9-MA’RUZA
Metallarga qoplama qoplash(galvanika) sexlaridagi texnika havfsizligi.
Reja:
Umumiy ma'lumotlar.
Metallarga qoplama qoplash sexlari joylashuvi.
Galvanika sexlarini jihozlari va ularda ishlash xavfsizlik texnikasi.
Metallarga qoplama qoplash ( galvanika ) sexlarida metallarga ustki yupqa qatlamda korroziyabardosh qoplamalar, yuzalarni azotlash, sementatsilalsh va boshqa operatsiyalar bajariladi.
Galvanika sexlarini bir qavatli binolarga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Boshqa hollarda ko'p qavatli binoni birinchi qavatida himoya balandligi kamida 5 m bo'lganda joylashtiriladi. Qolgan sexlar bilan bir binoda joylashtirish hollarida ventilyatsiya o'rnatilib, zararli havo oqimi atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Galvanika sexlarini poli kislota va ishqorga bardoshli materiallardan qilinadi. Ishlov berish vaqtida har xil baxtsiz hodisalarni ham hisobga olish zarur. Ishqorli kislotali vannalarni ustiga rezina qoplangan yog'och panjara bilan berkitilishi kerak. Sex ichida mo'tadil haroratni ta'minlash katta ahamiyatga ega u 18-22^C ni tashkil qiladi. Polirovkalash va jilvirlash uchastkalari alohida himoyalanga zonada bo'lishi kerak. Vannalar poldan yoki asosiy yurish joyidan 0.75-0.85 m baland bo'lishi kerak. Kalit to'xtatish mexanizmlari o'rnatilgan joy ishchiga ko'rinadigan va ulardan foydalanish ishchiga qiyinchilik tug'dirmasligi lozim.
Galavanika sexidagi elektr bilan ishlovchi qurulmalar "Elektr qurulmalarni ekpluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi" normalarini buzmasligi shart. Elektrodli vannalar yerdan balandroq izolatsiyalangan bo'lishi shart. Foydalanib bo'lingan elektrodlarni yig'ish baklari yer ostida joylashtirilishi kerak. Elektr o'tkazuvchi kabel simlar ham rezina shlangdan ham metal trubadan o'tkazilishi hamda alohida tarmoq normalarida berilgan rangga bo'yalishi shart va elektr tokini anglatuvchi belgi qo'yilishi shart.
Galvanika sexlarida ishlagiladigan kislota va ishqorlarni sex ichida tashishda bir qator qoidalarga rioya qilish kerak. Agar zaxarli modda kichikroq idishda bo'lsa unda ikki kishi maxsus nosilkaga solib tashish maqsadga muvofiqdir, aks holda modda kattaroq idishda bo'lsa ko'tarish qurulma orqali ishonchli vosita moslama bilan ko'tarilishi shart. Tashish oldidan idish qopqoqlari va ulardagi rezinalar qayta tekshirilishi kerak. Ishlatilgan jihozlar, anod kontaktlar, vannalar maxsus o'qitilgan ishchi tomonidan qo'lga rezina qo'lqop kiygan holda tozalanadi.Ishchi ishlayotgan paytda vannaga yuklash tushirish ishlari vaqtincha to'xtatilishi shart. Tozalash ishlari tugatilgandan so'ng barcha foydalanilgan moslama va vositalar ish joyidan olib chiqilishi u yerda ortiqcha narsalar qolib ketmasligi shart. Aks holda reaksiya jarayoni izdan chiqib ishchilarga va moddiy texnikalarga jiddiy ziyon yetishi mumkin.
Kaustik, fosfat va sodalarni ochiq holda maydalash qat'iyan taqiqlanadi. Ishchi ish vaqtida foydalangan rezina etigi, fartugi va qo'lqoplarini maxsus kaustik sodada sovuq suvda chayiladi.
Vannaga detallarni yuklash oldidan dEtallarni kislota qoldiqlaridan tozalanishi shart.Har bir smena tugagandan keyin vanna, oyoq osti yogoch panjara va h.k. lar suv bilan yuvilishi kerak. Ish joyida har doim birinchi yordam ko'rsatish vositalari bo'lishi shart chunki ish vaqtida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan har xil holatlarni inobatga olinib tez yordam kelgunga qadar unga birinchi yordamni voqea joyida ko'rsatish shartdir.
10-MA’RUZA
Do'stlaringiz bilan baham: |