XAYOL JARAYONLARI
Xayol (fantaziya) obrazlari qanday yaratiladi?
Xayol jarayonlari ham idrok, xotira, tafakkur kabi analitik va sintetik xarakterga ega. Analiz idrok va xotiradek ob`ektning ayrim umumiy belgilarini ajratish va saqlash hamda muhim bo`lmagan belgilardan chetlashish imkoniyatini beradi. Analiz va undan keyingi sintez natijasida andaza, etalon hosil qilinadi. Shu etalonga suyangan holda tashqi olam, borliq, predmetlar va hodisalar o`rganiladi.
Analiz va sintez xayol jarayonida boshqacha o`ringa va yo`nalishga ega. Chunki xayol jarayonida yangi, avval bo`lmagan obrazlar, tasavvurlar yaratiladi. Albatta bunda yangilik va eskilik o`rtasidagi izchillik saqlanib qoladi. Xayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi turlicha amalga oshiriladi.
AGGLUTINASIYA. Agglutinasiya - kundalik hayotimizda birlashtirib bo`lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni "yopishtirib" birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. Agglutinasiya yo`li bilan ko`proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog`ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot).
GIPERBOLIZASIYA. Giperbolizasiya narsalarni kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma`lum qismlarining sonini ko`paytirish, ularning o`rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko`p qo`lli xudolarning obrazi (hind afsonalarida), tog`dek katta odam, no`xatdek kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya yo`li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin.
URG`U BERISH Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo`li narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarga urgu berish, ularga diqqatni turli yo`llar bilan jalb qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko`p qo`llaniladi. Bu usul bilan o’rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi.
SXEMATIZASIYA (sxemalashtirish) - biror mavjud narsadan andaza olib, shu andaza asosida obrazlar yaratish. Masalan rassomlar turli o`simliklarning obrazi asosida naйshlar yaratadilar.
Yangi xayol obrazlarini yaratishning yana bir usuli, TIPIKLASHTIRISH. Tipiklashtirishdan badiiy adabiyotda keng qo`llaniladi. Bu usul yordamida biror hodisaga, kishilar toifalariga, davrga xos yoki ularda ko`p takrorlanuvchi belgilar ma`lum obrazlarda gavdalantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |