Transformatorning o‘ta yuklanishi. Trans-formatorning shunday yuklamasiki, bunda chulg‘amlar izolyatsiyalarining qizishi natijasida xisobiy eskirishi, uning nominal holatda ishlagandagi eskirishidan oshib ketadi.
Transformatorning joiz o‘ta yuklanishi. Transformatorning normativ xujjatlarida ruxsat etilgan o‘ta yuklanishi.
Transformatorning yuklanish imkoniyati. Transformatorning joiz yuklama va o‘ta yuklanishlari majmui.
Transformatorni qo‘zg‘atish. Trans-formatorning bir yoki bir necha chulg‘amlarini bir yoki bir necha tarmoqlar yoki boshqa mos nomianl kuchlanish va davr tezlikdagi manbalarga ulash yo‘li bilan asosiy magnit maydonini hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |