Xavfsizlik nazariyasining asosiy tushunchalari



Download 24,65 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi24,65 Kb.
#240906
  1   2   3   4
Bog'liq
topshiriq 1 Oynazarov Nuriddin


Xavfsizlik nazariyasining asosiy tushunchalari

Hayot faoliyati xavfsizligi- inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir. Hayot faoliyati – insonning o‘z manfaatlarini qondirish maqsadidagi kunlik mehnat faoliyati va dam olishi, ya’ni insoniyat yashashining muhim shartidir. Inson yashash davrida o‘zining moddiy va ma’naviy manfaatlarini qondirish maqsadida yashash makonini, muhitini o‘zgartiradi. SHu sababli, ”Hayot faoliyat xavfsizligi” fani inson organizmi bilan uni o‘rab turgan muhit o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘lanish va ta’sirni o‘rganadi. Ma’lumki inson o‘z faoliyatini tabiiy, maishiy, ishlab chiqarish, shahar muhiti va favqulodda holatlar sharoitida amalga oshirishi mumkin. Inson har qanday muhit sharoitida faoliyat yuritmasin inson va muhit o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshi ta’sir yuzaga keladi. SHu sababli inson faoliyati ikki maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi: O‘z faoliyati davomida ma’lum samarali maqsadga, manfaatga erishish. Faoliyati davrida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish, ya’ni faoliyatni xavfsiz va zararsiz bo‘lishini ta’minlash.

Ko‘ngilsiz holatlar deganda insonning hayoti va sog‘liga zarar etishi tushuniladi. Inson faoliyati davomida uning hayoti va sog‘ligiga zarar etkazuvchi har qanday holat, vaziyat, vositalar xavflar deyiladi. Xavflar ta’sirida inson sog‘ligiga zarar etadi, hayoti xavf ostida qoladi va organizmning me’yoriy faoliyati qiyinlashadi. Hayot faoliyati xavfsizligi – ushbu maqsadga olib boruvchi yo‘l, uslub va vositalar majmudir. U atrof-muhit va insoniyatga tahdid soluvchi xavflarning tabiatini, ularni yuzaga kelish va ta’sir etish qonuniyatlarini, xavflarni yuzaga kelishini oldini olish tadbirlarini, xavflardan himoyalanish usullari va xavf ta’sirida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganuvchi ilmiy bilimlar sohasi hisoblanadi. Hayot faoliyati xavfsizligi fani – inson hayotiy faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish va insonni texnosferadagi antropogen hamda tabiiy xavflardan himoyalashga qaratilgan tadbirlar majmui va vositalar tizimini o‘rganadi.

Hayot faoliyati xavfsizligi – insonni texnosfera bilan qulay va o‘zaro xavfsiz ta’sirini o‘rganuvchi fandir. Inson uchun qulay va xavfsiz faoliyat sharoitini yaratish quyidagi vazifalarni echishni talab etadi: Xavflar identifikatsiyasi, ya’ni xavf manbalari, yuzaga kelish sabablarini soniy baholash va tahlil etish.

Iqtisodiy samarali yo‘llar asosida xavflarni bartaraf etish yoki xavfli va zararli omillar ta’sirini bartaraf etish. Xavfli va zararli omillar ta’siri oqibatlarini bartaraf etish va mavjud xavflardan himoyalash. YAshash muhitining qulay (“komfort”) holatini yaratish. Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi amaliy vazifalarning asosiy yo‘nalishlari baxtsiz hodisalar sabablarini oldini olish va xavfli holatlarni yuzaga kelishini bartaraf etishdan iboratdir. «Hayot faoliyati xavfsizligi» insonning hayotida sodir bo‘ladigan turli formadagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar vatadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi. Insonning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda, ilmiy-nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin to‘tadi.

Hozirgi davrda ayniqsa, antropogen (inson) omil yaqqol sezilmoqda. Antropogen omillar bu insoniyat hayot faoliyati natijasidir. Fanining asosiy maqsadi insonning barcha ko‘rinishdagi faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli omillar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo‘llari, faoliyat xavfsizligini ta’minlash hamda ishlab chiqarishdagi faoliyatida xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish, ekologiyaning mazmun mohiyati va uning asosiy muammolari,yuzaga kelayotgan ekolgik inqirozlar va ularning sabablari o‘rganishdan iboratdir

Hayot faoliyati – insonning o‘z manfaatlarini qondirish maqsadidagi kunlik mehnat faoliyati va dam olishi, ya’ni insoniyat yashashining muhim shartidir. Inson yashash davrida o‘zining moddiy va ma’naviy manfaatlarini qondirish maqsadida yashash makonini, muhitini o‘zgartiradi. SHu sababli, ”Hayot faoliyat xavfsizligi” fani inson organizmi bilan uni o‘rab turgan muhit o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘lanish va ta’sirni o‘rganadi. Ma’lumki inson o‘z faoliyatini tabiiy, maishiy, ishlab chiqarish, shahar muhiti va favqulodda holatlar sharoitida amalga oshirishi mumkin. Inson har qanday muhit sharoitida faoliyat yuritmasin inson va muhit o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshi ta’sir yuzaga keladi. SHu sababli inson faoliyati ikki maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi:


  1. O‘z faoliyati davomida ma’lum samarali maqsadga, manfaatga erishish.

  2. Faoliyati davrida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish, ya’ni faoliyatni xavfsiz va zararsiz bo‘lishini ta’minlash.

Ko‘ngilsiz holatlar deganda insonning hayoti va sog‘liga zarar etishi tushuniladi. Inson faoliyati davomida uning hayoti va sog‘ligiga zarar etkazuvchi har qanday holat, vaziyat, vositalar xavflar deyiladi. Xavflar ta’sirida inson sog‘ligiga zarar etadi, hayoti xavf ostida qoladi va organizmning me’yoriy faoliyati qiyinlashadi.

Faoliyat – ma’lum darajada xo‘jalik samarasiga erishish maqsadida inson bilan tabiat hamda antropogen muhitning maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sir jarayonidir. Xavf – tirik yoki o‘lik materiyaning insoniyat sog‘ligiga, tabiatga va material boyliklarga zarar etkazuvchi, baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib keluvchi salbiy xususiyatlaridir. Baxtsiz hodisalarning sabablari deb faoliyat davrida ma’lum shartsharoitlar asosida yuzaga keladigan potensial xavflarga aytiladi yoki baxtsiz hodisalarning sabablari amaldagi xavfsizlik qonun-qoidalari, me’yorlar, standartlar, nizomlar va boshqa shu kabi xavfsizlikni ta’minlovchi talablarni buzilishidir.

Baxtsiz hodisalarning sabablari quyidagi turlarga bo‘linadi:


  • texnikaviy;

  • tashkiliy;

  • sanitar-gigienik;  psixofiziologik

Insonning har qanday faoliyati potensial xavfli hisoblanadi. SHu bilan bir vaqtda xavf darajasini, tavakkalchilikni boshqarish mumkin. Xavfni boshqarish tavakkalchilikni maqbul konsepsiyasi mavjudligini tasdiqlaydi. Bu tushuncha har qanday sharoitda ham absolyut xavfsiz faoliyat bo‘lmasligini asoslaydi.


Download 24,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish