679.
|
Ichterlama kasalini kim aniqladi??? K. Eber.
|
1880-yilda nemis olimi K. Eber ichterlama, 1884-yilda F. Lyofler bo‘g‘ma tug‘diruvchi mikrobni topdilar.
|
680.
|
Germaniyadagi sulolar ketma-ketligini belgilang??? Saksoniyaliklar, Frankoniya, Shtaufenlar, Lyuksemburglar, Gabsburglar.
|
Germaniyada Saksoniyaliklar, Frankoniya, Shtaufenlar, Lyuksemburglar, Gabsburglar sulolalari hukmronlik qilgan.
Germaniyada yigirma yil davomida umuman imperator saylanmaydi. Knyazlar 1273-yilda to'planib Rudolf Gabsburgni taxtga o'tqazadilar. Ammo Gabsburglarning dastlabki boshqaruvi uzoq davom etmagan Lyuksemburglar sulolasiga qarshi kurash olib boradi. Gabsburglarning 369 yillik imperatorlik davri faqat 1437-yildan boshlanadi.
|
681.
|
Gerxard Shryoder amakga oshirgan islohotlar???
korxonalar uchun eng qulay sharoitlar yaratish,
kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va natijada ishsizlikni kamaytirish
Moliya tizimini qayta qurish, pensiya, tibbiy xizmat va ijtimoiy sug‘urta tizimini isloh qilish.
|
1998-yilgi parlament saylovlarida GSDP g‘olib chiqdi. Gerxard Shryoder hukumati iqtisodda va ijtimoiy sohada chuqur islohotlarni boshladi: korxonalar uchun eng qulay sharoitlar yaratish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va natijada ishsizlikni kamaytirish islohotlarning maqsadi qilib belgilandi. Moliya tizimini qayta qurish, pensiya, tibbiy xizmat va ijtimoiy sug‘urta tizimini isloh
|
|
qilish boshlandi.
|
682.
|
1918-1945 yillar xususiyatlari...???
INDUSTRIAL JAMIYAT IJTIMOIY-SIYOSIY TIZIMI INQIROZINING BOSHLANISHI DAVRI
|
Eng yangi davr tarixida nisbatan mustaqil bo‘lgan uchta bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqich (1-bosqich) 1918-1945 yillar INDUSTRIAL JAMIYAT IJTIMOIY-SIYOSIY TIZIMI
INQIROZINING BOSHLANISHI DAVRI. Bu inqiroz jahon urushlarida, sotsi alistik va milliy- ozodlik inqiloblarida, Germaniya, Italiya, Yaponiya, SSSRda totalitar tuzumlarning qaror topishida, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvida namoyon bo‘ldi. Bu bosqichning mazmunini jamiyat taraqqiyotining ikki asosiy modellari - liberal-demokratik va totalitar tuzumlar o‘rtasidagi kurash tashkil qiladi.
|
683.
|
1945-1991 yillar xususiyatlari...???
|
Ikkinchi bosqich (2-bosqich) 1945-1991 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqich mazmunini mustamlaka tizimining qulashi va ko‘plab mustaqil davlatlarning tashkil topishi, «sovuq urush», dunyoni yadroviy halokat yoqasiga olib kelgan qurollanish poygasi tashkil qiladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan sotsialistik lager bilan G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi global qarama-qarshilik bu davrning xarakterli jihati hisoblanadi.
|
684.
|
1991-yildan boshlangan uchinchi bosqich xususiyatlari...???
|
1991-yildan boshlangan uchinchi bosqich (3-bosqich) xalqaro munosabatlarda shakllangan ikki qutbli tizimning inqirozi, sotsialistik tizimning barbod bo‘lishi, SSSRning tarqalib ketishi va sobiq sovet respublikalarining mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi bilan boshlanadi. Bu davr jahon sivilizatsiyasining globallashuvi, «uchinchi dunyo» mamlakatlari rivojlanishining jadallashuvi, sivilizatslyalar o‘rtasidagl ziddiyatlarning kuchayishi bilan xarakterlanadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |