Xayot faoliyati xavfsizligi



Download 51,96 Kb.
bet8/14
Sana04.04.2022
Hajmi51,96 Kb.
#527928
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1 MAVZU HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI FANINING MAQSADI, VAZIFASI

3. Mеhnatni muhоfaza qilish qonuni. Mehnat kodeksi
1993 yil 6 mayda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonuni iqtisodiyotning bozor munosabatlari talablariga, jamiyatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, mehnat qonunchiligi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish talablariga moslashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi. Shu yilning 23 sentyabrida matbuotda e'lon qilingan va dekabr oyidan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunni ana shunday talab va ehtiyojning mahsuli sifatida ko'rsatish mumkin. Mazkur qonun mamlakatimizda milliy qonunchiligimiz takomillashtirilishi hisobga olingan holda, xalqaro qonun normalariga muvofiq qayta ishlab chiqildi. Xususan, uni tayyorlash jarayonida qator vazirlik va idoralarning, yirik sanoat korxonalari, soha ekspertlari, olimlar, keng jamoatchilikning takliflari hamda xalqaro tajribalar inobatga olindi. Bunda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi sohasidagi Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va tavsiyalari inobatga olinib, rivojlangan davlatlarning mehnatni muhofaza qilish bo'yicha qonunchiligi va tajribasi o'rganildi. Yangi tahrirdagi qonunda mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, davlat organlari faoliyatini aniq muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi, Mehnat, Sog'liqni saqlash vazirliklari, davlat va xo'jalik boshqaruvi idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari o'z aksini topgan. Unda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga solish borasida davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash, ishchi-xizmatchilarning mehnat huquqi bilan bog'liq manfaatlarini himoya qilish, ish joylarida yetarli sharoitlar yaratish, ish o'rinlarining attestasiyasini o'tkazish, mehnatni muhofaza qilish auditini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni buzganlik uchun ish beruvchi va xodimlarning javobgarligini kuchaytirish kabi masalalar o'z aksini topdi. Bir so'z bilan aytganda, yangi qonun mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarishda ham ish beruvchi, ham xodimning mas'uliyatini oshiradi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan samarali yo'nalishlarni o'zida qamrab olgan. Bu ayniqsa, xodimlar, jumladan, voyaga yetmagan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ishchi-xodimning xavfsiz, emin-erkin, xotirjam, ish joyida yetarli sharoitlarda faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan joriy yilning 25 avgustida ma'qullangan "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun"ning yangi tahriri 36 ta moddadan iborat bo'lsa, shulardan 16 tasi yangi moddalar hisoblanadi. Qonunning 1-moddasi ham "Ushbu Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat" degan mazmunda yangitdan bayon etilgan. Qonuning 4-moddasi ham yangi kiritilgan modda hisoblanib, unda mehnatni muhofaza qilishga doir asosiy tushunchalarga sharh berib o'tilgan. Jumladan, "mehnatni muhofaza qilish - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog'ligi, ish qobiliyati saqlanishini ta'minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitasiya tadbirlari hamda vositalari tizimi" ekanligi aniq bayon etilgan. Yangitdan kiritilgan 8-,9-,10- va 11-moddalarda Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining, Sog'liqni saqlash vazirligi, davlat va xo'jalik boshqaruvi idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari aniq belgilab berilayapti.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8-dekabr 1992-у.), O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (21-dekabr 1995-у.), «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun» (6-may 1993-у.), Davlat standartlari, nizomlar va me’yorlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qoidalar asosida olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida respublikamiz fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari yaqqol o‘z ifodasini topgandir. Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, «Davlat xalqirodasini ifoda etib, uning manfaat-lariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar
oldida mas’uldirlar» (2-modda), «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir.....(24-modda). «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» (37-modda). O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati aniq o‘z aksini topgan. Unda «Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi» (4-modda) ta’kidlangan. Ushbu qonun 5 bo‘lim va 29 moddadan iborat bo‘lib, unda mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy qoidalar (1-bo‘lim, 7 moddadan iborat);

  • mehnatning muhofaza qilinishini ta’minlash (2-bo‘lim, 8 moddadan iborat);

  • ishlovchilarning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqlarini ruyobga chiqarishdagi kafolatlar (3-bo‘lim, 6 moddadan iborat);

  • mehnatni muhofaza qilishga doirqonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati (4-bo‘lim, 3 moddadan iborat);

  • mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik (5-bo‘lim, 5 moddadan iborat) masalalari aniq yoritilgan.

1995-yil 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilindi va u 1996-yil aprel oyidan boshlab amalda kuchga kirdi. Ushbu qonunda ko‘rsatilishicha, xavfsizlik texnikasiga, ishlab chiqarish sanitariyasiga, yong‘in chiqishidan saqlanishga va mehnat muhofazasining boshqa qoidalariga rioya etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga уo‘l-уo‘riqlar berish, shuningdek, xodimlarning mehnat muhofazasiga doir qo‘llanmalarda ko‘rsatilgan hamma talablarga amal qilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. Mehnat
sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki havoni ifloslantiruvchi ishlarda mehnat qiluvchi ishchi va xizmatchilarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari tekinga beriladi. Mehnat sharoiti ifloslanish bilan bog‘liq va zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchi ishchilar belgilangan me’yorda sovun hamda sut yoki boshqa xil parhez oziq-ovqatlar, issiq sexlarda ishlovchilar esa gazsuv bilan tekin ta’minlanadi.
Mehnat qonunlari kodeksida balog‘atga yetmagan yoshlarning, ayollarning mehnatiga alohida e’tibor berilgan.18 yoshga to‘lmagan yigitlarni 16 kg.dan, qizlarni 10 kg.dan ortiq yuk ko‘tarishiga, ularning ish vaqtini haftasiga 36 soatdan ortib ketishiga уo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish kunlari ishlashga jalb etish taqiqlanadi. Ishchi xodimlar uchun ish vaqtining me’yoriy muddati 40 soatdan oshibketmasligi, 18 ga kirmagan yoshlar hamda mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda mehnat qiluvchilar uchun ish vaqt miqdori haftasiga ko‘pi bilan 36 soat bo‘lishi kerak. Ish
vaqtidan ortiq ishlash har bir ishchi va xizmatchi uchun surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 120 soatdan ko‘р bo‘lmasligi lozim.
Mehnat sharoitlarini me’yorlashtirish, ishchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chiqilib, ular ma’lum bir tizimga solingan. Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan tadbirlardan biri – sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri tekshirish va tahlil qilish, ularning sabablarini aniqlash hamda olingan ma’lumotlar asosida tegishli tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.



Download 51,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish