Xarashkat, Kanka, Qanqatepa miloddan avvalgi 3-asr



Download 31,32 Kb.
bet2/2
Sana10.04.2022
Hajmi31,32 Kb.
#540793
1   2
Bog'liq
Qanqa, Shoshtepa shaharsozlik madaniyatlari Mingo’rik shaharsozligi

MINGO‘RIK – arxeologik yodgorlik, qadimiy shahar xarobasi qoldig‘i (1–13-asrlar). Mahalliy aholi o‘rtasida u Afrosiyob tepasi nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. To‘rtburchak arkka yondoshgan minora-qasr va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. 19-asrga oid shahar xaritasida maydoni 30–35 ga ekanligi ko‘rsatilgan. Toshkent temir yo‘l vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar xarobasi o‘rnida 19-asrda katta o‘rikzor bo‘lganligi uchun shunday atalgan. Hozir shahar qurilishi munosabati bilan Mingo‘rik hududining oldingi relyefi va yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida Mingo‘rikning bir qismigina saqlangan. Birinchi marta 1896 yil (Ye.T. Smirnov, N.S.Likoshin tomonidan), keyin 1912 yil (A.I.Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi a’zolari tomonidan) qayd qilingan. 20-yillarda M.Ye.Masson, 40–50-yillarda T.Mirg‘iyosov, V.I.Sprishevskiy, Yu.F.Buryakov arxeologiya kuzatish ishlari olib borgan. Birinchi qazish ishlari O‘zbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti (Yu.F. Buryakov, D.G.Zilper, O.V. Obelchenko) tomonidan o‘tkazilgan, 1968 yildan Toshkent arxeologiya eks¬peditsiyasi mazkur arxeologik yodgorlikni o‘rganishni boshlagan. Uning ishlari 2008 yildan davom ettirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga (2008 yil 2 aprel) muvofiq, Mingo‘rik shahar xarobasi qoldiqlari konservatsiya qilindi (2008).
[nggallery id=9]
Mingo‘rikda olib borilgan ilmiy tekshirishlar natijasida shahriston (15 gektar) va ark (0,5 gektar) maydonlari, shahar hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan.
1-bosqichda o‘ziga xos xochsimon tarhli, uchta ichki gumbazli xonalari bo‘lgan mahobatli me’moriy-qurilish majmui bunyod etilgan. Bino devor bilan o‘ralgan. O‘z davrida bino bir necha marotaba ta’mirlangan, yarim aylana burj va mo‘lalari o‘sib borgan, shu bilan birga asrlar mobaynida binoning asosiy vazifasi saqlanib qolgan. Bu majmua tepasidagi otashgohda o‘t yoqish va undan hosil bo‘lgan muqaddas kullarni muntazam ravishda to‘plab, yig‘ib borish bilan bog‘liq bo‘lgan. Qurilish qoldiqlari va funksional belgilar tahliliga ko‘ra, bino milodning dastlabki asrlarida o‘t va quyoshga topingan mahalliy aholi tomonidan qurilgan. Tadqiqot natijalari Toshkent vohasi qadimda Qang‘ davlatining milodning boshlaridagi diniy markazlaridan biri bo‘lgan, deb hisoblash imkonini berdi. Uning atrofida, kelajakdagi ilk shahar markazi shakllangan. 2-bosqichda (5–6-asrlar) shahar tez sur’atda rivojlanib, aholi soni oshib borishi natijasida mustahkam ark va shahristonga ega yirik shahar markaziga aylangan. 7-asr boshida shahar Chochning poytaxti bo‘lgan. Arab manbalarida tilga olingan «Madinat ash-Shosh» shu yodgorlikning aynan o‘zi deb hisoblanadi. 3-bosqichda (7–8-asrlar) shahar eng yuksalgan davrda bo‘lgan. Barcha me’moriy qurilish uslublari majmuasi, ichki bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish, uy-ro‘zg‘or asbob-uskunalari, idishlar Mingo‘rikning umumso‘g‘d madaniyati asosida So‘g‘d, Farg‘ona va O‘rta Osiyoning boshqa joylari bilan mustahkam aloqada rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga shahar turmush tarzida ko‘chmanchi qabilalarning ta’siri katta bo‘lgan. Shahar qurilishi kengayib borgan sari eski qal’a devorlari torlik qilib, uning xarobalari ustiga shahriston uylariga nisbatan salobatli qasr majmuasi – Choch hukmdorlarining saroyi qurilgan. Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli xonalar va ibodatxonalardan tashqari qo‘shimcha xonalar (xo‘jalik ehtiyojlari uchun) ham bo‘lgan. Bu davrda Choch o‘lkasi Turk xoqonligiga tobe bo‘lgan. San’at va madaniyat rivojlangan. Manbalarda qayd etilishicha, musiqa va raqs san’ati, ayniqsa, yuksak pog‘onaga chiqqan. 8-asr boshlarida Choch poytaxti xarobaga aylangan. 10-asrda Mingo‘rikning bir qismidagina hayot tiklangan va 13-asrgacha davom etgan. Markaz yangi shahar – Binkatga ko‘chirilgan.
Download 31,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish