Jahon ishchi kuchi bozorining rivojlanish bosqichlari, rivojlangan mamlakatlardagi demografik vaziyat va demografik muammolar
Bugungi kunga qadar iqtisodiyot nazariyasida jahon mehnat bozorining rivojlanishini tadqiq etishga qaratilgan bir nechta nazariy va uslubiy yondashuvlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning har biri jahon miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyot davrlarining ma’lum bir bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ushbu nazariyalarning eng
132 Nazarova G.G., Xaydarov N.X. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. T.: TDIU, 2005. 91-b.
mashhurlaridan biri – bandlikning klassik nazariyasi bo‘lib, u aholining to‘liq bandligini mavjud bozordagi raqobat mavjudligining zaruriy sharti sifatida belgilaydi, bu esa yalpi talabning yalpi taklifga mos kelishiga asoslanadi133.
Bandlik klassik nazariyasining asosiy tamoyillari tashqi bozor aralashuvi natijasida muvozanatdan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan erkin bozor faoliyati mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha yondashuvga asoslangan. Ushbu nazariya tarafdorlari bozor mexanizmini ishlab chiqarishni tiklaydigan hamda daromadlar va xarajatlar balansini ta’minlaydigan, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizm sifatida talqin qilishgan134.
Bandlik nazariyasining yangi konsepsiyasini J.M.Keyns o‘zining 1936 yilda nashr etgan “Bandlik, foizlar va pulning umumiy nazariyasi” nomli fundamental asarida e’lon qildi. Unda bandlik nazariyasiga yangi konseptual yondashuv ko‘rsatilgan bo‘lib, J.Keyns bandlikni tartibga solish mexanizmi bozor iqtisodiyotiga xos emasligini asoslagan holda klassik nazariyani butunlay rad etadi va iqtisodiyotning muvozanatliligiga davlatning tartibga soluvchi roli orqali erishilishini asoslab beradi135.
XX asrning ikkinchi yarmida Keynsning bandlik modeli sanoatlashgan jamiyat modeli bilan almashtirildi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiyotning barcha sohalarida ustun bo‘lgan sanoat texnologik ukladi shakllandi.
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida bandlik nisbati o‘zgardi: qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarning ulushi pasaydi, sanoat tarmoqlari va xizmatlar sohasida bandlik ulushi ortdi.
Shaharlar va shahar aholisining jadal rivojlanishi yuz berdi.
Jahon miqyosida bandlikning sifat jihatlarini belgilab beruvchi umumiy savodlilik darajasi va milliy ta’lim tizimlarining rivojlanishiga alohida ahamiyat berila boshlandi.
Aholi iste’moli darajasi sezilarli darajada oshdi.
Umumiy inson xarajatlari tarkibida mehnat vaqti qiymati nisbatan qisqardi.
Jamiyat rivojlanishidagi demografik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, jumladan, tug‘ilish va o‘lim darajasining pasayishi, umr ko‘rish davomiyligining o‘sishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar kuzatildi.
133Abdurahmonov Q.X., Shoyusupova N.T., Bakiеva I.A., «Mеhnat iqtisodiyoti» (Darslik) – T.: TDIU, 2011 y. -73- b.
134 Сэй Ж.Б. Трактат по политической экономии. Серия «Политическая экономия: ступени познания». - М.: Дело, 2000.–С. 43-44.
135 Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. Избранное. / Дж. М. Кейнс. - М.: ЭКСМО, 2007.
–С. 76-77.
Taraqqiyot qonuniyatlariga asosan, XX asrning ikkinchi yarmi oxirida sanoatlashgan jamiyat modeli postindustrial modelga aylana boshladi. Modellarning o‘zgarishi ko‘p jihatdan mehnat unumdorligining o‘sishi va moddiy ishlab chiqarish sohasidagi talab dinamikasining xarakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan bandlik jarayonidagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Ushbu o‘zgarishlarning asosiy xususiyatlaridan biri – moddiy ishlab chiqarish darajasi o‘sishi bilan sanoatda band bo‘lganlar ulushining kamayishidir. Shunday qilib, rivojlangan mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishi va unda ishlaydigan ishchilar ulushining pasayishi bir vaqtning o‘zida uning umumiy hajmining oshishi bilan ro‘y beradi136. Aytish joizki, Keynsning ushbu yondashuvi yangi bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sharoitida yanada takomillashgan holda o‘z isbotini topmoqda.
Iqtisodiy adabiyotlarda xizmat ko‘rsatish sohasining jadal rivojlanishi ushbu sohadagi bandlik jarayonining muhim sharti sifatida qaraladi. M.Porterning fikricha, bandlik jarayonidagi bunday o‘zgarishlar bir qator omillar – xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi va uning o‘zgarishi, ya’ni ishlab chiqarishga xizmat qiladigan aniq funksiyalarni muayyan korxonadan tashqarida bo‘lgan xamkorlarga topshirishga bog‘liq. M.Porterning hisob-kitoblariga ko‘ra, jalb qilingan xizmatlarning yakuniy mahsulot yoki xizmatga qo‘shilgan qiymatdagi ulushi 80% gacha bo‘lgan qismini tashkil qiladi137.
O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab, dunyoda mehnat turlari asosiy ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha farqlana boshlandi. Ushbu sohada malakali ishchi kuchiga talabning o‘sishiga olib keladigan, mustaqil biznes turi sifatida ajralib chiqadigan yuqori texnologiyali xizmatlarning roli ortib bordi. Bir qator iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, 90-yillarning oxirida xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishiga ehtiyojlarning tortilishi qonuni, intellektual resurslar miqdorining o‘sishi va inson kapitali sifatining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keluvchi iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli omillari ta’sir ko‘rsatdi138. Jahon iqtisodiyotida aholi bandligini shakllantirishning zaruriy sharti bu – yuqori darajada rivojlangan moddiy ishlab chiqarishdir, chunki aynan shu shartga asoslangan holda ishchilarni xizmatlar sohasida qayta taqsimlash uchun shart- sharoitlar yuzaga keladi. Bu tendensiyaga birinchi bo‘lib A.Toffler o‘tgan asrning 60-yillari o‘rtalarida e’tibor qaratgan bo‘lib, uning tadqiqotlarida mehnat shakllari
136 Базылев Н.И. Макроэкономика / Н.И. Базылев, С.П. Гурко, М.Н. Базылева. - М.: ИНФРА-М, 2003. –С. 170-171.
137 Портер М. Конкурентное преимущество: как достичь высокого результата и обеспечить его устойчивость
/ пер. с англ. Е. Калининой. — М.: «Альпина Паблишер», 2008. — 720 с.
138 Иноземцев В.Л. За пределами экономического общества. М.: Академиа — Наука, 1998.–С. 103-104.
sarfidagi asosiy o‘zgarish sifatida rivojlangan mamlakatlar aholisi faoliyatida jismoniy mehnat 50% dan ko‘proq pasayishni boshlaganligi aniqlangan139.
Xizmat ko‘rsatish sohasida bandlikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratadigan ushbu omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ilmiy va texnikaviy taraqqiyotning tarkibiy ehtiyojlari. Ushbu ehtiyojlar ta’sirida transport, moliyaviy, telekommunikatsiya xizmatlari iqtisodiyotning zamonaviy infratuzilmasi asosini tashkil etadi va shu bilan birga, tarmoqlararo munosabatlar tizimini shakllantirish orqali boshqa sohalarda yangi ish o‘rinlarini yaratishni rag‘batlantiradi.
Aholi turmush darajasi dinamikasi. Bu omilni yetarli darajada e’tiborga olinsa, uning mazmun-mohiyatiga ko‘proq daromadga ega bo‘lgan aholi qo‘shimcha xizmatlarga ko‘proq pul sarflashi nazarda tutilgan.
Jamiyatda iste’molchi psixologiyasining o‘zgarishi. Yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida iste’mol madaniyatida o‘zgarishlar yuz berdi140. Shuningdek, aholi daromadlari darajasi qayta baholanmoqda, bu, bir tomondan, ortib borayotgan daromadlar ta’siri va uning mehnat bozoriga ta’sirida aks etadi, ikkinchi tomondan, o‘zlarining shaxsiy maishiy faoliyatini yollanma ishchilar bilan almashtiradigan yangi xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning kengayishiga olib keladi.
Xizmat ko‘rsatish sohasining kengayishi quyidagilarda namoyon bo‘luvchi ishchilarga bo‘lgan talabni ta’minlaydi:
Ishlab chiqarishning tobora murakkablashib borishi va kundalik hayot uchun ishlab chiqarishning o‘sishi ushbu mahsulotni iste’molchiga yetkazish bilan bog‘liq mehnat xarajatlari oshishi bilan birga yuzaga keladi.
Ta’limga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bevosita yangi talablarga muvofiq xodimlarni shakllantirish jarayoniga ta’sir qiladi.
Daromadlarning o‘sishi bilan aholining o‘z salomatligiga munosabati o‘zgaradi, bu esa inson kapitalini shakllantirish omiliga aylanadi. Buning natijasida sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmatni rivojlantirish jarayoni tez sur’atlarda kengayib boradi.
Hayot sifatining sezilarli yaxshilanishi rivojlangan mamlakatlarda umr ko‘rish davomiyligining oshishiga olib keldi, bu esa ijtimoiy xizmatlarning, xususan, qariyalarga xizmatlarning keng spektrini rivojlantirish, sog‘lomlashtirish markazlarini yaratish, dam olish xizmatlarini rivojlantirish kabi sohalarda ish hajmining ortishini rag‘batlantiradi.
139 Тоффлер, Э. Революционное богатство / Э. Тоффлер, Х. Тоффлер. — М.: АСТ, 2007. — 576 с.
140 Лебедева Л.Ф. Структурные сдвиги в личном потреблении в России и США: особенности современного периода // США. ЭПИ. - 1997. - №12. - С. 36-37.
Ish bilan band ayollar sonining o‘sishi. Murakkablik nuqtai nazaridan, xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘pchilik ayollar, shu jumladan, maxsus ma’lumotga ega bo‘lmaganlar va uy bekalarining band bo‘lishi uchun imkoniyatlar kengaydi.
Shaharlashuv darajasining ortishi. Ushbu sharoit shaharlarda yashash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi xizmat turlarini, jumladan, hayot xavfsizligini ta’minlash va boshqa maishiy xizmat turlarining rivojlanishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotining jadal rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yangi ishchilarga bo‘lgan talabni kengaytiradi, bu rivojlangan mamlakatlarda ish bilan bandlikning industrial modeliga muayyan o‘zgarishlar kiritmoqda. Bundan tashqari, yigirmanchi asrning oxirida insonning mehnatga motivatsiyasi tizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Mehnat motivatsiyasi tizimida moddiy rag‘batlantirish ikkinchi darajaga o‘tib, bajarilgan ishdan qoniqish, o‘z qobiliyatlarini namoyon etish, o‘z-o‘zini takomillashtirish imkoniyati va boshqalar birinchi darajaga o‘tdi.
Bandlikning yangi modeli postindustrial modelga o‘xshash bo‘lib, unda ishlab chiqarishning an’anaviy omillari roli o‘zgaradi. Bunda axborot va bilim alohida o‘rin egallab, asosiy rivojlanish intellektual faoliyatga bog‘liq bo‘ladi. (8.1-jadval).
Ushbu modelda ishlab chiqarish xizmatlari uchun yangi, yuqori malakali ish o‘rinlarini va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq past malakali ish o‘rinlarini shakllantirish funksiyasini o‘z ichiga oladigan xizmat ko‘rsatish sohasi alohida o‘rin tutadi.
Shunday qilib, bandlikning zamonaviy modeli quyidagi o‘ziga xos asosiy tendensiyalar bilan tavsiflanadi:
Rivojlangan mamlakatlarda ish bilan bandlikning asosiy tendensiyasi sifatida iqtisodiy faol aholi tarkibining moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridan xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tishini ko‘rsatish mumkin141.
Xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi bilan vaqtinchalik yollanuvchi ishchilar faoliyati keng tarqalmoqda. Shu munosabat bilan bandlikning yangi modeli - vaqtincha mehnatdan foydalanish hajmi ortmoqda.
Mehnat resurslari umumiy tarkibida ayollar ulushining ortishi.
Bandlik modelidagi mehnat intensivligi darajasiga qarab, ishchilarni ikki guruhga ajratiladi: mehnat sig‘imi past, ammo ishchilarning yuqori kasbiy tayyorgarligi (telekommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari, moliyaviy xizmatlar va boshqalar) talab etiladigan guruh; mehnat sig‘imi yuqori va kasbiy tayyorgarlik darajasiga talablar past (savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va boshqalar) bo‘lgan guruh.
141 Седлак М. Тенденции развития секториальной структуры экономики // Проблемы теории и практики управления. - 1998. - №2. - С. 31-32.
Mehnat munosabatlarining qonuniylik holatiga ko‘ra, yangi bandlik modelida bandlik rasmiy va norasmiy, shuningdek, o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash (o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi boshqarish) shaklidagi bandlik shakllari farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |