Xi sinf ona tili toshkent-2018 tushuntirish xati



Download 328,5 Kb.
bet1/8
Sana20.09.2021
Hajmi328,5 Kb.
#180057
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ona tili 11 dastur



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI


FILOLOGIYA FANLAR BLOK MODULI BO‘YICHA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING O‘QUV DASTURI

(XI SINF)
ONA TILI




Toshkent-2018

TUSHUNTIRISH XATI
Til ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va fikr mahsulini og‘zaki, yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan iborat. Ona tili ta’limi o`quvchilarning Xalqaro baholash dasturi (inglizcha –Programme for International Student Assessment, PISA) doirasida savodxonligini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Ona tili ta’limida “grammatika –fikrning aniq va lo‘nda ifodasi uchun” shiori asos qilib olindi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘z fikrini turli nutqiy vaziyatlarda og‘zaki va yozma tarzda, mustaqil ravishda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan, kitobxonlik madaniyati shakllangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.

Ona tili predmetini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, uslubiyat, nutq madaniyatiga oid tushunchalarni) rivojlantirish; tilning keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11- sinfi uchun o‘quv dasturi yuqorida keltirilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib tuzildi. Ona tili mashg‘ulotlari bosqichli ketma-ketlik, shakl va mazmun aloqadorligi, tilshunoslik bo‘limlarining o‘zaro zich bog‘liqligi asoslarida quriladi.

11-sinfda nutq madaniyati (madaniy nutq va uni shakllantiruvchi sifatlar) yo‘nalishi qamrab olindi.

Ushbu o‘quv dasturida bo‘limlar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondashgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzushda o‘quv dasturida bo‘limlarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur.

Shuningdek, o‘quvchilarning Davlat ta’lim standartini o‘zlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko’ra o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmini 15% gacha o‘zgartirish va metodik kengash yig‘lishida kelishilgan holda maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir.

Mazkur dasturda tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxatidan fan o‘qituvchilari ijodiy yondashgan holda mavzularni kengaytirib o‘qitishda foydalanishlari mumkin.

O‘quv dasturining boshida o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Bu o‘z o‘rnida o‘quv yili boshlanishida pedagoglarning harakat strategiyasini belgilab beradi.

Ona tili fani chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining 11-sinflarda ona tili 2 soat ko‘proq ya’ni jami
102 soat o‘qitiladi. Bunda aynan, shu mavzularni chuqurlashtirib o‘qitish, maktabning o‘quvchilari o‘zlashtirishidan kelib chiqqan holda maktabning metodik kengashida mavzular soatini ko‘paytirish yuzasidan muhokama o‘tkaziladi va pedagogik kengashda tasdiqlab olinadi.


Download 328,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish