Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A



Download 0,95 Mb.
bet78/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

1948-2005 yy.



Mintaqa va ayrim
mamlakatlar guruhlari

Yillar



1948



1953



1963



1973



1983



1993



2003



2010




Hajmi, mlrd. AQSh dollari

Jahon

59

84

157

579

1838

3675

7369

10159




Hissasi, %

Jahon

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Shimoliy Amerika

28,1

24,8

19,9

17,3

16,8

18,0

15,8

14,5

Janubiy va Markaziy Amerika

11,3


9,7


6,4


4,3


4,4


3,0


3,0


3,5


Yevropa

35,1

39,4

47,8

50,9

43,5

45,4

46,0

43,0

MDH

-

-

-

-

-

1,5

2,6

3,3

Afrika

7,3

6,5

5,7

4,8

4,5

2,5

2,4

2,9

Yaqin Sharq

2,0

2,7

3,2

4,1

6,8

3,5

4,1

5,3

Osiyo

14,0

13,4

12,6

15,2

19,1

26,1

26,1

27,4

Ayrim mamlakatlar guruhlari:

























GATT/JST
a’zolari

63,4

68,7

72,8

81,8

76,5

89,5

94,3

94,4

Yevropa Ittifoqi

-

-

27,5

38,6

30,4

36,1

42,4

39,4

Sobiq Sovet Ittifoqi

2,2

3,5

4,6

3,7

5,0

-

-

-

Rivojlanayotgan davlatlar

31,4

28,3

22,6

20,2

26,8

25,2

30,3

34,1

Rivojlangan davlatlar

66,4

68,2

72,9

76,3

68,2

73,3

67,1

32,6

XX asrning 50-yillaridan so‘ng jahon iqtisodiyotida tashqi savdo dinamikasining notekisligi namoyon bo‘la boshladi. Bu esa, o‘z navbatida, jahon bozoridagi davlatlar o‘rtasidagi kuchlar nisbatiga ta’sir ko‘rsatdi.
Jahon iqtisodiyotida AQShning hukmronligi pasaya boshladi. Masalan, 1950 yilda AQShning ulushiga jahon eksportining 1/3 qismi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib faqat 1/8 qismi to‘g‘ri kelgan edi. O‘z navbatida, Germaniya eksporti Amerikanikiga yaqinlashdi, hatto ayrim yillarda undan ham oshib ketdi. Germaniyadan tashqari boshqa G‘arbiy Yevropa davlatlarining eksporti ham o‘sdi. 90-yillarda G‘arbiy Yevropa xalqaro savdoning asosiy markazlaridan biriga aylandi. Uning eksporti AQShnikiga nisbatan qariyb 4 barobarga o‘sdi.

  1. asrning 80-yillariga kelib xalqaro savdo sohasida Yaponiya katta o‘sishga erishdi. 1983 yilda u birinchi marta mashina eksporti bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi. Yaponiya jahonda yengil va yuk avtomillarini, kundalik elektrotexnika asbob-uskunalar va boshqalarni olib chiqish bo‘yicha boshqa davlatlardan ancha oldinlab ketdi. Yaponiya eksportining 1/3 qismi AQShga to‘g‘ri keladi. AQShning Yaponiya bilan bo‘ladigan savdodagi defitsiti 90-yillarda 50-60 mlrd. doll.ni tashkil etdi.

80-yillarning oxiriga kelib Yaponiya raqobatbardoshlik omillari bo‘yicha ilg‘or davlatlardan biri bo‘lib qoldi. Bu davrda unga “yangi industrial davlatlar” Singapur, Gonkong, Tayvan qo‘shildi. Ammo 90-yillarning o‘rtalariga kelib AQSh yana raqobatbardoshlik omillari bo‘yicha oldingi o‘rinlarga chiqib oldi. Undan keyin Singapur, Gonkong, Yaponiya bormoqda. Raqobatbardoshlik omillari bo‘yicha Fransiya – 17, Xitoy – 34, Turkiya – 40, Rossiya – 48 o‘ringa ko‘tarildi. Gretsiya, Meksika, Polsha, Vengriya va Venesuela esa ro‘yxatning eng oxirida turadi.
Jahon savdosida Oxirgi yillarda o‘sish kuzatilmoqda va bu jarayon barcha mintaqalarga taalluqlidir. Eksport va importning eng tez o‘sish sur’atlari Janubiy va Markaziy Amerika, MDH, Yaqin Sharq va Osiyoda kuzatilmoqda.
Rivojlanayotgan davlatlar hozircha asosan rivojlangan davlatlar uchun xomashyo yetkazib beruvchi bo‘lib qolmoqda. Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan davlatlarning oziq-ovqat va xomashyo (neftdan tashqari) eksportidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.
Rivojlanayotgan davlatlarning o‘z eksportlarini sanoat mahsulotlari hisobiga diversifikatsiya qilishga urinishlari sanoati rivojlangan davlatlarning u yoki bu shakldagi qarshiligiga duch kelmoqda. Shu bilan birga ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa, “yangi industrial mamlakatlar” o‘z eksportlari tarkibini shakllantirishda ancha muvaffaqiyatga erishib, unda tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, shu jumladan, mashina va uskunalar ulushini ko‘paytirmoqda.
Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli ravishda “yangi industrial davlatlar”, ayniqsa, Osiyoning to‘rt “kichik ajdarhosi” (Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur) o‘z eksportlarini tez sur’atlarda ko‘paytirib bormoqda. Ularning jahon eksportidagi ulushi 90-yillarning o‘rtalarida 10-11 %ni tashkil
qilgan edi. Oxirgi o‘n yilliklarda tez rivojlanayotgan XXR 2-3 %ni, AQShning jahon eksportidagi ulushi 12,3 %ni, G‘arbiy Yevropaning eksportidagi ulushi 43
%ni, Yaponiyaning ulushi 9,5 %ni tashkil etgan edi.
Xalqaro tashkilotlarning (BMT, XVF) bergan ma’lumotlariga qaraganda, 1981 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davrda xalqaro savdo yiliga o‘rta hisobda 5,2
%ga o‘sgan, ammo 1990 yildan boshlab uning o‘sishi bir tekis bo‘lmay, ba’zan sekinlashish tendensiyasiga ham ega bo‘lgan. Masalan, 1989 yilda u 8,2 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 1993 yilda 4 %ni tashkil qildi. Ayni bir paytda Osiyo-Tinch okeani mintaqasining “yangi industrial mamlakatlari” tashqi savdosining o‘sish sur’atlari 10-11% ni tashkil etgan.
90-yillarning o‘rtalari va 2000-yillarning boshlarida jahon savdosining tez o‘sishi asosan AQSh, Italiya, Kanada, Ispaniya importining keskin o‘sishi bilan, shuningdek, sanoati rivojlangan davlatlarning (Yaponiyadan tashqari) Uzoq Sharq mamlakatlari va Lotin Amerikasi bozorlaridagi kon’yukturalarining yaxshilanishi bilan bog‘liqdir.
Jahon iqtisodiyotida alohida davlatlarning dunyo savdosi taraqqiyotidagi ahamiyatini ko‘rib chiqar ekanmiz, 1990-yillarda AQSh dunyodagi eng yirik eksport qiluvchi davlat bo‘lgan. Bu davlatning tashqi savdo hajmi 1-1,5 trln. dollarni tashkil qilib, dunyo umumiy savdo hajmining 28-29% ni tashkil qilgan edi. AQSh ketidan Germaniya (802 mlrd. dollar – 18,8%), so‘ng Yaponiya (672 mlrd. dollar – 15,8%) turgan. 90-yillarda dunyoning o‘nta eng yirik savdo mamlakatlariga – Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Gollandiya, Gonkong, Belgiya (Lyuksemburg bilan birgalikda)ni kiritish mumkin. Eksportning eng yuqori o‘sish sur’atlarini Xitoy, Singapur, Chili va Finlyandiyada kuzatish mumkin. 2000-yillarning boshida Markaziy va Sharqiy Yevropa eksportning o‘sish sur’atlari bo‘yicha Osiyodan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.
Jahon savdosining eng dinamik va intensiv rivojlanayotgan sohasi ilmtalab tovarlar bilan savdodir. Jahon iqtisodiyotida ilmtalab mahsulotlar eksporti yiliga
500 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Yuqori texnologiyali mahsulotlarning sanoati rivojlangan davlatlar eksportidagi ulushi 40%ga yaqin. Mashina va uskunalar bilan savdoning roli sezilarli ravishda o‘sdi. 1980 yildan 2000 yilgacha sanoati rivojlangan davlatlardan mashina va uskunalarning eksporti uch marta o‘sdi. Elektrotexnika va elektron uskunalar eksporti eng tez sur’atlar bilan o‘smoqda. Mashina-texnika mahsulotlari eksportining 25 %i ularning ulushiga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro savdoning tez rivojlanayotgan sohalaridan yana biri kimyo mahsulotlari savdosidir. Shuningdek, hisob-kitoblarga ko‘ra, jahonda xalqaro xizmatlar savdosi ham keskin sur’atlarda o‘sgan, XXI asrning birinchi o‘n yilligida 1990 yilga nisbatan uning eksporti 2,68 marta, importi esa 2,54 marta ortgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarga kelsak, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo va Tinch
okeani mintaqalarida bu turdagi savdo hajmi o‘rtacha 5 martagacha oshgan. Shuningdek, xizmatlar savdosining tarkibi ham so‘nggi 15 yil mobaynida tubdan o‘zgarib, undagi sug‘urta, moliya va boshqa xizmat turlarining ulushi ortgan.
So‘nggi yillarda jahon eksportining hajmi o‘sishi bilan birga uning tarkibi ham o‘zgara boshladi. Bu, birinchi navbatda, jahon eksportida turli xizmatlar (ayniqsa transport, turizm, bank-moliya, axborot-kommunikatsion xizmatlarning) ulushining ortishi bilan bog‘liqdir.
Axborot-texnologiya mahsulotlari eksporti va importi mintaqalar miqyosida farq qilib, bu borada, ayniqsa, Osiyo mamlakatlari katta yutuqlarga erishgan. XXI asrning boshiga kelib ularning axborot-texnologiya mahsulotlarini jahon eksportidagi ulushi 50 foizga oshib ketgan bo‘lib, ushbu mahsulotlarning jahon importidagi hissasi esa 40 foizni tashkil etdi. Osiyo mamlakatlari ichida axborot- texnologiya mahsulotlari savdosi bo‘yicha Xitoy eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlat hisoblanadi.
Yevropa mamlakatlari axborot-texnologiya mahsulotlarining eksporti va importi bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Shimoliy Amerikaning jahon savdosida axborot-texnologiya mahsulotlari eksporti va importi bo‘yicha ulushi pasaydi va oqibatda bu mahsulot turi bo‘yicha mintaqa eng katta sof import qiluvchiga aylandi. Janubiy-Markaziy Amerika, Afrika, Yaqin Sharq va MDH mamlakatlari hanuzgacha ushbu mahsulot turlari bo‘yicha jahon eksportida past o‘rinlarni egallamoqdalar. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlar ayni vaqtda axborot- texnologiya mahsulotlarining yirik importyorlari hisoblanadi.
Umuman olganda, jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro savdodagi o‘zgarishlar O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham o‘ta muhim hisoblanadi.
Birinchidan, milliy iqtisodiyot uchun xalqaro savdoning rivojlanishi iqtisodiyot globallashuvi ijobiy yutuqlaridan foydalanilganlikni ko‘rsatadi.
Keyingi 30 yil ichida YaIMning, eksport va import ulushining o‘sishi ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarda xalqaro savdoning o‘rni o‘sayotganligini ifodalamoqda. Sharqiy Osiyo davlatlarida va Tinch okean hududlarida bu 24 foizdan 54 foizgacha, Lotin Amerika davlatlari va Karib havzasi hududlarida 15 foizdan 25 foizgacha o‘sgan99.
Ikkinchidan, jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiyotning har xil guruhlarida o‘zgarishlarga olib keldi: uchinchi guruhlarning (asosan axborot sohasi bo‘yicha) birinchi va ikkinchi guruhlaridan ustun kelishi. Bu o‘zgarishlar, oxir-oqibat, xalqaro savdo tizimida o‘zgarishlarga olib keldi. Natijada, xalqaro almashinuvga kirmagan ba’zi xizmatlar savdosining ahamiyati oshdi100.


99 Entaring the 21-st Century. World Development Report 1999-2000. The world Bank. Washington, 2000. - P. 52.
100 World Economic and Social Survey. 1996. - P. 278-279.
Uchinchidan, xalqaro savdo jarayonining jahon iqtisodiyotiga nisbatan o‘sishi asosan savdo tizimining xalqaro institutlar, birinchi navbatda, Jahon savdo tashkiloti (JST) faoliyatida erkinlashtirish xo‘jalik faoliyatlarining globallashuviga asos bo‘lmoqda.
Globallashuv jarayoni o‘tgan asrning 80-90 yillarida, avvalo, bir qator jarayonlarning rivojlanishi evaziga yaqqol ko‘zga tashlandi. Ular qatoriga: xalqaro infratuzilmaning jadal rivojlanishi va global telekommunikatsiya tizimining shakllanishi bilan birga xalqaro savdoning yuqori sur’atlarda o‘sishi kabi jarayonlarni kiritish mumkin.
Global axborot tizimi – INTERNETning rivojlanishi nafaqat yangi kommunikatsion tizimga, balki moliyaviy operatsiyalarni, marketingni, reklamani amalga oshirishda, mutaxassislar malakasini oshirishda hamda xalqaro savdoning tez sur’atlar bilan o‘sishi, yangi shakllarining paydo bo‘lishi (elektron savdo) va tarkibi o‘zgarishiga ham olib keldi.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish