Fransiyaning birlasha boshlashi. General shtatlarning tashkil topishi. XI-XIII asrlarda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
G'arbiy Yevropada tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi Fransiyaning qishloq-xo'jligiga ham ta'sir ko'rsatdi. Yerlar endilikda bir emas, ikki yoki uch juft ho'kiz qo'shilgan o'gir plug bilan yaxshilab haydaladigan bo'ldi. Hosildorlik ancha ko'paydi. Bog'dorchilik, polizchilik, uzumchilik sohasida ancha yutuqlar qo'lga kirtildi. Tavar-pul munosabatlari fransuz qishloqlarini shahar bilan yaqinlashtidi. Qishloq xo'jaligi shaharni nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki hunarmandchilik va sanoatni, savdoni xomashyo tavar (jun, zigir, teri va hokazolar) bilan ta'minlaydigan bo'ldi.
XI-XIII asrlarda Fransiya Janubidagi shaharlarning ko'pchiligi ko'hna Rimjtaliya va Yaqin Sharq (Livant) bilan qizgin savdo-sotiq ishlari olib bordilar.
Bular orasida Marsel, Tuluza, Monpelye, Narbanna alohida ahamiyatga ega. Shimolda va Shimoli-Sharqda Amyen, Suasson, Lan, Sanlis, Bove, Ruan, Reyms, Trua boshqalar. Bu shaharlarda movut va kanop gazlamalari yetishtirilardi, mo'yna ishlanardi, temir, qalay, kumush, emal va boshqalardan turli metall buyumlar tayyolanardi. Shimoli-Sharqda, Shampan yarmarkalarida (Truada, Provenda, Brida, Lanida) yil davomida savdo sotiq ishlari olib borilar edi. Shunday bo'lishiga qaramay Shimoli-Sharqiy savdo rayoni Janubiy shaharlarga nisbatdan hali orqada edi. Shimoli-Sharqiy rayon (Germaniya, Niderlandiya, Shimoliy Italiya bilan qisman ichki ayiraboshlash bilan shugullanar edi. Shu asosda Shimoli-Sharqiy Fransiyaning keng bozoriga asos solindi. Ana shu bozor negizida umumfransuz bozorini tashkil etish mo'ljallangan edi. Tarix atrofida Korollik poytaxtining Sena, Marina, Luare singari buyuk daryo havzasida joylashganligi uni shakllanayotgan milliy, iqtisodiy, til va amdaniy aloqalaming tabiiy markaziga aylantirdi.
Birinchi Kapitinglarning idora qilishi
Fransiyani birinchi Kapitinglar hokimyati ancha zaif edi. (So'ngi korollning Lyudovik Velflar Yalqov o'lgankeyin Graf Robert Zo'rning nasllaridan biri bo'lgan Gugo Kapet nomli kishi 987 yilda zadagonlar va ruhoniylar yigilishi tomonidan Fransiya koroli qilib saylangan edi.Shunday qilib,Fransiyaning yangi dinastiyasi -Kapitinglar dinastiyasi idora qila boshladi.) X-XI asrlarda Fransiya Yevropaning eng tarqoq mamlakatlaridan biri edi. Korolning ta'siri feodal-knyaz ta'siridan nariga o'tmas edi. Kapitinglarni ayrim feodal-knyazlar, ruhoniylar, cherkovlar. Shaharlar qo'llab-quvvatlagani uchun ham ular hokimyatlarini avloddan avlodga o'tkaza oldilar. Korol o'zining Ierosiy domenida - II de Frans gersogligida ozmi-ko'pmi xo'jayin edi. Bu nisbatdan kambar mintaqa bo'lib, Shimoldan Janubga qarab cho'zilib ketgan va ammo ikkita kattagina shaharni Parij bilan arealini o'z ichiga olgan edi, shu bilan birga, bu hududga boshqa mulklar ham siqilib kirgan edi.
Korol dominr (yurti) teritoryasi fransiyadagi ikki muhim daryoning, ya'ni Sana bilan Luara daryosining O'rta oqim bo'ylaridagi yerlarini o'z ichiga olsada, lekin bu daryoning moneaglari, quyi va yuqori oqimlari bo'ylaridagi joylar boshqa feodallarga qarashli edi. Когоl mulkiga (domenini) o'rab olgan feodal knyazliklar:
Flandriya grafligi, Normandiya gersogligi, Bretan gersogligi, G'arbda-Anji grafligi, Akvitanya gersogligi, Overn grafligiva So'ngra Tuluza (Logedik) grafligi, Sharqda-Shampan grafligi va Burgundiya gersogligi bor edi. Bundan tashqari mayda-mayda feodal yerlari ham korolga qarashli edi. Hokimiyatni meros qoldirish maqsadida korol valahdiga o'zi hayot vaqtidayoq toj kiygizish urf - odatini bajarar edi. "Kari Korol" yonida odatda boshqa "yoki "korol" ham korollikni boshqarar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |