Xarajatlar smetasi – Budjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida. Smeta, uning elementlari


-rasm. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi



Download 467,55 Kb.
bet2/2
Sana25.03.2022
Hajmi467,55 Kb.
#510421
1   2
Bog'liq
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ularni ro’yxatdan o’tkazish

1-rasm. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi


Vaqtinchalik xarajatlar smetasi - Budjet tashkilotining yoki Budjet mablag’lari oluvchining xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro’yxatdan o’tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo’lib, unda qonun hujjatlaridagi o’zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan Budjetdan ajratiladigan mablag’lar har oy uchun aks ettiriladi.
Smetalarning quyidagi turlari amalda qo’llaniladi:







Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan alohida olingan muassasa bo’yicha tuziladi.


Umumlashtirilgan smetalar bir budjet bo’g’inidan moliyalashtiriladigan muayyan bir tarmoqning bir tur(tip)dagi muassasa va tashkilotlari bo’yicha tuziladi.
Yig’ma smetalar bir budjet bo’g’inidan moliyalashtiriladigan muayyan bir tarmoqqa tegishli barcha muassasa va tashkilotlari bo’yicha tuziladi.
Budjet mablag’lari budjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, budjet ijrosi jarayonida belglangan tartibda ularga kiritilgan o’zgarishlarni hisobga olgan xolda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi.
Smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari bo’yicha rejalashtiriladi:






Xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) budjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga hamda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining choraklar bo’yicha taqsimlangan yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi. (O’zR VM 19.07.2007
y. 148-son Qarori taxriridagi band)

Xarajatlar smetalariga faqat Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, shu bilan birga belgilangan xarajatlar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimiyatlar tomonidan, ularga berilgan huquklar doirasida nazarda tutilgan xarajatlar kiritiladi.


Doimiy faoliyat ko’rsatuvchi budjet tashkiloti bo’yicha xarajatlar smetalari 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan muddatga tuziladi va amal qiladi. Joriy yilda ishga tushiriladigan tashkilotlar bo’yicha esa ularning budjet yilida ishlagan muddatiga tuziladi va amalqiladi.
Xarajatlar smetalari tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining amaldagi iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhi bo’yicha, boshqa xarajatlar va ularning hisob-kitobini o’z ichiga olgan to’liq yoyilmasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllari asosida tuziladi. Tashkilotlarning xarajatlar smetalari tegishli yuqori organlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
I-guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali onalarga nafaqalar, stipendiyalar va boshqalar) ga quyidagi xarajat turlari kiradi:

  • “Ish haqi”

  • “Umumta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini rag’batlantirish Direktor fondi mablag’lari” (Faqat umumta’limmaktablarida)

  • Stipendiyalar

Umuman olganda, budjet tashkilotlari xodimlari ish xaqini hisoblashda ular mehnatiga haq to’lashning Yagona Tarif Setkasi qo’llaniladi. YaTS O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatiladi. U 22 ta razryaddan va har bir razryad uchun o’rnatilgan tegishli tarif koeffitsientlaridan iborat. Yagona Tarif Setkasi qonunan o’rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga asoslanadi va budjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun qo’llaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to’lashning tarmoq setkasi qo’llaniladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, sog’liqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to’lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.
Kod 01200 “Ish haqiga ustamalar” (Ish beruvchilarning ajratmalari):

Bu kodda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona ijtimoiy to’lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar 01100 kod bo’yicha ko’rsatilgan summaga nisbatan o’rnatilgan foizlarda hisoblanadi. 2013 yil uchun yagona ijtimoiy to’lov miqdori mehnat haqi fondiga nisbatan 25 foiz qilib belgilangan.


IY guruh «Boshqa xarajatlar» tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga mos xarajat kodlari kiradi:

  • «Xizmat safarxarajatlari»

  • «Kommunal xizmatlarni to’lashxarajatlari»

  • «Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari»

  • «Joriy ta’mirlash xarajatlari»

  • «Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to’lash xarajatlari»

  • «Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlarni va oziq- ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari»

  • « Boshqa joriyxarajatlar»

  • «Asosiy kapital aktivlarni sotibolish»

  • «Noishlab chiqarish sohasidagi kapital ta’mirlashxarajatlari».

IV guruh moddalari bo’yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob qilishning o’ziga hos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • amaldagi narhlar va tariflar asosida hisoblabchiqariladi;

  • natural shaklda ajratilgan limitlar asosidaaniqlanadi;

  • hisoblagichlarning ko’rsatkichlari bo’yicha o’tgan yildagi haqiqiy xarajatlar inobatgaolinadi;

  • har bir birlik uchun o’rnatilgan xarajat me’yorlariga rioyaetiladi;

  • energo-yoqilg’i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioyaetiladi.




i


Download 467,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish