Ergonomika, har qanday fan kabi, quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- tadqiqot ob'ekti;
- o'rganish mavzusi;
- ilmiy tadqiqotlar asoslari;
- fan oldida turgan vazifalar;
- tadqiqot va muammolarni hal qilish usullari.
Ergonomik tadqiqotlarining maqsadi — xodimning ishlab chiqarishdagi tabiiy, ijtimoiy-psixologik va texnik-tashkiliy sharoitlarga moslashuvini osonlashtirishdan iborat.
Ergonomika diqqat markazida ishlab chiqarishdagi aniq sharoitlarda inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitini inson organizmi xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirish yoʻllari va usullarini topish turadi.
Ergonomika oʻz tadqiqotlari asosida mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat jarayonini qayta tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |