarizatsiya o‗tkazishning normativ bazasini yaratish masalasini 

hal etish uchun quyidagi tartib taklif etildi: 

1. Ta‘mirlashning  turli  usullari  qo‗llanilgandagi  yo‗l  harakati  jadalligining 

o‗zgarishi  sharoitida  yo‗ldan  foydalanish  davridagi  yo‗l  qoplamasi  xolatining 

o‗zgarishini o‗rganish, 

2. Yo‗l  qoplamasi  tekisligiga  bog‗lik  ravishda  transport  oqimining  holatini 

o‗rganish  (tezlik  va  tezlikka  bog‗liq  ravishda  transport  oqimi  ajratmalari 

miqdoridagi o‗zgarish). 

3. Yo‗l  qoplamasi  tekisligi  va  harakat  tezligiga  qarab  ATVning  TN  va 

ta‘mirlanishi chastotasini aniqlash. 

AYKdan foydalanish bilan bog‗lik barcha jarayonlardan chiqadigan gazlar miqdori 

tug‗risidagi  ma‘lumotlar  asosida  va  yo‗l  qoplamasi  tekisligi  darajasiga  qarab 

ajratmalar 

miqdorining 

o‗zgarishi 

koeffitsientlarini 

aniqlab 


moddalar 

inventarizatsiyasini o‗tkazish.  

Bitiruv  malaka  ishining  ««Yo‗l-avtomobil»  tizimi  chiqariladigan  zararli  gazlarini 

raqamli  eksperiment  usuli  asosida  o‗rganish»  deb  nomlangan  uchinchi  bobida 

«yo‗l-avtomobil»  tizimi  chiqaradigan  zararli  gazlarni  kompyuter  (rakamli) 

eksperiment yordamida o‗tkazilgan tadqiqot bayon etilgan[42]. 




 

39 


Kompyuter eksperimentini amalga oshirish uchun adabiyot manbalaridan model va 

shartlar tanlab olindi. 

A. Yo‗llar uchun: Tekislik darajasining kamayishini prognozlash modeli 

IRI(t) = IRI

0

 ■ exr(bt)  



Bunda  IRI(t)  -  qoplamaning  xizmat  vakti  t  (yil  xisobida)  bo‗lganda  prognoz 

qilinayotgan tekisligi; IRIo - t

0

 sharoitida boshlangich vaqtdagi tekislikning urtacha 



qiymati;    b-  iklim  sharoiti  va  yo‗l  qoplamasiga  bog‗lik  model  parametri. 

O‗zbekistan  yo‗llari  uchun  ‗  qiymati  yo‗l  kategoriyasi  va  qoplama  turi  bilan 

bog‗liq ravishda 0,041 dan 0,09gacha o‗zgaradi. 

Avtomobil  yo‗llarni  sakdash  bilan  bog‗lik  ta‘mirlash  ishlarini  bajarilishi 

paytidagi gaz ajratmalari mikdori adabiyotda berilgan ma‘lumot buyicha koplama 

maydonining  P(t)  ta‘mirlanishi  kerak  bulgan  kismi  bilan  boglik  ravishda 

hisoblangan 

R(t) = 0,0057t

2

 + 0,059 t + 1,14 



(3) 

Bunda t- yul qoplamasining ishlatilish yillari. 

Joriy 

ta‘mirlash  paytidagi  chiqarilyotgan  gazlarning  mikdori  xam 



ma‘lumotnoma  adabiyot  bo‗yicha  ta‘mirlash  turiga  qarab  (ustki  ishlov  berish, 

termoprofillash,  aloxida  uchastkalarga  yangi  qatlam  asfaltobeton  yotqizish) 

hisoblangan. Ta‘mirlash natijasida yo‗l tekisligining o‗zgarishi modeli (tekislovchi 

effekt) 


IRI

p

 = a + b . I R I



(f) 

Bunda IRI

f

, IRI


n

 - mos ravishda yo‗l qoplamasining amaldagi va ta‘mirlashdan 

keyingi  tekisligi;  a  va    b-yo‗l  ta‘mirlash  ishlarining  turiga  bog‗lik  tenglama 

parametrlari. 

B.  ATV  uchun.  Yo‗l  qoplamasi  tekisligiga  qarab  ATV  tezligini  prognozlash 

modeli 


            V =  V

0

(1- a.-s)m



0

-v (5)  


Bunda V - transportning Yo‗l qoplamasi tekisligiga bog‗liklikdagi o‗rtacha harakat 

tezligi;  V

0

 – bo‗ylama  qiyaligi 20  %o dan  ko‗p bo‗lmagan va  tekisligi  30  sm/km 



gacha  bo‗lgan  yo‗l  uchastkasidagi  transport  erkin  xarakatining  o‗rtacha  tezligi, 


 

40 


km/s.  Butun  transport  okimi  uchun  V

0

=72,12  km/ch;  a



S

  -  trasport  okimi  uchun 

tenglama  parametri  a

S

.  =  8,26-10



4

  km/sm;  m

0

  -  ob-xavo  sharoiti  tufayli  tezlik 



kamayishiga  tuzatish  koeffitsienta.  O‗zbekiston  uchun  m„  =0,91...0,95;  s  -  turtki 

ulchagichi  ko‗rsatkichi,  sm/km;  A V —   xarakat  jadalligining  N   transport  oqimi 

tezligiga ta‘sirini hisob kilish uchun tuzatish[29]. 

ATVning  tezlik  bilan  bog‗liqlikda  chikaradigan  gaz  mikdorini  prognozlash 

modeli 

         

 

Bunda - m—turidagi avtomobilning bosib o‗tgan yo‗li davomida mazkur moddani 



chikarishi, g/kmavt; N. - 1-guruhidagi avtomobillarning sutkalik soni, avt/sut; Kv - 

transport  oqimining  harakat  tezligi  bilan  bog‗liqlikdagi  zararli  moddalarning 

mikdoridagi o‗zgarishlarni hisobga oladigan tuzatish koeffitsienti. 

Turli  tekislikdagi  yo‗llarda  harakat  qilish  paytida  ATV  resursidan  foydalanish 

koeffitsientini va ATVga tehnik hizmat ko‗rsatish va ta‘mirlanishi paytidagi gaz 

ajratmalari miqdori to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni hisobga olib, gaz ajratmalarining 

texnik  xizmati  ko‗rsatish  va  ta‘mirlash  paytidagi  yo‗l  qoplamasining  tekisligi 

darajasi bilan bog‗liqligini taxminan aniqlash mumkin. 

SHunday  qilib,  tilga  olingan  barcha  bog‗liqliklarga  ega  bo‗lib,  yo‗l  qoplamasi 

tekisligining  istalgan  darajasidagi  zararli  ajratmalarning  miqdorini  aniqlash 

mumkin va bu quyidagi imkoniyatlarni beradi: 

1)  Yo‗l  tekisligi  monitoringi  natijalari  bo‗yicha  muayyan  regiondagi  ekologik 

vaziyatni  baholash;  bunda  «beshikastlik  mezoni»  sifatida  «qonikarli»  va  undan 

yuqori  baxolangan  yuql  qoplamasi  tekisligi  darajasini  qabul  qilish  kerak.  Yo‗l 

tekisligi  qoniqarsiz  bo‗lgan  taqdirda  ajratmalarning  oshganligi  haqida  gapirish 

mumkin. 


2)  Yo‗llarni  loyihalashtirish  va  ishlatishda  ekologiya  nuqtai  nazaridan  optimal 

tekislikni tavsiya etish. 

Biroq  gaz  chiqarilishini  minimallashtirish  nuqtai  nazaridan  tekislik  darajasini 

tanlashda  huddi  shunday  qoplama  tekisligi  bilan  bog‗lik  quyidagi  omillarni 




 

41 


hisobga olish kerak: a) magistral atrofidagi maydonda shovqin ko‗payishi; b) YTH, 

sodir bo‗lishi havfi. Tilga olingan omillar 6-bobda batafsilroq ko‗rib chiqilgan. 

Atmosferaga  chiqariladigan  zararli  gazlarning  miqdorini  aniqlash  modellari  va 

usullari  tanlangandan  keyin  eksperimentning  boshlangich  ma‘lumotlar  belgilab 

olindi. 

Eksperiment  ustki  yo‗l  qoplamasi  kapital  turda  bo‗lgan  yo‗llar  uchun  9 

bosqichni  va  engillashtirilgan  turdagi  yo‗llar  uchun  5  bosqichni  o‗z  ichiga  oladi. 

Xar  bir  bosqich  uchun  turlicha  harakat  jadalligi  to‗g‗ri  keladi.  Xar  bir  boskichda 

mumkin  bulgan  yul  koplamasi  tekisligining  4-6  varianta  mavjud.  Yo‗llarni  joriy 

ta‘mirlashning  3  varianta  ko‗rib  chiqildi:  1)  sirtki  ishlov  berish;  2) 

termoprofilillash; 3) asfaltobetonning yangi qatlamini yotqizish. Kapital qoplamali 

yo‗lning  xizmat  qilish  davri  18  yil  deb  qabul  kilingan,  engillashtirilgan  qoplama 

bilan - 12 yil. 

Boshlang‗ich ma‘lumotlar: 

1. Yql  qurilgandan  keyingi  boshlangich  tekislik  sifatida  IRI=3m/km  qabul 

qilingan. 

2. Yo‗ldan foydalanish paytidagi ruxsat etiladigan tekislik darajasi 3,5 IRI dan 

boshlab qabul qilingan. 

3. Harakat jadalligi: ustki qoplamasi kapital va engillashtirilgan turdagi qoplamali 

yo‗llar uchun tegishlicha 1000...10000 avt/sut va 500...4400 avt/sut. 

4. Jadallikning usishi kursatkichi: q=1,04. 

5. Oqim tarkibi: 

avtomobil  turiga  qarab  —  50%  yuk  tashuvchi  va  50%  engil  avtomobil.  YOnilg‗i 

turi  buyicha  har  bir  guruh,  benzinda,  dizel  yonilg‗ida,  gazda  yuradiganlarga 

bulinadi. 

avtomobil ekologik sinfiga qarab - 50% avtomobil evro-0 ekologik sinfi, 50% 

- evro-3 va undan yuqori bo‗lganlari. 

Eksperiment quyidagi tartibda o‗tkazildi: 

1. Tenglama  (2)  bo‗yicha  joriy  ta‘mirlash  o‗tkazmasdan  foydalanish  yillari 

bo‗yicha qoplamaning tekisligi darajasi aniqlanadi. 




 

42 


2.Tekislikning yo‗l quyiladigan darajasi variantlari belgilanadi. 

3.Yo‗l  qoplamasi  tekisligi  darajasi  yo‗l  quyiladigan  darajadan  osha 

boshlaganda joriy ta‘mirlash tayinlanadi. 

4. Tenglama  (4)  bo‗yicha  ta‘mirlashdan  keyingi  tekislik  darajasi  aniqlanadi, 

shuningdek ta‘mirlashdan keyingi yillar bo‗yicha uning darajalari aniqlanadi. 

5. Tekislik  egri  chizig‗i  qayta  yo‗l  quyiladigan  darajaga  etganda,  navbatdagi 

joriy  ta‘mirlash  tayinlanadi va  shu  tarzda yo‗ldan  foydalanish muddati  tugagunga 

qadar  davom  etadi.  Bu  ish  yo‗l  quyiladigan  yo‗l  tekisligining  har  bir  darajasida 

takrorlanadi. 

6.  Sutkalik  xarakat  jadalligining  o‗rtacha  yillik  darajasi  aniqlanadi  va  qabul 

qilingan  boshlang‗ich  ma‘lumotlarga  muvofiq  tarzda  avtomobil  turlari  bo‗yicha 

taqsimlanadi. 

7. Yo‗l  qoplamasining  foydalanilgan  yillari  bo‗yicha  quyidagilar  aniklanadi:  a) 

tenglama (5) bo‗yicha transport oqimining xarakat tezligi; b) fo‗rmula (6) bo‗yicha 

ATVning  xar  bir  turi  uchun  ajratma  gazlarning  tarkibidagi  xar  bir  moddaning 

miqdori;  v)  transport  oqimidagi  ATVning  xar  bir  turi  uchun  ishlatilgan  yonilg‗i 

miqdori, 

shuningdek, 

yonilg‗ining  olingan  xajmi  ishlatilganda  zararli 

ajratmalarning  miqdori;  g)  xar  bir  turdagi  ATVga  texnik  xizmat  ko‗rsatish  va 

uning  ta‘mirlanishi  paytida  atmosferaga  chiqariladigan  zararli  moddalar  miqdori; 

d)  avtomobillarni  ta‘mirlash-tiklash  extiyojlari  uchun  zarur  bo‗lgan  konstruksiey 

va  ekspluatatsiey  materiallar  miqdori  va  ushbu  materiallarni  ishlab  chiqarish 

paytidagi zararli ajratmalarning miqdori; 

8. Formula  (3)  yordamida  yo‗llardan  foydalanishning  xar  bir  yili  (xar  bir 

bosqichi) uchun yo‗llarga qarashga oid ta‘mirlanadigan yo‗l maydoni aniqlanadi; 

9. Yo‗l-qurilish  mashinalari  ishining  unumdorligiga  qarab,  ularning  kerak  bo‗lgan 

ishlash  vakti  (davomiyligi)  va  shunga  muvofik  yonilg‗i  sarfi,  shuningdek  zararli 

moddalarning chiqarilishi aniqlanadi; 

10.YUllarni  joriy  ta‘mirlashda  sarflanadigan  yonilgi  miqdori  va  shunga 

muofiqzararli moddalarning chiqarilishini aniqlash. 



 

43 


11  Yo‗llarni  saqlash  bilan  bog‗lik  ta‘mirlash  ishlarini  bajarish,  shuningdek, 

yo‗llarni  joriy  ta‘mirlash  uchun  materiallar  sarfi  hamda  shunga  muvofiq 

chiqariladigan zararli moddalar miqdori aniklanadi. 

Xar  bir  bosqichda  xar  bir  variant  uchun  yo‗ldan  foydalanish  davridagi  jami 

hamda  atmosferaga  chariladigan  har  bir  zararli  moddaning  o‗rtacha  yillik 

miqdori  quyidagi  holat  va  sharoitlar  bo‗yicha  aniqlandi:  avtomobillar 

xarakatlanishi  paytida;  ATVga  texnik  xizmat  ko‗rsatish  va  ularni  ta‘mirlash 

paytida;  ATVning  xarakatlanishi  uchun  yonilgi  xamda  ATVga  texnik  xizmat 

ko‗rsatish  va  ularni  ta‘mirlash  uchun  materiallarni  ishlab  chiqarilishida; 

yo‗llarni saqlash bilan bog‗lik va joriy ta‘mirlash ishlari paytida; yo‗l-qurilish 

mashinalari  uchun  zarur  yonilg‗ini  va  yo‗llarni  ta‘mirlash  ishlarini  bajarish 

uchun zarur materiallarni ishlab chiqarishda[29]. 

Zararli  ajratmalar qatoriga C0

2

,  CN4,  CO,  N30, 80



2

,  S


x

Nu,  N0,  qattiq zarrachalar 

kiritilgan.  Barcha  ajratmalar  quyidagi  guruhlarga  bo‗lingan:  1)  issiqhona  gazlari; 

2) yo‗l atrofi zonasiga chiqarilgan ajratmalar; 3) lokal ifloslanishlar. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

44 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish