„Berlin traktati“ ga ko’ra qaysi davlatlar davlat mustaqilligi tan olindi? ChernogoriyaSerbiyavaRuminiya. Bu savol 2021-yilda menga tushdi?
1878-yilning 13-iyunida ochildi. Kongressda «Berlin traktati» deb nomlangan hujjat imzolandi. Bu hujjat Rossiyaning San-Stefano shartnomasi natijasida qo‘lga kiritgan katta muvaffaqiyatlarining ahamiyatini kamaytirib yubordi. Chunonchi, Buyuk Britaniya harbiy kemalari Qora dengizga kirish huquqiga ega bo‘ldi, Kipr oroli Buyuk Britaniyaga, Bosniya va Gersegovina Avstriya-Vengriyaga in’om etildi.
Bolgariyaikkigabo‘libyuborildi.Ayni paytda, Usmonli davlati to‘lashi lozim bo‘lgan tovonning katta qismi evaziga Rossiyaga Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan hududlari berildi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning davlat mustaqilligi tan olindi.
1910-yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy, Mirza Abduvohid, Hamidxo‘ja Mehriy, Usmonxo‘ja va Muhammaddin maxdum kabilar «Tarbiyayi atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib, 1911-yili 15 nafar, 1912-yilda esa 30 nafar talabani Turkiyaga o‘qishga yuborganlar.
Sulh shartnomasini Xiva xoni Muhammad Rahimxon II 1873-yil 12-avgustda imzolashga majbur bo‘ldi. Shartnomaning birinchi moddasida: «Sayid Rahim Bahodirxon o‘zini butun Rossiya imperatorining sodiq xodimi deb tan oladi. U qo‘shni hukmdorlar va xonlar bilan har qanaqa bevosita do‘stona munosabatlardan va ular bilan biron-bir savdo yoki boshqa shartnomalar tuzishdan voz kechadi hamda Rossiyaning O‘rta Osiyodagi oliy hokimiyati ruxsatisiz ularga qarshi hech qanday jangovar harakatlarni amalga oshirmaydi», deb yozib qo‘yilgan edi. Bu bilan Xiva xoni mustaqil ravishda tashqi dunyo, hatto yaqin qo‘shnilari bilan ham aloqa o‘rnatish imkonidan mahrum etildi. Faqat ular bilan Rossiya imperiyasi roziligi bilangina aloqa qila oladigan bo‘ldi.
Gandimiyon shartnomasida: «Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi ruslar uchun zarur va qulay bo‘lgan yerga ular o‘zlarining pristanlarini qurish huquqiga ega. Xonlik ushbu pristanlarning saqlanishi va xavfsizligi uchun javobgar. Ular uchun joyning tanlanishi, O‘rta Osiyodagi rus oliy hokimiyatining tasdiqlashiga bog‘liq», deb ko‘rsatib qo‘yildi.
Shartnomaga binoan Xiva xonligi 2 million 200 ming rubl miqdoridagi tovonni 20 yil davomida to‘lashi belgilandi. Xonlik xazinasida yetarli darajada pul bo‘lmaganligi uchun bu tovon aholidan yig‘ib olinadigan bo‘ldi.
166.
Qaysi shartnomaga ko’ra Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Rossiya imperiyasiga qo‘shib olindi? Gandimiyonshartnomasi.
Podsho hukumati qo‘shinlarining 1873-yil Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan va Gandimiyonshartnomasi imzolanganidan keyin Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Rossiya imperiyasiga qo‘shib olindi. Bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga kiruvchi Amudaryo bo‘limi tashkil etildi. Qoraqalpoqlarning Amudaryoning chap qirg‘og‘ida yashagan kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoladi.