XII asr oxiri va XIII asr boshlarida mo’g’ullarning ijtimoiy tuzumi va xo’jalik hayoti.
Ijtimoiy rivojlanish jihatidan mo’g’ul qabilalari ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichidan endi chiqa boshlagan edilar. Bu qabilalarning dini shamanizm edi. Chorvador qabilalar bo’lgan tatar, karent, nayman va boshqalarning asosiy boyligi qoramollar va yilqi edi. Tuyalar kam bo’lib, u ham faqat naymanlarda bo’lgan. Otlar ko’chmanchi mo’g’ul qabilalari hayotida muhim o’rin egallagan. Xitoy tarixchisi Men Xunning yozishicha:’’Tatarlar egar va ot ustida tug’iladilar va katta bo’ladilar. Ular o’z-o’zidan jang qilishga o’rganishadi, sababi, ularning yil boyi umri ovda o’tadi’’.
Mo’g’ullarning harbiy istilochilik yurishlari.
1204 yilda Temuchin tomonidan mag‘lubiyatga uchratilgan nayman qabilalari xukmdori Kuchlukxon Irtish daryosi vodiysiga borib, merkitlar xoni To‘xtabek bilan birlashdi. Biroq 1205 yilda u joyda mo‘g‘ullar tomonidan yana tor-mor etiladi. Tug‘lukxon naymanlarni omon qolgan qismi bilan Chu daryosi vodiysiga chekinib boradi, u mahalliy turkiy qabilalar va qoraxitoylar bilan uzoq davom etgan kurash oqibatida Sharqiy Turkiston va Janubiy Yettisuv xududida o‘rnashib qoladi. Biroq, 1218 yilda mo‘g‘ullarning Jebe noyon boshchiligidagi ulkan sonli qo‘shini Kuchlukxonning otryadlarini tor-mor etadi. Natijada Chingizxon, O‘rta Osiyo va Eronning katta qismini o‘z ichiga olgan Xorazmshoxlar davlati bilan chegaradosh bo‘lib qoladi. 1211 yil va 1234 yillar o‘rtasida mo‘g‘ullar chjurchjen va tang‘utlar davlatini yo‘q qilib, Shimoliy Xitoyni bosib oldi, ya’ni Szin imperiyasining katta qismi egallandi. Xorazmshoh Muxammad II (1200 - 1220) o‘z elchilarini Chingizxon xuzuriga jo‘natdi. Mazkur diplomatik missiya(tashrif)ning asosiy maqsadi mo‘g‘ullarning qurolli kuchlari va kelgusidagi harbiy rejalari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish bo‘lgan. Xorazmlik vakillarni Chingizxon hayrihohlik bilan, lutfan kutib oldi va musulmon Sharqi bilan qizg‘in savdo aloqalarini o‘rnatishga umid bildirdi. U elchilarga, sulton Muxammadni g‘arbni xukmdori, o‘zini esa sharqni xokimi deb hisoblashini, yetkazishlarini buyurdi. Buning ortidan Xorazmshohlar davlatining poytaxti – Urganchga o‘z elchilarini yubordi. Chingizxon o‘z elchilari orqali ikki buyuk davlatlar o‘rtasida tinchlik va savdo ahdnomasi tuzishni taklif qildi. 1218 yilda mo‘g‘ullar O‘rta Osiyoga juda ko‘plab qimmatbaho mollar va sovg‘alar ortilgan yirik savdo karvonini jo‘natishdi. Biroq chegaradagi O‘tror shahriga yetib kelgach, karvon talon – taroj qilindi, odamlari esa o‘ldirib yuborildi. Bu esa mo‘g‘ul qo‘shinining ulkan harbiy yurishini tashkil etish uchun qulay bahona bo‘ldi. 1219 yilning kuzida Chingizxon Xorazmshoh Muxammadga qarshi urush xarakatlarini boshladi. Bu paytda Chingizxon lashkarlarining umumiy soni 200 mingga(ba’zi manbalarda 600000 jangchi) yaqin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |