Xavfsizlik nazariyasining asosiy tushunchalari


Xavfsizlikni o‘rganish tartibi



Download 24,65 Kb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi24,65 Kb.
#240906
1   2   3   4
Bog'liq
topshiriq 1 Oynazarov Nuriddin

Xavfsizlikni o‘rganish tartibi

Hozircha xavflarning etarlicha to‘liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu o‘qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko‘rsatadi.

Xavflar hozirgi vaqtda quyidacha taksonomiya qilingan: a) Kelib chikish tabiatiga ko‘ra:

tabiiy;

texnikaviy;

antropogen (inson bilan bog‘liq);

ekologik;

aralash (ikkita va undan ortiq). b) Rasmiy standart bo‘yicha:



  • fizik;

  • kimyoviy;

  • biologik;

  • psixofiziologik.

v) Salbiy oqibatlarining yuzaga kelish vaqtiga ko‘ra:

  • impulsiv (birdaniga, tez);

  • kumulyativ (sekin, to‘planib, keyin, yig‘iluvchi).

g) O‘rni, joyi, lokalizatsiyasi (chegaralanishi) bo‘yicha:

  • litosferadagi;

  • gidrosferadagi;

atmosferadagi;  kosmosdagi.

d) Keltiradigan zarariga ko‘ra: ijtimoiy;


  • iqtisodiy;

  • texnik;

  • ekologik va boshqa.

e) Kelib chiqish sohasiga ko‘ra:

  • turmushdagi;

  • sportdagi;

  • yo‘l – transportdagi;

  • ishlab chiqarishdagi;  harbiy sohadagi va boshqa yo) strukturasi, tuzilishiga ko‘ra:

  • sodda, oddiy;

  • hosila (oddiylarning ta’sirida hosil qilingan). j) Insonga ta’sir qilish xarakteriga ko‘ra:

  • faol (aktiv);

  • sust (passiv), ular energiya ta’sirida aktivlashadi. z) Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra:

  • toliqish;

  • kasallanish;

  • jarohatlanish;

  • falokatlar;

  • yong‘in;

  • o‘lim xavfi va boshqa.

Xavfning nomenklaturasi.

Nomenklatura – ma’lum bir belgilariga ko‘ra tartibga solingan, tizimlashtirilgan nomlar, terminlar ro‘yxatidir.

Hozirgi vaqtda xavfning alfavit tartibidagi nomenklaturasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u qisqacha qo‘yidagi ko‘rinishga egadir.

Alkogol, anomal harorat, anomal nisbiy namlik, anomal havo tezligi, anomal barometrik bosim, anomal yoritilganlik, anomal ionlashgan havo, analizatorlarning zo‘riqishi, aylanish va harakatlanish tezligi, aqliy zo‘riqish, bosim ostidagi idishlar, bug‘, balandlik, gazlar, gerbitsidlar, gipodinamiya, gipokineziya, dinamik zo‘riqish, dorilar, etarsiz mustahkamlik, yomg‘ir, yopiq sig‘im, yong‘in, yong‘inga xavfli moddalar, yorug‘lik oqimining pulsatsiyasi, zaharli moddalar, zanglash, zaharlanish, issiq yuza (sirt), infratovush, infraqizil nurlar, ishchi vaziyat, ishchining noto‘g‘ri harakati, kasalliklar, kinetik energiya, kishilarning xato harakati, lazer nurlari, mashina va mexanizmlarning aylanuvchi qismlari, muz, magnit maydoni, makroorganizmlar, meteoritlar, mikroorganizmlar, momoqaldiroq, monotonlik, mashina va mexanizmlarning zo‘riqishi, nonormal ruhiy vaziyat, notyokis yuza, olov, portlovchi moddalar, pestitsidlar, radiatsiya, rezonans, suv, suv bosishi, suv toshqini, sovuq yuza (sirt), statik zo‘riqish, statik elektr zaryadlari, tutun, toyg‘oq (sirg‘anchiq) yuza, tuman, to‘lqin zarbasi, tezlanish, toliqish, uchqun, uyqusizlik, ultratovush, ultrabinafsha nurlar, xazonrezlik, chuqurlik, chang, charchash, shovqin, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, emotsional zo‘riqish, yuqoridan qulash (yiqilish), yuqori ravshanlikdagi yorug‘lik, yuqori chastotali tok, yashin, o‘tkir predmetlar (uchli, qirrali, kesuvchi va h.k.), qasmoq, qurol-yarog‘, qor bosishi, qor ko‘chishi, quyosh aktivligi, qo‘yosh zarbasi, harakatlanuvchi mexanizmlar, havoning gaz tarkibini buzilishi va b.). Aniq tekshirishlar va tadqiqotlar o‘tkazishda alohida ob’ektlar, ya’ni, ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, ish jarayonlari, kasb turlari bo‘yicha ham xavf nomenklaturasi tuziladi

“Sabablar va xavflar daraxti” – tizim sifatida.

Ob’ektlar xavfsizligini tahlil qilish.

Har qanday xavf bir yoki bir nechta sabablar tufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda zarar etkazadi. Sababsiz real (bor bo‘lgan) xavflar yuzaga kelmaydi. Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan himoyalanish, ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlashga, o‘rganishga asoslangan.

Ehtimol qilingan xavf ma’lum ketma-ketlik asosida o‘rganiladi va ushbu ketma-ketlik qo‘yidagi ko‘rinishda bo‘ladi . 1-Bosqich –Xavfni dastlabki tahlil qilish. a) xavf manbalarini aniqlash;

b) tizimning ushbu xavfni keltirib chiqaruvchi elementlarini aniqlash;

v) tahlilda ma’lum chegaralar o‘rnatish, ya’ni o‘rganilmaydigan xavflarni ajratish.

2-Bosqich - Xavflarni sodir bo‘lish ketma-ketligini aniqlash, «hodisalar va xavflar daraxti»ni qurish.

3-Bosqich. Oqibatni tahlil qilish.

YUqorida keltirilgan xavfni o‘rganish ketma-ketligining 1 va 2 bosqichlari hodisa (oqibat) sodir bo‘lishidan, ya’ni faoliyat jarayoni boshlanishidan oldin amalga oshiriladi va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi, 3-bosqichdan esa kelajakda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish uchun foydalaniladi.

“Sabablar va xavflar daraxti”ni qurish

YUzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o‘rtasida o‘zaro sabab-oqibat bog‘lanishi mavjud, xavf ma’lum bir sabab oqibatidir, u esa, o‘z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va hokazo.

SHunday qilib, sabablar va xavflar kerakli, ierarxik zanjirli strukturalar yoki tizimlarni hosil qiladi. Bunday bog‘lanishlarning grafik ko‘rinishi, shoxlanib ketgan daraxtni eslatadi.

Obektlar xavfsizligining tahliliga bag‘ishlangan xorijiy adabiyotlarda shunday tushuncha (termin)lar ishlatiladi: «sabablar daraxti», «buzilishlar daraxti», «xavflar daraxti» va «hodisalar daraxti». Ko‘rilayotgan daraxtlarda qoida bo‘yicha sabab va xavf shoxchalari mavjud bo‘ladi. Bu esa, sabab-oqibat bog‘lanishlarining dialektik xususiyatga ega ekanligini to‘liq namoyon qiladi. Bu shoxchalarni bir-biridan ajratish maqsadga muvofiq emas, ba’zida aslo iloji yo‘q. SHu sababli obektlarning xavfsizligini tahlil qilish jarayonida hosil bo‘lgan graflk ko‘rinishlar «sabablar va xavflar daraxtlari» deb aniq aytiladi.

«Daraxt»larni qurish har xil ko‘ngilsiz hodisalarning sabablarini aniqlashda juda katta samara beradigan usul hisoblanadi. «Daraxt» shoxlanishining ko‘p bosqichli jarayoni, uning chegaralarini aniqlash maqsadida cheklashlar kiritishni talab qiladi va bu cheklashlar ilmiy izlanishlarning maqsadiga butunlay bog‘liq boladi. Umuman, shoxlanishning chegarasi yangi shoxlar hosil qilinishining mantiqiy maqsadga muvofiqligi asosida aniqlanadi.

Mantiqiy amallar (logik operatsiyalar) mos keluvchi maxsus belgilar bilan belgilanadi (1- rasm). Eng ko‘p qo‘llaniladigan amal

(operatsiya)larga «VA» («I»), «YOKI» («ILI») kiradi. "VA" operatsiyasi shuni ko‘rsatadiki, chiqish ma’ lumotlarini qabul qilish uchun, kirish ma’lumotlaridagi barcha shartlar bajarilishi muhim. "YOKI" operatsiyasi esa ma’lumotlarni olish uchun, kirish ma’lumotlaridagi bironta shartga rioya qilingan bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.

Boshqacha aytganda «VA» amali shuni ko‘satadiki. «A» hodisa yuzaga kelishi oldidan, albatta «B» va «V» hodisalarning ikkalasi ham ro‘y berishi lozim, «YOKI» amalida «G» hodisa, agar «D» va «E» hodisalardan birontasi ro‘y bersa (yoki ikkalasi ham) o‘rinli bo‘ladi. «Taqiq» amali shartli hodisa ro‘y bersagina yuzaga kelishini ko‘rsatadi, boshqa mantiqiy belgilardan hodisaning turiga va ro‘y berishiga ko‘ra foydalanish mumkin.

Aprior (ilgaritdan tajribalarga asoslanmasdan) tahlilda izlanuvchi berilgan tizim uchun potensial bo‘lishi mumkin bolgan shunday ko‘ngilsiz hodisalarni tanlaydi va ularning sodir bolishiga olib keluvchi har xil holatlar to‘plamini tuzishga intiladi.

Aposterior (tajriba va faktlarga asoslangan) tahlil ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bergandan keyin o‘tkaziladi. Bunday tahlilning maqsadi - kelajak uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.


Download 24,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish