Xayr bog’cha, salom maktab. Sahnaga musiqa sadolari ostida bolalar kirib kelishadi



Download 23,65 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi23,65 Kb.
#583636
Bog'liq
xayir bog\'cha 2022


Xayr bog’cha , salom maktab.
Sahnaga musiqa sadolari ostida bolalar kirib kelishadi.
BOSH—Bu qanday aziz dargoh,
Muqaddas bizga har chog’.
Bilim deb boshlar yo’lga,
Bizlarni tanish yo’lka.
Assalomu aleykum aziz mehmonlar,hurmatli hamkasabalar, maktab ostonasiga uchmoqqa shay bo’lib turgan mening beg’ubor qaldirg’ochlarim .Mana bugun biz uchun hayajonli daqiqalar ham yetib keldi ya’ni bog’cha bilan xayirlashib , maktab tomon ilk qadamlaringizni tashlaydigan kun ham yetib keldi.SHunday ekan men kelajakdagi ishlaringizda sizlarga faqat omad tilab qolaman . Kelinglar bolajonlar bayramimizni go’zal she’rlar bilan boshlaymiz.
SHE’RLAR
BOSH—Bolajonlar mana endi navbatni qo’shiqga beramiz.
QO’SHIQ “ ”
Sahnaga malika hafa bo’lib kirib keladi
BOSH—Salom malika bu yerda nima qilib yuribsan yoki adashib qoldingmi ?
Malika—adashib qolganim yo’q. O’zim saroydan qochib chiqdim.
BOSH—Voy voy ahir kattalarga aytmay uydan chiqish bu yahshi odatmasku, nimaga bunday qilding?
Malika—Chunki qirolimiz yani otam meni o’qishga majburlayapdi. Men esa umuman o’qishi xam bilim olishni xam xoxlamayman . Xattoki o’yinchoqlarim xam ko’zimga yomon bo’lib ko’rinib ketayapdi.
BOSH—Iya nima uchun bilm olishni xoxlamayapsan?
MALIKA—Chunki,chunki meni mazzam bo’lmayapdi. Boshim og’riyapdi.
BOSH—Unday bo’lsa tezda tez yordamga qo’ng’iroq qilish kerak. Men xoziroq qo’ngiroq qilaman .
MALIKA—Yo’q yo’q kerakmas………….
BOSH—Allo bu tez yordammi? tezda 8- bog’chaga kelng mehmonimizni mazzasi bo’lmayapdi ekan.
MALIKA—Bekorga chaqirdingiz , meni ular davolagani bilan o’qishga qiziqishim ortib qolarmidi. Men baribir bilm olishni yomon ko’raman.
BOSH—Malika sen xato o’ylayapsan . Mana bizni bolajonlarimiz ham bog’cha bilan xayirlashib, maktab tomon bilim olish uchun shay bo’lib
turishibdi. Xozir biz “ Xayir bog’cha ”nomli bayram o’tkazayapmiz kelinglar bolajonlar tez yordamimiz kelgunicha malikamizni zeriktirmagan xolda unga ajoyib raqs tushib beramiz.
RAQS “ ”
(Sahnaga musiqa bilan doctor kirib keladi.)
DOCTOR—Xo’o’sh qani bemorimiz .
MALIKA—Men halgii nima desam ekan…..
DOCTOR—Siz hech nima demay jim turing, xozir men sizni tekshirib qo’yaman, qaniii bu yoqqa kelingchi . ( doctor malikani tekshiradi va boshini chayqatadi) isitma yo’q, yurak urushi yahshi sizda hammasi joyidaku ,nimaga meni chaqirdingiz?
MALIKA—Meni shunchaki kitob o’qimoqchi bo’lsam yoki yozishni boshlasam boshim og’rib qolayapdi.
DOKTOR—E haa gap buyog’da ekanuu. Demak sizni kasaliniz bu dangasalik ekan,sizni faqat vaqt davolashi mumkin. Meni esa bu yerda qiladigan ishim yo’q ekan yahshisi borib boshqa bemorlarimga qaray qolay . Hayir (chiqib ketadi)
BOSH—Xafa bo’lma malika sen yahshisi biz bilan qol bayramimizda ishtirok et balki fikring o’zgarib qolar. Xozir bolajonlarimiz senga ajoyib qo’shiq kuylab berishadi.
QO’SHIQ “ ”
RAQS “ ”
( Sahnaga qirol vaziri bilan kirib keladi )
QIROL—Ho’o’sh aytingchi malikadan biror habar bormi?
VAZIR— Bir qoshiq qonimdan keching shohim,Kichik malikamizdan hozircha habar yo’q , lekin albatta topamiz qirolim.
QIROL—Kichik malika nimagadur ohirgi vaqtlar juda injiq bo’lib qoldi, o’qishni ham ,yozishni ham hattoki o’yinchoqlarini ham o’ynashni umuman xoxlamayapdi. Bundan juda havotirdaman. Jarchilarga ayting malikani topgan insonga juda katta mukofot vada qilaman.
VAZIR—Bosh ustiga qirolim ( sahnadan chiqib ketishadi)
BOSH—Malika bolajonlarimiz bilan birga qo’shiq kuylashni xoxlaysanmi?
MALIKA—Men qo’shiq kuylashni ham yoqtirmayman .
BOSH—Unday bo’lsa sen mana bu yerga o’tirib bizni tomosha qil. Biz esa senga ajoyib qo’shiq kuylab beramiz.
QO’SHIQ “ ”
RAQS “ ”
BOSH—Voy bolajonlar qaraglar malikamiz uxlab qolibdi
( sahnada musiqa yangraydi, malika tush ko’radi. Tushida o’yinchoqlari jonlanadi. Qo’g’irchoq, ayiqcha, buratino va kitob)
AYIQ—Men malikamizdan juda xafaman. U bizni umuman o’ynamay qo’ydi.
KITOB— Meni ham o’qishni xoxlamayapdi. Xattoki varaqlarimni yirtib tashlayapdi.
BURATINO—Meni esa burnimni sindirib tashladi.Xaaa kelinglar undan yahshisi o’ch olamiz. Mana masalan mening burnimni sindirgani uchun men xam Malikani burnini sindiraman.
AYIQ—To’g’ri birovga ozor berish qanaqa bo’lishini unga ko’rsatib qo’yish kerak. Qo’g’irchoq sen nimaga jiiim o’tiribsan. Ahir Malika sen uning eng sevimli o’yinchog’I bo’lsang xam sening qo’lingni sindirgankuu, sen xam biron nima desangchi?
QO’G’IRCHOQ—To’g’ri u mening qo’limni sindirgan lekin Malika juda mehribon qiz, kelinglar o’yinchoqlar uni biiir safar kechiraylik, u balki o’zgarib yana avvalgi xoliga qaytib qolar.
BURATINO—Yo’q biz uni kechirmaymiz.Biz undan qasos olamiz.
AYIQ—Balki rostan ham o’ylab ko’rarmiz , eslayman avvallari u bizni juda yahshi ko’rardi
KITOB—Lekinchi u yaqinda 7 yoshga kiradi. Maktabga boradi , bilim olishni boshlaydi shunda balki unga aql kirib qolar.O’shanda meni ham o’qishni xoxlab qolar.
BURATINO— U hatto bilm olishni ham xoxlamayapdida.
QO’G’IR—Yo’q yo’q meni yuragim sezayapdi u albatta o’zgaradi. Uni kechiramizmi do’stlar?
HAMMASI—Ha mayli kechiramiz. ( Sahnada musiqa yangrab malika asta uyg’onishni boshlaydi, o’yinchoqlar chiqib ketishadi)
MALIKA—(uyqusirab) Meni kechiringlar , kechiringlar!
BOSH—Senga nima bo’ldi Malika uyg’ona qol zerikkan bo’lsang hozir bolajonlarimiz musobaqali o’yin o’ynab berishadi sen esa ularga baho berasan
O’YIN “ ”
BOSH—Kelinglar bolajonlar endi navbatni qo’shiqga bersak.
MALIKA—Maylimi men ham sizlar bn birga qo’shiq kuylasam bahonada men ham qo’shiq kuylashni o’rganib olardim.
BOSH—Albatta bo’ladi. Lekin sen xech nimani xoxlamas edingku?
MALIKA—To’g’ri lekin men ozgina uhlab qolgan vaqtimda juda ajoyib tush ko’ribman. Xozir qo’shig’imizni kuylab olaylik keyin men sizlarga tushimni aytib beraman.
BOSH—Juda yahshi.Unday bo’lsa qo’shig’imizni boshlaymiz.
QO’SHIQ “ ”
RAQS “ ”
MALIKA--Nimagadur men ham baqirib qo’shiq kuylagim , raqslarga tushgim kelib qoldi. Bu bolajonlar xaqiqatdan ham juda istedodli , quvnoq, bilmga chanqoq bolalar ekan to’g’risi tan olgim kelmayotgandi.
BOSH—Ha aytgancha sen bizga tushing xaqida so’zlab bermoqchi eding.
MALIKA—Tushimda barcha xafa qilgan o’yinchoqlarim mendan o’ch olmoqchi bo’lishdi, judayam qo’rqib ketgandim lekin ular menga shuncha injiqliklarimga qaramay imkon berishibdi. Men endi borib ulardan albatta kechirim so’rayman.
( Sahnaga jarchi vazir kirib keladi. )
VAZIR—Yo’l beringlar shahsan qirolimizning o’zlari tashrif buyurmoqda (Sahnaga qirol kirib keladi)
MALIKA—Otajon, assalomu aleykum
QIROL—Qizalog’im va nixoyat seni topdim, mayli o’qishni xoxlamasang ham faqat saroyga qaytsang bo’ldi.
MALIKA—Yo’q yo’q otajon men albatta o’qib bilm olishim kerak. Xuddi mana bu bolalardek istedodli bo’lmoqchiman. Ularning raqslarini, qo’shiqlarini bir tamosho qilib ko’ring.
QIROL—Qanday yahshi bunday qarorga kelganingdan juda hursandman.
BOSH—Unday bo’lsa sizlar mehmonimiz bo’lib bizlarning qo’shiq va raqslarimizni tamosho qiling.
QO’SHIQ “ ”
RAQS “ ”
QIROL—Qizalogim seni bunday quvnoq holda ko’rib aslo bu yerdan olib ketgim kelmayapdi lekin saroyga qaytadigan vaqtimiz bo’ldi. Bizni u yerda ham kutishayapdi.
MALIKA—Rahmat sizlarga bolajonlar, sizlar bilan birga judayam mazza qildim . Endi men ham borib o’yinchoqlaimdan kechirim so’ray. Kitobimni ham mazza qilib o’qiyman va bilm olish uchun xarakat qilaman. Xayir bolajonlar.(chiqib ketishadi)
HAYIRLASHUV SHE’RLARI
BOSH—Shuning bilan bayramimiz o’z nihoyasiga yetdi e’tiborlaringiz uchun rahmat.
OMMAVIY RAQS
Download 23,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish