Hayol haqida tushuncha Reja: - 1. Hayol haqida tushuncha.
- 2. Hayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari.
- 3. Hayol jarayonlari va turlari.
Hayol haqida tushuncha - Insonlar borliqni anglab, unda yuz berayotgan narsalarni qabul qilib, qolibgina qolmay o`ni o`zgartirishga ham harakat qiladi. Borliqni amaliyotda o`zgartira olishni bilish bilan birga xayolni ham o`zgartira bilish lozim.
- Hayol ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud bo`lmagan obrazlar, ob’ektlarni yaratishdir. Hayolning funktsiyasi – o`tgan tajriba natijalarini qayta ishlashdir. Hech narsasiz hayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas. Ushbu tasavvurlar xotiradan farq qiladi va hayol tasavvurlari deb ataladi.
Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirigi va oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi, shuningdek muammoli vaziyat noaniqlik ko`rsatgan hollarda xulq atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi. Hayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va muhim vazifasi shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uni natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Demak, biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo`lgan psixik jarayon xayol deb ataladi.
Hayolni ko`pincha fantaziya deb ataydilar, xolbuki, ba’zan “fantaziya” degan so`z bilan haqiqiy hayotda kam aloqador bo`lgan tushunchadir. Xayolning boyligi idrok qilish ko`nikmasiga, predmetlar va hodisalarning obrazlarini kuzatishi va xotirada saqlab qolishga bog`liq bo`lib, ular keyinchalik qayta ishlab chiqiladi.
Tafakkur fantaziya natijalariga tuzatish kiritadi. Uni tanqidiy baholaydi. His tuyg`ular ham hayolga ta’sir ko`rsatadi, ular ko`p jihatdan hayolga bog`liq bo`ladi. Nihoyat, kishining hayoli bilan yaratilgan ijodiy niyatlarini amalga oshirish uchun iroda zarur bo`ladi. - Tafakkur fantaziya natijalariga tuzatish kiritadi. Uni tanqidiy baholaydi. His tuyg`ular ham hayolga ta’sir ko`rsatadi, ular ko`p jihatdan hayolga bog`liq bo`ladi. Nihoyat, kishining hayoli bilan yaratilgan ijodiy niyatlarini amalga oshirish uchun iroda zarur bo`ladi.
Fantaziya timsollarining tarkib topishi va ularning faoliyat jarayonlariga qo`shishga miya yarim sharlari po`stlog`i bilan birga qatnashuvchi miyaning ana shunday chuqur qismlari gipotalam-limbik (uning qadimsgi po`stloq va po`stoq osti qismlari bilan bog`lanishi miya yarim sharlarga chiqaverishda oldingi qismi atrofida «limb» yoki chegara hosil bo`ladi) sistemadir.
Eksprimentlardan shu narsa aniqlagandiki, gipotalam - limbik sistema zararlanganda, kishi psixikasida o`ziga xos buzilishi sodir bo`ladi: odamning xatti-harakatlari guyo ma’lum programma bilan boshqarilayotgan va bir biri bilan bog`lanmagan alohida-alohida shu bilan birga o`z-o`ziga etarli darajada murakkab va bir butun harakatlardan iboratdek tasavvur tug`iladi.
Hayolning turlari Xayol jarayoni natijasida xayol obrazlari yuzaga keladi. Ular ertak, ilmiy fantastik, mistik bo`lishi mumkin. Badiiy obraz yaratilish jarayoni ma’lum texnologiyaga ega bo`lib, avval obrazga asos solinadi keyin u ustida analitik ish olib boriladi, so`ng g`oya amalga oshiriladi. - Xayol jarayoni natijasida xayol obrazlari yuzaga keladi. Ular ertak, ilmiy fantastik, mistik bo`lishi mumkin. Badiiy obraz yaratilish jarayoni ma’lum texnologiyaga ega bo`lib, avval obrazga asos solinadi keyin u ustida analitik ish olib boriladi, so`ng g`oya amalga oshiriladi.
Hayol insonning barcha faoliyat turlarida (o`yin, o`qish, mehnat) muhim ahamiyatga ega. Hayolning jarayonlariga agglyutinatsiya, aksentirlash, sxematizatsiya, tipiklashtirish kiradi.
Agglyutinatsiya – bir necha predmetlarni qismlarini alohida bir yagona obrazda birlashtirish (yopishtirish) dir (Suv pari - boshi, tanasi, ayol, dumi baliq, sochi suv o`tlari).
Hayol jarayonida xotira tasavvurlari kattalashtirish yoki kichiklashtirishda, predmet qismlarini ko`paytirishda ifodalanishi mumkin.
Hayolning murakkab xususiyatlari adabiy obrazlarni yaratishda aks etadi.
Aksentirlashtirish – u yoki bu xususiyatlarga urg`u berish orqali yangi obrazlarni yaratish
Sxemalashtirish - biror bir obrazlarni tasvirlashda umumiy bosh xususiyatlarga to`xtalish.
Tipiklashtirish - bir xilda qaytariluvchi faktlarni konkret obrazda namoyon bo`lish.
Hayolning xususiyatlari shaxsning ma’naviy qiyofasi to`g`risida hukm chiqarish uchun ham ma’lum darajada imkon beradi. Faktlar hodisalar va boshqalarni ko`rsatishga buyurtirib yuborish yoki kamaytirishga moyillik ko`pincha xayol ustidan nazoratning yo`qligi tufayli ro`y beradi. Bu sifat ayrim bolalarda mavjud bo`lib ular yolg`on gapirganlarida ba’zan haqiqiy narsa bilan xayoldagi narsani aralashtirib yuboradilar. Lekin to`g`ri qo`yilgan tarbiya tufayli bu kamchilik yo`qoladi.
- Badiiy adabiyotni o`qish – hayolni rivojlantirishni eng yaxshi maktabidir, u hayolni tarbiyalashning kuchli vositasi ham. Hayol buyuk qadriyatdir. Ushbu xususiyatni yosh avlodda rivojlantirish – pedagogik amaliyotning muhim vazifasidir.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |