№ |
|
lek
|
lek
|
pr
| | Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlanish istiqbollari. |
2
|
|
| | "4.0-ishlab chiqarish" (Industry-4.0) konsepsiyasi. |
2
|
|
| | Biznesni boshqarish (ERP, CRM, BPM) tizimlari. |
2
|
|
2
| | Aqlli dunyo konsepsiyasi. Buyumlar interneti (Internet of Things). |
2
|
|
2
| | Virtual reallik (Virtual Real) va uning о‘ziga xos xususiyatlari. |
2
|
|
2
| | Bulutli hisoblashlar (Cloud computing). |
|
2
|
2
| | Katta ma’lumotlar (Big Data) va ularning asosiy tamoyillari. Grid- texnologiya konsepsiyasi. |
|
2
|
2
|
|
|
10
|
4
|
10
|
6.1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanish istiqbollari.
Zamonaviy axborot texnologiyalar va tizimlar. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlanish istiqbollari. "4.0-ishlab chiqarish" (Industry-4.0) konsepsiyasi. Korxona resurslarini loyihalashtirish (ERP) tizimlari. Aqlli dunyo konsepsiyasi. Buyumlar interneti (Internet of Things). Virtual reallik (Virtual Real) va uning о‘ziga xos xususiyatlari. Bulutli hisoblashlar (Cloud computing). Katta ma’lumotlar (Big Data) va ularning asosiy tamoyillari. Grid- texnologiya konsepsiyasi.
1-ma’ruza. Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlanish istiqbollari.
Reja:
Axborot tizimi tushunchasi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari.
Axborot tizimining strukturasi va qо‘llanilish sohalari.
Tayanch iboralar: tizim, axborot tizimi,axborot texnologiyalari avtomatlashtirilgan axborot tizimi,
Axborot tizimi tushunchasi
Axborot texnologiyalarining yunalishlaridan biri axborot tizimlarini ishlab chiqish va loyihalash bо‘lib, insonga tegishli bо‘lgan masalalarini yechishga yо‘naltirilgan. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining keskin rivojlanishi natijasida ularni turli sohalarda ishlatish imkoniyatlari paydo bо‘lmoqda. Ilgari axborot tizimlarining qо‘llanilish sohasi faqatgina buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish bо‘lgan bо‘lsa, hozirgi kunda turli sohalarda keng qо‘llanilmoqda.
Axborot tizimlari inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormokda. Axborot tizimlari va texnologiyalari ishlab chikarishda, boshqaruvda va moliyaviy faoliyatda keng kо‘lamda ishlatilishi barcha sohalar bо‘yicha tayyorlanayotgan kadrlarning bu borada chuqur bilimga ega bо‘lishini davrning о‘zi talab etmoqda.
«Tizim» deganda bir vaqtning о‘zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har qanday obyekt, ham qо‘yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi.
Ma’lumki, bugungi kunda kо‘plab turli xil tizimlar yaratilgan bо‘lib, ular о‘z tarkibi va bosh maqsadlari bо‘yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan.
«Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda kо‘plab ma’nolarda qо‘llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qо‘llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar tо‘plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan tо‘ldirilgan kо‘plab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin.
1.1-jadval. Tizimlarga misollar
Tizim
|
Tizim elementlari
|
Tizimning bosh maqsadi
|
Firma
|
Odamlar, jihozlar, materiallar, binolar va boshqalar
|
Tovarlar ishlab chiqarish
|
Kompyuter
|
Elektron va elektr mexanik elementlar, aloqa liniyalari va boshqalar
|
Ma’lumotlarga ishlov berish
|
Telekommunikatsiya tizimi
|
Kompyuterlar, modemlar, kabellar, tarmoq dasturiy ta’minoti va boshqalar
|
Axborot uzatish
|
Axborot tizimi
|
Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, odamlar, axborot va dasturiy ta’minot
|
Professional axborot ishlab chiqarish
|
Har bir tizim tо‘rt asosiy qismdan iborat:
kiritish;
ishlov berish;
chikarish;
teskari aloqa.
1.1-rasm. Tizimning tо‘rtta asosiy qismi
Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog‘liq bо‘lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bо‘ladigan axborotni tо‘plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi.
Axborot tizimi – qо‘yilgan maqsadlarga erishish yо‘lida axborotni tо‘plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar,
usullar va xodimlarning о‘zaro bog‘liq majmui.
Tizim
|
Elementlar
|
Maqsad
|
Kirish
|
Ishlov berish
|
Chiqish
|
Universi-tet
|
Talabalar, о‘qituvchi-lar, ishchilar, kitoblar
|
О‘kitish, izlanish, xizmat kо‘rsatish
|
Tayyor mutaxassis-lar, tadqiqot, jamiyatga, davlatga va millatga xiz-mat kо‘rsatish
|
Ilm orttirish
|
Kino
|
Aktyorlar, rejissyor-lar, uskunalar
|
Kinoga olish, nashr qilish, taqsimlash
|
Kinoteatrga olib kelingan kinofilmlar
|
Qiziqarli kino, daromad
|
Choyxona
|
Guruch, gо‘sht, sabzi, piyoz, yog‘ va boshqa masalliq-lar, mehnat, boshqaruv
|
Osh pishiriq, choy damlash, xizmat kо‘rsatish
|
Osh, choy, salatlar
|
Xordiq uchun sharoit yaratish, daromad
|
Axborot tizimlari va uning tarkibiga kiruvchi kichik tizimlarning qisqacha tavsiflari bilan batafsil tanishib chiqilgandan sо‘ng ular rivojlanishining qisqacha tarixini kо‘rib chiqish о‘rinli bо‘ladi. Turli davrlarda axborot tizimlarining rivojlanish tarixi va ulardan foydalanish maqsadlari 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2 – jadval
Axborot tizimlarining rivojlanish tarixi va
ulardan foydalanish maqsadlari
1.3 - jadval
Axborot tizimlaridan foydalanishga yondashuvning о‘zgarishi
Vaqt davri
|
Axborotdan foydalanish konsepsiyasi
|
Axborot tizimlari turlari
|
Foydalanish maqsadi
|
1950- 1960 yy.
|
Hisob-kitob hujjatlarining qog‘ozdagi oqimi
|
Elektromexanika- buxgalteriya mashinalarida hisob-kitob hujjatlariga ishlov berish axborot tizimlari
|
Hujjatlarga ishlov berish tezligini oshirish.
Hisoblarga ishlov berish va ish haqini hisoblash protseduralarini soddalashtirish
|
1960-1970 yy.
|
Hisobotlarni tayyorlashda asosiy yordam
|
Ishlab chiqarish axboroti uchun boshqaruv axborot tizimlari
|
Hisobotlarni tayyorlash jarayonini tezlashtirish
|
1970-1980 yy.
|
Sotishning boshqaruv nazorati
|
Qarorlar qabul qilishni qо‘llab-quvvatlash tizimi.
Yuqori boshqaruv bо‘g‘ini uchun tizimlar
|
Eng oqilona yechimni tanlab olish
|
1980-2005 yy.
|
Axborot – raqobatli ustunlikni ta’minlovchi strategik resurs
|
Strategik axborot tizimlari.
Avtomatlashtirilgan ofislar
|
Firmaning omon qolishi va gullab-yashnashi
|
2000 –2010 yy.
|
Axborot – bu jamiyat rivojlanishining asosiy resurslaridan biridir
|
Taqsimlangan axborot tizimlari.
Intellektual axborot tizimlari.
|
Jamiyatni axborotlashtirish
|
2010-x.v.
|
Foydalanuvchilarning davlat (interaktiv) xizmatlarini tez va qulay olishning sifatli yangi darajasi
|
Davlat axborot tizimlari (Elektron xukumat)
|
Davlat organlarining ochiqliligi
|
Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bо‘ldi. Bu yillarda ular hisoblarga ishlov berish va ish haqini hisoblashga mо‘ljallangan bо‘lib, elektromexanik-buxgalterlik mashinalarida amalga oshirilar edi. Bu hujjatlarni qog‘ozda tayyorlashga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni birmuncha qisqartirishga olib keldi.
60-yillar axborot tizimlariga munosabat о‘zgargan yillar bо‘ldi. Ulardan olingan axborot kо‘plab parametrlar bо‘yicha davriy hisobotlar uchun qо‘llanila boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ilgari bо‘lganidek, faqat hisob raqamlarigaxizmat kо‘rsatadigan va ish haqini hisoblaydigan emas, balki keng maqsadlarga mо‘ljallangan, kо‘plab funksiyalarga xizmat kо‘rsata oladigan kompyuter uskunalari talab etilardi.
70-yillarning boshi 80-yillarda axborot tizimlaridan qarorlar qabul qilish jarayonini qо‘llab-quvvatlash va tezlashtirish, boshqaruv nazorat vositasi sifatida keng foydalanila boshlandi.
80-yillarning oxiriga kelib axborot tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi yana о‘zgaradi. Ular axborotning strategik manbai bо‘lib qoldi va istalgan yо‘nalishdagi tashkilotning barcha darajadalarida foydalanildi. Bu davrning axborot tizimlari о‘z vaqtida zarur axborotni taqdim etib, tashkilotga о‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish, yangi tovarlar yaratish va xizmatlar kо‘rsatish, mahsulotni sotish uchun yangi bozorlar topish, о‘ziga mos sheriklarni ta’minlash, past narxlarda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va kо‘plab boshqa sohalarda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |