O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishining afzalliklari va yo‘qotishlari
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida har qanday mamlakatning global iqtisodiy tashkilotlarga qo‘shilishi ushbu mamlakat uchun ma’lum bir yo‘qotishlar bilan birga katta afzalliklarni ham beradi. Bugungi sharoitda mamlakatlarning siyosiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, xalqaro tashkilotlarga qo‘shilishdan olinadigan afzalliklar yo‘qotishlardan ustun bo‘lmoqda.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan, bugungi kunda jahon mamlakatlarining xalqaro savdodagi ishtirokini muvofiqlashtiruvchi birlashma Jahon savdo tashkiloti hisoblanadi. Ushbu tashkilotga qo‘shilishning o‘zaro kelishgan shartlarining mavjudligi har qanday mamlakatning ham tashkilotga a’zo bo‘lishida ma’lum bir talablarni qo‘yadi.
JSTga a’zo bo‘lish jarayoni uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, to‘rt bosqichdan iborat (6.9-jadval).
6.9-jadval
JSTgaa’zobo‘lishbosqichlari106
Bosqichlari
Talablar
Tayyorgarlik bosqichi
Mamlakatlardan Jahon savdo tashkiloti doirasidagi kelishuvlarga taalluqli savdo va iqtisodiy masalalar mazmunini ochib berish talab etiladi. Ushbu ma’lumotlar “Tashqi iqtisodiy rejim to‘g‘risidagi Memorandum” shaklida taqdim etilishi zarur.
Muzokaralar bosqichi
Ishchi guruh va a’zolikka da’vogar mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar boshlanadi. Bu muzokaralar tarif stavkalari, bozorlarga kirish bo‘yicha aniq majburiyatlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga tegishli bo‘lib, Jahon savdo tashkiloti doirasidagi kelishuvlarga taalluqlidir.
A’zolik shartlarini loyihalashtirish bosqichi
Ishchi guruhi ikki tomonlama muzokaralarni tugatgandan so‘ng a’zolik shartlarini shakllantiradi. Ushbu shartlar “A’zolik to‘g‘risidagi Protokol” va a’zo bo‘layotgan mamlakat imzo qo‘yishi lozim bo‘lgan
ro‘yxatda aks ettiriladi.
Qaror qabul qilish bosqichi
Hisobot, protokol va majburiyatlar ro‘yxati Jahon savdo tashkiloti Bosh Kengashi yoki Vazirlar konferensiyasiga taqdim etiladi. Agar Jahon savdo tashkiloti a’zolarining uchdan ikki qismiga teng ovoz to‘plansa, mamlakat Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘ladi.
Birinchi bosqichda JSTga qo‘shilishni xohlovchi davlatlarning hukumat boshliqlari JSTda kuzatuvchilik huquqini beruvchi ariza beradi. Bunda hukumat JSTga yuboruvchi o‘z memorandumida mamlakatning savdo va iqtisodiy siyosatini to‘liq qamrab olgan jihatlarni takdim etadi. Bu memorandumga qo‘shilish to‘g‘risidagi so‘rovlarni to‘liq o‘rganish uchun asos bo‘ladi. Shundan so‘ng JSTga ariza beruvchi davlatlar bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.
Ikkinchi bosqichda ishchi guruh yig‘ilishlarida ariza bergan hukumat tovar va xizmatlar savdosiga nisbatan o‘z huquq va majburiyatlarini aniqlab olish maqsadada qiziquvchi a’zo mamlakatlar hukumatlari bilan ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar olib boradi. Muzokaralar natijasida JSTga kirayotgan davlat tovarlar va xizmatlar savdosi bo‘yicha bajarishi lozim bo‘lgan va o‘zgartirilmaydigan aniq tariflar beradi.
106 Vaxabov A.V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. / i.f.d., prof. A.V.Vaxabovning umumiy tahriri ostida. – T.: Moliya, 2011. – 708 b.
Uchinchi bosqichda ariza beruvchi davlatning savdo rejimini o‘rganish va bozorga kirishga imkon beruvchi muzokaralar tuzish bilan ishchi guruh asosiy qo‘shilish shartlarini ishlab chiqadi. Ushbu shartlar “A’zolik to‘g‘risidagi Protokol” va a’zo bo‘layotgan mamlakat imzo qo‘yishi lozim bo‘lgan ro‘yxatda aks ettiriladi. Yig‘ilish natijasiga ko‘ra JSTga kirayotgan davlat to‘g‘risida qaror tayyorlaydi va bu hujjatlar Bosh kengash yoki Vazirlar konferensiyasida tasdiqlash uchun takdim etiladi.
To‘rtinchi bosqich qaror qabul qilish bosqichi hisoblanib, hisobot, protokol va majburiyatlar ro‘yxati JST Bosh Kengashi yoki Vazirlar konferensiyasiga takdim etiladi. Qo‘shilish to‘g‘risidagi qaror JST a’zolarining 2/3 qismi ovoz bergan takdirda imzolangan hisoblanadi.
JSTga a’zo bo‘lgan davlat Urugvay raundi qamrab olgan bitimlarni qabul qilishi va amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
MDH mamlakatlaridan Qirg‘iziston, Moldova, Gruziya, Armaniston, Ukraina va Rossiya JSTning a’zolari hisoblanadi. MDH mamlakatlarining JSTga a’zo bo‘lish tajribasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, 2011 yil noyabrda Rossiya va JST o‘rtasida davom etayotgan 18 yillik muzokaralar tugadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga va jahon xo‘jaligiga chuqurroq integratsiyalashib borishga intilmokda. Hozirgi kunda jahondagi iqtisodiy munosabatlarda globallashuv jarayoni tobora kuchayib bormoqda.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va jahon hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunda tashqi aloqalar, ayniqsa, tashqi savdo aloqalarining ahamiyati beqiyosdir107.
Shuning uchun hukumatimiz tomonidan mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlakatimiz JSTga a’zo bo‘lish orqali o‘z eksport salohiyatini yanada oshirishni reja qilmoqda. Hozirgi kunda 164 ta mamlakat JSTga a’zo hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi 1994 yilda a’zo bo‘lish to‘g‘risida ariza topshirgan va shu kundan e’tiboran kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda JSTga a’zolik borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ekspertlar tomonidan ushbu a’zolik orqali qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan natijalar tahlil qilinmoqda108.
107 Vahobov A.V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. – T.: Baqtriya-press, 2015.
108 Margianti E. S. et al. Systematical analysis of the position and further development of Uzbekistan national industry in the case of economic modernization. Monograph. Indonesia, Jakarta, Gunadarma Publisher ISBN 978– 602–9438–41–3. — 2014.
Unga ko‘ra, a’zolik O‘zbekistonga quyidagicha afzalliklar olib kelishi mumkin:
iqtisodiy o‘sish;
bozor mexanizmlarining rivojlanishi;
ishlab chiqarish va eksportning oshishi;
ilmiy - texnik rivojlanish;
korrupsiya darajasini kamaytirish;
yangi tarmoqlar va u bilan bog‘liq ravishda yangi ish o‘rinlarining vujudga kelishi;
raqobat muhitining yaxshilanishi;
xalqaro maydonda harakatlanish uchun keng yo‘l ochilishi.
Mamlakatimizda Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yilda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri AQShning Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha savdo vakili yordamchisi Mark Linskot bilan JSTga a’zo bo‘lish masalasini ko‘rib chiqdi. 2018 yil boshida Xalqaro savdo eksperti Yovan Yekich O‘zbekiston vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi109.
2018 yil 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining JSTga kirishini yangilash va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga BMTning rivojlanish dasturi ko‘magida texnik yordam ko‘rsatishga jalb qilish masalasida Osiyo Taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish bo‘yicha AQSh agentligi (USAID), O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yo‘l haritasi” tasdiqlandi. Ushbu yo‘l haritasida 34 ta tadbir kiritilgan bo‘lib, ular JSTga kirishni yangilash borasida hujjatlarni tayyorlash va mamlakat qonunchiligini muvofiqlashtirishga qaratilgan.
2018 yil boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifida Janubiy Koreya tomoni O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashishini ma’lum qilgan. 2019 yil O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi memorandum loyihasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralari o‘tkazishning tashkiliy va yuridik masalalari ishlab chiqildi. Memorandum mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
2019 yil boshida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari S.Saifnazarov mamlakatimizni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish
109 Kurpayanidi K. I., Abdullaev A. M. Activation of foreign economic relations on the basis of innovative development. Practice of Uzbekistan/ LAP LAMBERT Academic Publishing, European Union, Germany, 2018.
bo‘yicha ishchi guruh raisi Ji-ah Paikni qabul qildi. U uchrashuvda a’zolik masalalari to‘g‘risida fikr almashilindi.
Tashkilotga a’zo bo‘lgach, ko‘pgina taraqqiy topgan davlatlar bilan teng huquqli savdo muzokaralarida ishtirok etish va muammolar yuzasidan murojaat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Holbuki, ushbu jarayon mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga va aholi turmush darajasining oshishiga olib keladi. Umuman, JSTga a’zo davlatlar o‘zaro ko‘p tomonlama savdo muzokaralarini o‘tkazish, savdodagi nizolarni hal etish, a’zo mamlakatlar milliy savdo siyosatini monitoring qilish kabi masalalarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasining 3-ustuvor yo‘nalishi asosida mamlakatimizda valyutani tartibga solish, tashqi savdo, bojxona va soliq qonunchiligini liberallashtirish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda, bu o‘z o‘rnida mamlakatimiz JSTga a’zo bo‘lishi uchun yangi shart-sharoit yaratib beradi.